Mavzu: qandolatchilikda ishlatiladigan jixozlarning



Download 484,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana28.02.2022
Hajmi484,67 Kb.
#475420
1   2   3
Bog'liq
5-Амалий машгулот

Qo’shimcha maslahatlar: 
Mikserning qanchalik ko’rinishi soda bo’lsa, undan foydalanish 
ham oson va qulay bo’ladi. Uni yuvish oson bo’lsa, kir bo’lishi 
kamroq bo’ladi. Mikser korpusi mustahkam plastikdan, tishlari esa 
sifatli metalldan ( nerjaveyka bo’lsa yaxshi) bo’lishi kerak . 
Mikserni xarid qilishda imkoni boricha nomi chiqqan korxonaning 
mahsulotini xarid qiling, soxta arzon mikse rlar ham tez ishdan 
chiqadi, ham ishingizni maromiga yetkazmaydi.
Sharbat siqqichlarning qo‘l bilan siqiladigan har xil kontsruksiyadagi (konus 
shaklli, vintli, richagli, shnekli, go‘sht qiymalagichga o‘rnatiladigai) va elektr 
quvvati bilan ishlaydigan turi ishlab chiqariladi. Sitrus mevalar uchun konus simon 
sharbatsiqqichlar (3-rasm) eng oddiy sharbatsiqqich bo‘lib, shisha yoki 
plastmassadan yasaladi. Archilmagan limon yokp apelsin ikkiga bo‘linadi 
(ko‘ndalangiga); yarmi konusga qo‘yilib, ikkala tomonga aylantirilib, sharbati 
tamom bo‘lguncha siqiladi. Sharbat teshiklar orqali konus tagidagi idishga oqib 
tushadi. 3-rasm, b da limon yoki apelsin tilimlarining sharbatini siqib chiqarish 
uchun mo‘ljallangan sharbatsiqich ko‘rsatilgan. Limon va apelsin tilimlari ko‘p 
qirrali sharbatsiqqich tishlari orasida siqiladi. Pishgan pomidor va rezavor mevalar 
sharbatini siqib chiqarish uchun pressshorsdan foydalanish mumkin.
Vintli sharbat siqqich (3-rasm, a): qirg‘ichdan o‘tkazilgan massa yoki rezavor 
mevalar yalvirsimon idishga solinib, vintli press bilan siqiladi. 
Richagli sharbatsikqich asosan cho‘mich shaklida bo‘lib (3-rasm, b), u oshiq 
moshiq orkali tutkich press (ko‘p qirrali disk) bilan biriktirilgan, cho‘michning 
ichiga silindrik idish qo‘yilgan bo‘ladi. Qirg‘ichdan o‘tqazilgan sabzavot yoki 


rezavor mevalar massasi idishga solinib, press qopqoyini yopib, tutqich yordamida 
siqib sharbati olinadi. 
Shnekli sharbatsiqqichning ko‘rinishi go‘sht qiyalagichga o‘xshaydi, u stolga 
o‘rnatiladi. Rezavor mevalar (qorayat, malina, qulupnay, uzum va boshqalar)ning 
sharbatini siqish uchun mo‘ljallangan. Yuvilgan rezavor mevalar moslama 
bunkeriga solinadi; sharbati metall tur orqali uning ostiga qo‘yilgan idishga 
quyiladi, tuppasi esa korpus oxiridagi teshikdan chiqarib olinadi. Bunday 
moslamalar go‘shtqiymalagichga o‘rnatiladigan moslama sifatida ishlab chiqariladi 
(3-rasm, v). 
Milana spiralli o‘zak, konussimon to‘r va buraladigan vintli korpusdan iborat. 
Elektr sharbat siqqichlar (4- rasm) yordamida qattiq meva va sabzavotlar sharbatini 
siqib olish mumkin. Ayrimlari (masalan “Juravinka”) sabzavotlarni kesishga ham 
yaraydi. Elektr sharbat siqqichlarning bir necha xil modellari ishlab chiqariladi. 
3-rasm. Sharbat siqqichlar: 
a – vintli moslama, b – richakli moslama, v-shnekli 
moslama. 


Sharbat qaynatgich, sokovarka bir necha katsryulka yig‘malaridan iborat 
(pastki qismi kesik konus ko‘rinishida, yuqori qismining o‘rtasi naychali 
silindrsimon) moslama. Silindrsimon kastryulkaga qopqoqli konussimon chovli 
o‘rnatilgan (5-rasm). Pastki kastryulkaga suv quyiladi, chovliga esa tozalangan 
meva, rezavor meva yoki sabzavotlarni solib, ularga shakar sepiladi.
Sharbat qaynatgichni har qanday qizitadigan asbobga o‘rnatish mumkin. Hosil 
bo‘lgan toza, xushbo‘y sharbat naycha orqali katsryulka shtutseriga
oqib tushadi. Qaynoq sharbatni darhol meva va sabzavotlar
kabi konservalash (konservalash maqolasiga qarang) mumkin. Sharbat 
tayyorlash uchun zarur bo‘lgan mevalar (yoki rezavor mevalar) va shakar miqdori, 
shuningdek tayyor bo‘lish vaqti sharbat qaynatgich qo‘llanmasida ko‘rsatilgan 
bo‘ladi. 
4-rasm.
Elektr sharbat siqqichlar (chapdan o`nga) :”Sok”, 
“Juravinka”, “SB-2” 
5- rasm. Sharbat 
qynatgich. 


Mustahkamlash uchun savollar 
1. Ko’pirtirgichning vazifasi va ishlash princhipi nimalardan iborat?
2. Blenderning vazifasi va ishlash princhipi nimalardan iborat?
3. Sharbat siqib chiqaruvchi mashinalar ning vazifasi va ishlash princhipi 
nimalardan iborat?
4. Qandolatchilikda ishlatiladigan jixozlarning ishlashi va ulardan foydalanish 
tartibini tushuntiring 
Hisobot yozib topshirish 
Hisobotda amaliy ishning mavzusi, ishning maqsadi, yangi mavzu bo‘yicha 
ma’lumotlar yozilib, ishning bajarilish tartibida belgilangan vazifalar amaliy, 
yozma va og‘zaki topshiriladi. 

Download 484,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish