Mavzu: Qang’ davlati va boshqaruv tizimining O’zbek davlatchiligida tutgan o’rni Kirish Reja


Yozma manbalarda Qang’ davlatining tashkil topishi va uning



Download 188,44 Kb.
bet2/5
Sana15.06.2022
Hajmi188,44 Kb.
#672493
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlatchilikdan

1. Yozma manbalarda Qang’ davlatining tashkil topishi va uning
hududi haqida ma’lumotlar
Qadimgi solnomalarda «qang’uy» (qang’) so’zi davlat hamda xalq nomlari sifatida tilga olinadi. N.Ya.Bichurinning qadimiy Xitoy tarixiy manbalaridan tarjima qilib berilgan asarlarida Qang’ davlat ekanligi faqat bir marotaba tilga olingan, xolos. N. Ya. Bichurinning tarjimalarida ko’proq «qanguylar mulki» iborasi ishlatilgan. Shuni ham uqdirib o’tish lozimki, antik davrlarda O’rta va Markaziy Osiyodagi siyosiy tuzum — davlat mavjud bo’lgan bir qancha xalqlarga (jumladan, hunlarda, usunlarda, alanlarda va boshqalarda) nisbatan ham ko’prok «mulk» so’zi ishlatilgan. Demak, N.Ya. Bichurinning tarjimasida «mulk» so’zi «davlat» ma’nosida ham ishlatilgan bo’lishi kerak.
Qang’lar (qang’uy) davrini mukammal o’rgangan S.P.Tolstov qang’ hoqimiyatini «qang’uy podsholigi» iborasi bilan ifodalaydi. Tadqiqotchi olimlar: B.Ya.Staviskiy, B.G.G’afurov, B.A.Litvinskiy va boshqalar «davlat» yoki «buyuk Qang’uy davlati» iboralarini ishlatadilar. Taniqli tilshunos olim S.G.Klyashtorniy «davlat» so’zi bilan bir qatorda. «Qang’uy imperiyasi» Ya.F.G’ulomov «davlat», «podsholik» iboralarini qo’llaydi.
Qang’ hoqimlarining unvoni N.Ya.Bichurin tarjimasida «mulk egasi», «hukmron» deb beriladi. Shuni e’tiborga olib, o’z ishimizda ularga nisbatan shartli ravishda ko’pchilikka manzur bo’ladigan «podsho» so’zini, xalqqa nisbatan «qang’ar» so’zini qo’llaymiz. Qang’arlar tashkil etgan dastlabki siyosiy tuzumni «Qang’ davlati» deb nomlaymiz.
Ma’lumki, qadimgi Xitoy manbalarida qang’arlarda davlat bo’lganligi haqidagi ma’lumotlar miloddan oldingi III asr oxiri va II asr boshlariga to’g’ri keladi. Albatta, bundan qang’arlar davlati ayni shu davrda vujudga kelgan, deb tushunish noto’g’ri bo’ladi. Bu vaqtda Qang’ davlati o’sha davrdagi O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan yirik davlatlardan biri hisoblangan.
Yaqin qo’shni davlatlar, jumladan, Xitoyda hukmronlik qiladigan To’ng’ich Xan sulolasi bu davlat bilan hisoblashar edi. Shuni ham uqdirib o’tish lozimki, qadimgi Xitoy davlati diplomatik munosabatlarida u yoki bu xalq davlat bilan to’qnash kelgandagina bo’lib o’tgan xatti-harakat voqyeanavislar tomonidan qayd qilinib, tarix sahifalarida yozib qolingan. Bu xil munosabatlarga duch kelmagan xalqlar va bir qancha kichik davlatlar, qabila birliklari inobatga olinmagan va davr tarixidan chetda qolib ketganlar. Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, Qang’ davlati solnomalarda aytilgan davrdan ancha oldinroq mavjud bo’lgan. Akademik Ya.F.G’ulomovning fikricha, bu davlat (Qang’ davlati) miloddan oldingi IV asr oxiri — III asr boshlarida vujudga kelgan. Olimning bu fikri haqiqatga yaqinroq bo’lishi kerak. So’zsiz, Qang’ davlati O’rta Osiyoga bosib kelgan makedoniyalik Iskandar qo’shinlari bilan yunon-makedoniyaliklardan tashkil topgan Salavkiylar sulolasi (miloddan oldingi 312 — 250 yy.) bilan uzluksiz ravishda olib borilgan kurashlar natijasida taxminan miloddan oldingi III asr boshida vujudga kelgan, desak xato bo’lmaydi. Keyinchalik, Yunon-Baqtriya davlati (miloddan oldingi 250—140 yy.) hamda qo’shni ko’chmanchi qabilalar bilan bo’lgan kurashlar natijasida Qang’ davlati yana ham mustahkamlanadi va O’rta Osiyoda yirik davlatlardan biri qatorida tilga olinadi.
O’sha davrlarda O’rta Osiyoda yunon-makedoniyalik bosdinchilarga qarshi yerli xalqlarning qo’zg’oloni tobora kuchayib borar edi. Ayni bir vaqtda Qizilqum va Qoraqum cho’llarida ko’chib yurgan saklar bosqinchilar egallab turgan vohalarga tez-tez xujum qilib, ularni taxlikaga solib turar edilar.
Yunon-makedoniyaliklar va salavkiylarning eng ashaddiy dushmanlaridan biri Sirdaryoning o’ng sohillarida joylashgan saklar (qang’arlar) edilar. Oldin makedoniyalik Iskandar, keyinchalik Salavka va uning vorislari bir necha marotaba qo’shin tortib yurish qilsalar hamki, ammo bu qaysar xalqni (qang’arlarni) o’zlariga tobe eta olmaganlar. Ma’lumki, miloddan oldingi 329 — 328 yillarda makedoniyalik Iskandar So’g’d yerlarini bosib olib, Sirdaryo bo’yiga chiqqan edi. Sirdaryoning narigi qirg’og’ida yashovchi saklar (qang’arlar) Iskandar qo’shinlarini Sirdaryodan o’tkazmaslikka harakat qilib, bosqinchilar bilan qattiq jang olib borganlar.
Arrian (milodiy 95—175 yy.) bergan axborotida aytilishicha, Iskandar So’g’diyonani olgach, Sirdaryo bo’ylariga (taxminan hozirgi Bekobodga) kelib o’rnashgan. Yunon tarixchilarining habariga ko’ra, kunlarning birida uning jangchilaridan bir guruxi otlariga yem-xashak yig’ib kelish maqsadida Sirdaryoni kechib o’tadilar. Daryoning o’ng sohilida (hozirgi Qurama tog’ining etaklarida) yashovchi saklar bundan habar topib, ularga xujum qilib, batamom qirib tashlaydilar. Shundan so’ng ular qochib, baland tog’ qoyalariga yashirinadilar. Bu yerdagi urushga hozirlangan saklarning soni o’shanda 30 ming kishi bo’lgan. Bu voqyea Iskandarga ma’lum bo’lgach, o’ch olish niyatida saklarga qarshi yurish qiladi. Iskandar qo’shinlari saklar yashagan baland qoyalarga bir necha marotaba xujum qiladilar, ammo raqiblarining kamon o’qlariga bardosh berolmasdan chekinishga majbur bo’ladilar. Iskandar qo’shinlaridan ko’pchiligi yaralanadi. Kamon o’qi Iskandarning ham son go’shtini teshib o’tadi. Takroriy xujumlardan so’ng qoya olinadi. Saklarning bir qismini makedoniyaliklar shafqatsiz qiradi, ularning bir qismi esa dushmanga asir tushmaslik uchun qoyadan o’zlarini tashlab halok bo’ladilar. 30 ming kishilik sak jangchilaridan faqat 8000 kishi qochib, qutulib qolgan, xolos. Bu yerda Arrian bayon etgan xodisa saklarning Yunon-Makedoniya harbiy kuchlari bilan birinchi marta to’qnashishi edi.
Makedoniyalik Iskandar Sirdaryo bo’yiga (Bekobod-Xo’jand oralig’ida) o’rnashib olgandan so’ng, shu yerga mustahkam istehkom quradi va buni Aleksandriya Esxata (uzoq Iskandariya) deb nomlaydi. Sirdaryoning o’ng qirg’og’ida yashovchi saklar (qang’arlar) bundan habar topib, Sirdaryo yoqasidagi qoyaga kelib, bosqinchilar qurayotgan istexkomning qarshisidan turib, unga qaratib, kamonlardan tinmasdan o’q uzib, uning tiklanishiga to’sqinlik qilib turganlar.
Yuqorida Arrian va Kvint Kursiy Ruf asarlaridan keltirilgan ma’lumotlarda skiflar boshlig’i «podsho» deyilgan, ularda maslahat majlisi mavjudligi ham eslatib o’tilgan. Bu kabi qisqa axborotlardan o’sha davrlarda, ya’ni miloddan oldingi IV asrning ikkinchi yarmi va oxirlarida skiflarda (saklarda) davlat boshqarmasi mavjudligi va uni podsho boshqarganligi haqida fikr tug’ilishi mumkin2. Iskandar qo’shinlari bilan olib borilayotgan kurashda saklarning siyosiy tuzumi harbiy demokratiya bo’lib, ular shu tuzumning eng so’nggi bosqichida yashaganlar. Shu davrlarda Toshkent vohasi va unga qo’shni hamda yaqin cho’l va tog’larda yashovchi bir necha sak qabilalari birlashib, yirik qabila birligini (Ptolemeyning ta’biri bilan aytganda, «Katta yaksart» qabilasi) tashkil etganlar. Ulardan boshqa Sirdaryoning o’rta oqimida yana bir qancha boshqa sak qabila birliklari ham mavjud bo’lib, ular hali bir davlat bo’lib uyushmagan edilar.
Toshkent vohasida mavjud bo’lgan saklar qabila birligini sarkarda boshqargan bo’lib, bu o’z navbatida, qabila va urug’ boshliqlari, oqsoqollaridan tashkil topgan kengash yig’inida saqlangan, iqtisodiy va siyosiy masalalar ham shu kengash majlisida hal qilingan. Shuning uchun ham Iskandar oldiga borgan sak elchilari makedoniyaliklarga qilingan xujumni ―bu beixtiyor bo’lgan jang, yig’inning umumiy majlisida kurshmasdan, uni bir guruh talonchilik qilish maqsadida otlangan kishilar tomonidan sodir bo’lgan, deb sarkardalarini oqlamoqchi bo’lganlar. Keltirilgan qisqa axborotdan o’sha davrlarda saklarda harbiy demokratiya mavjud ekanligi va barcha masalalar kengash majlisida hal qilinganligidan dalolat beradi.
Tarixdan ma’lumki, miloddan oldingi 312 yili makedoniyalik Iskandarning atoqli sarkardalaridan biri bo’lgan Salavkaga Vaviloniya tekkan edi. Tez vaqt ichida u bosqinchilik yo’li bilan davlat chegarasini kengaytirishga kirishadi va O’rta Osiyoning ko’p viloyatlarini, jumladan, So’g’d, Baqtriyani ham qo’shib oladi. Xorazm bu davlat tarkibiga kirmay o’z mustaqilligini saqlab qolgan edi. Salavka egalik qilgan yerlarning chegarasi shimolda Sirdaryoga va janubda Hind daryosi qirg’oqlariga kengaygan edi. Miloddan oldingi 293 yili Salavka So’g’d va Baqtriya yerlarini hukmronlik qilish uchun o’g’li Antiox 1 ga topshiradi3.
O’rta Osiyoda Salavkiylar xokimiyatining o’rnatilishi (miloddan oldingi 312 y.) va saklarning Salavkiylar bilan tinimsiz urush olib borganliklari natijasida hozirgacha mavjud bo’lib kelgan harbiy demokratiya yemiriladi va yuqorida aytganimizdek, miloddan oldingi III asr boshida Qang’ davlati tashkil topadi. Harbiy demokratiyaning yemirilishida qabilalar o’rtasida yuz bergan ichki qarama-qarshiliklar, nizolar ham sababchi bo’lgan. Bu qarama-qarshiliklar makedoniyalik Iskandar bilan olib borilayotgan kurashlar davrida birmuncha kuchaygan edi. Bir guruh zodagonlar va qabila boshliqlari (masalan, assiylarning qabila boshliqlari) makedoniyaliklar bilan sulx tuzish, o’z ixtiyorlari bilan ularga tobe bo’lish tarafdori bo’lsa, ikkinchi bir gurux (masalan, Toshkent vohasidagp saklar — qang’arlar) kurashni davom ettirish, So’g’diyonada olib borilayotgan xalq qo’zg’olonlariga yordam berib, bosqinchilarni iloji boricha o’z chegaralaridan uzoqlashtirish tarafdori edilar.
Ichki nizolarni yengib, tashqi dushman bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishda saklarda shu vaqtgacha mavjud bo’lgan harbiy demokratiya kuchsizlik qilar edi. Ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalarning bu hildagi hukmronligi ularning talon-torojliq bosqinchilik urushlariga yaroqli edi. Endigi vaziyatda bu xilda hukmronlik qilish mumkin bo’lmay qoldi, buning uchun kuchli davlat tuzumi kerak edi. Vujudga kelgan Qang’ davlati o’z davrining barcha talablariga javob beradigan yirik davlatlardan edi. Bu davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o’rta oqimida yashovchi saklar (qang’arlar) tashkil etganlar. Keyinchalik bu davlat tarkibiga Sirdaryoning o’rta va quyi oqimlarida, uning shimoli-g’arbiy viloyatlarida joylashgan bir qancha boshqa qabilalar (shuningdek, assiylar, abiylar, saqarauxlar) ham kirgan.
Qadimgi manbalarda Qang’ davlat hokimiyati qay tariqa idora qilinganligi, uning formalari haqida aniq ma’lumotga ega emasmiz. Shuning uchun ham davlatni boshqarish mutloq bir kishi tomonidan idora qilinganmi yoki umumiy majlisda saylov yo’li bilan podsho ko’tarilganmi, vorislik yo’li bilan podsholik lavozimi nasldan-naslga o’tganmi — bularning birontasi ham bizga aniq emas. To’ng’ich Xan sulolasi tarixida (miloddan oldingi 202 — milodiy 25 y.) atigi bir marotaba Qang’uy (Qang’) podshosi o’z oqsoqollari bilan maslahatlashib, ish tutganligi haqida gapiriladi. Bu axborotdan Qang’ davlati shu davrlargacha ham ibtidoiy bosqichning oxirgi bosqichlariga oid qoldiqlardan xoli bo’lmaganligi aniqlanadi. Quldorchilik jamiyatida tashkil topgan Qang’ davlatida kengash muhim rol o’ynagan. Davlat kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol qatnashganlar va ularning fikri hal etuvchi kuchga ega bo’lgan. Demak, o’sha vaktlarda podsho saroyi qoshida kengash mavjud bo’lib, podshoning ichki hamda tashqi siyosati va barcha boshqa davlat ishlaridagi muhim masalalar ana shu kengash majlisida maslahat bilan hal qilingan. Aniqrog’i, podsho hoqimiyati maslahat majlisi bilan chegaralangan bo’lishi kerak. Qang’ davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo’linib, ularning har birini maxsus xoqim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobu (qadimiy Xitoy solnomalarida chjaovu) deb atalgan. Qang’ xoqonlari mamlakatni ana shu jobularga tayanib, idora qilganlar. Qang’arlarning tub yerlaridagi jobular, so’zsiz, xoqonlarga yaqin kishilardan, ularning qavm qarindoshlari, yirik urug’-qabila boshliqlaridan tayinlangan. Ammo markazdan uzoq turgan qang’arlarga tobe yerlarda tashkil topgan viloyat boshliqlari (masalan, Xorazm, Yansay, Yan va boshqalar) o’sha yerdagi zodagonlardan bo’lgan bo’lishi kerak. Chunki bu yerdagi xalqlar va yerli ma’muriyat nomigagina qang’arlarga itoatda bo’lganlar, ularga boj to’lab turganlar. Qang’ chegarasi qadimgi solnomalarda keltirilgan ma’lumotlarda aniq ko’rsatilmagan. Ammo keltirilgan bu qisqa va xilma-xil axborotlarni chuqur o’rganish va ularni taqqoslash yo’li bilan qang’arlarning qayerda yashaganliklari va egallab to’rgan joylarining chegaralarini taxminan aniqlab olish u qadar qiyin bo’lmaydi.
Miloddan oldingi II asr — milodiy III asrlargacha va undan keyingi davrlardagi manbalarda qang’arlar (qang’uylar) Farg’onaning shimoli g’arbida, unga chegaradosh rayonlarda joylashganligi birinchi marotaba eslatilib o’tiladi. Xitoy elchisi Chjan Chyu miloddan oldingi 128 yili Dovon (Farg’ona) markazi Eronda va Qang’uy yerida bo’lgan. Uning bergan axborotida «Qang’uy Dovon bilan chegaradosh» deb ko’rsatilgan. Kichik Xan sulolasi tarixida (milodiy 25 — 265 yy.) berilgan ma’lumotlardan birida An’si (Sharqiy Turkiston) viloyati shimolda «qang’uylar bilan chegaradosh» deyilgan. O’sha Kichik Xan tarixining boshqa bir yerida Tyanshan tog’laridan o’tib, g’arbga olib boradigan Shimoliy karvon yo’li haqida gap ketadi. Bu yo’l avval Dovondan, so’ngra Qang’uydan o’tib, Yansay yeriga boradi deyilgan. Demak, Sirdaryoning quyi oqimlarida, Orol dengizi va undan ham shimoli-g’arbda joylashgan Yansay (alanlar yeri) va Yan (ugrofin qabilalari joylashgan yerlar)ga borish uchun albatta qang’arlar yashaydigan joylardan o’tish lozim bo’lgan. Bir qarashda bu keltirilgan ma’lumotlar biri ikkinchisiga qarama-qarshi qo’yilgandek tuyuladi.
«Qang’uylar Dovondan 2000 li (700 km) 32 shimoli-g’arbda joylashgan» degan ma’lumotni e’tiborga olib, keltirilgan masofani Farg’ona chegarasidan uzoqlashtirib, haritaga qo’yib ko’rganimizda qang’arlar yeri Sirdaryoning quyi oqimida bo’lib chiqadi. Agar shunday bo’lgan taqdirda qang’arlar joylashgan yerlar Farg’onadan uzoqlashib, unga chegaradosh bo’lmay qoladi. Ammo solnomalarda keltirilgan ko’pgina axborotlar ularning yeri Farg’ona yeri bilan bevosita chegaradosh ekanligi, ularning tub yerlari Toshkent vohasi va unga chegaradosh yerlar ekanligi tasdiqlanadi (bu haqida keyinroq batafsil to’xtalib o’tamiz). Unda Chjan Kyanning axborotini qanday tushunish kerak? Buni quyidagicha izohlash mumkin: qang’arlar yerining kattaligi Farg’ona chegarasidan to uning shimoli-g’arbiy chegarasigacha 2000 li (700 km) bo’lgan bo’lishi kerak. Bu masofa Toshkent vohasi Talas vodiysi va Chu daryosining quyi oqimlari va g’arbga — to Sarisu daryosigacha bo’lgan yerlarni o’z ichiga olgan4.
Miloddan oldingi II asr o’rtalari va I asrlardagi tarixiy manbalarda Usunlar haqida gapirilib, ularning ko’plari «Shimoli-g’arbda qang’uylar bilan chegaradosh deyiladi. Ma’lumki, shu davrlarda usunlar Tyanshan tog’oldi rayonlarida va Issiqko’l atrofida joylashgan edi. Agar shunday ekan qang’arlar yashaydigan joylari Talas vodiysi, Chu daryosining quyi oqimlaridan to Sirdaryo bo’ylarigacha bo’lgan. Bu yerlar qang’arlaring tub joylari bo’lganligi qator tadqiqotchilarning ishlarida ham ko’rsatib o’tiladi.
Qang’arlar chegarasi haqida ma’lumotlar qadimgi haritalarda ham aks ettirilgan. Masalan, To’ng’ich Xan (miloddan oldnngi 202 — milodiy 25 yy.) va Kichik Xan (milodiy 25 — 265 yy.) sulolari davrlariga ond haritalarda qang’arlar usunlardan shimoli-g’arbda, Farg’ona vodiysidan g’arbda joylashganligi ko’rsatilgan. Demak, bu haritalarda qang’arlarning o’sha davrlarda Toshkent vohasida, Talas va Chu daryo vodiylarida, shimoli-g’arbda Sirdaryoning o’ng irmog’i Sarisu daryosigacha bo’lgan katta yerlarda joylashganligi yana bir marotaba tasdiqlanadi. To’ng’ich Xan sulolasi tarixida (miloddan oldingi 202 — milodiy 25 yy.) qang’arlar yerining tevaragi 9104 li (3,5 min g km ga yaqin) deb ko’rsatilgan. Agar qang’arlarga tegishli bo’lgan yerlarni o’lchab chiqilganda taxminan mazkur manbada ko’rsatilgan axborot rost chiqishi mumkin.
Demak, qang’arlar sharqda Farg’ona vodiysi, shimoli-sharqda usunlar, shimoli-g’arbda Sarisu daryosi va g’arbda Sirdaryoning o’rta oqimi bilan chegaradosh bo’lgan. Bu chegarada qang’arlarga qarashli bir necha qishloq va ularga tobe bo’lgan qabilalar jiylashgan. By katta masofaga qang’arlar (birmuncha kuchaygandan so’ng miloddan oldingi I — milodi 1 — III asrlarda 1)104 li (3,4 ming km) qang’arlar yerida 120000 oila yoki 600000 kishi yashagan. Yuqorida keltirilgan tarixiy ma’lumotlarga asoslanib, qang’arlar yeri Farg’onaning shimoli-g’arbida joylashganligini ko’rsatib o’tgan edik. Loyuyeni qang’arlarning tub yerlari bo’lgan taqdirda u ham Farg’ona vodiysining shimoli-g’arbiy tomonida joplashgan bo’lshi extimildan uzoq emas. Shunday bo’lgan taqdirda, Loyuyenya mamlakati yuqorida aytganimizdek, Toshkent vohasiga va unga yaqin cho’l hamda tog’ rayonlariga to’g’ri keladi.


Download 188,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish