Qo’shimcha maslahatlar:
Mikserning qanchalik ko’rinishi soda bo’lsa, undan foydalanish
ham oson va qulay bo’ladi. Uni yuvish oson bo’lsa, kir bo’lishi
kamroq bo’ladi. Mikser korpusi mustahkam plastikdan, tishlari esa
sifatli metalldan ( nerjaveyka bo’lsa yaxshi) bo’lishi kerak .
Mikserni xarid qilishda imkoni boricha nomi chiqqan korxonaning
mahsulotini xarid qiling, soxta arzon mikse rlar ham tez ishdan
chiqadi, ham ishingizni maromiga yetkazmaydi.
Sharbat siqqichlarning qo‘l bilan siqiladigan har xil kontsruksiyadagi (konus
shaklli, vintli, richagli, shnekli, go‘sht qiymalagichga o‘rnatiladigai) va elektr
quvvati bilan ishlaydigan turi ishlab chiqariladi. Sitrus mevalar uchun konus simon
sharbatsiqqichlar (3-rasm) eng oddiy sharbatsiqqich bo‘lib, shisha yoki
plastmassadan yasaladi. Archilmagan limon yokp apelsin ikkiga bo‘linadi
(ko‘ndalangiga); yarmi konusga qo‘yilib, ikkala tomonga aylantirilib, sharbati
tamom bo‘lguncha siqiladi. Sharbat teshiklar orqali konus tagidagi idishga oqib
tushadi. 3-rasm, b da limon yoki apelsin tilimlarining sharbatini siqib chiqarish
uchun mo‘ljallangan sharbatsiqich ko‘rsatilgan. Limon va apelsin tilimlari ko‘p
qirrali sharbatsiqqich tishlari orasida siqiladi. Pishgan pomidor va rezavor mevalar
sharbatini siqib chiqarish uchun pressshorsdan foydalanish mumkin.
Vintli sharbat siqqich (3-rasm, a): qirg‘ichdan o‘tkazilgan massa yoki rezavor
mevalar yalvirsimon idishga solinib, vintli press bilan siqiladi.
Richagli sharbatsikqich asosan cho‘mich shaklida bo‘lib (3-rasm, b), u oshiq
moshiq orkali tutkich press (ko‘p qirrali disk) bilan biriktirilgan, cho‘michning
ichiga silindrik idish qo‘yilgan bo‘ladi. Qirg‘ichdan o‘tqazilgan sabzavot yoki
rezavor mevalar massasi idishga solinib, press qopqoyini yopib, tutqich yordamida
siqib sharbati olinadi.
Shnekli sharbatsiqqichning ko‘rinishi go‘sht qiyalagichga o‘xshaydi, u stolga
o‘rnatiladi. Rezavor mevalar (qorayat, malina, qulupnay, uzum va boshqalar)ning
sharbatini siqish uchun mo‘ljallangan. Yuvilgan rezavor mevalar moslama
bunkeriga solinadi; sharbati metall tur orqali uning ostiga qo‘yilgan idishga
quyiladi, tuppasi esa korpus oxiridagi teshikdan chiqarib olinadi. Bunday
moslamalar go‘shtqiymalagichga o‘rnatiladigan moslama sifatida ishlab chiqariladi
(3-rasm, v).
Milana spiralli o‘zak, konussimon to‘r va buraladigan vintli korpusdan iborat.
Elektr sharbat siqqichlar (4- rasm) yordamida qattiq meva va sabzavotlar sharbatini
siqib olish mumkin. Ayrimlari (masalan “Juravinka”) sabzavotlarni kesishga ham
yaraydi. Elektr sharbat siqqichlarning bir necha xil modellari ishlab chiqariladi.
3-rasm. Sharbat siqqichlar:
a – vintli moslama, b – richakli moslama, v-shnekli
moslama.
Sharbat qaynatgich, sokovarka bir necha katsryulka yig‘malaridan iborat
(pastki qismi kesik konus ko‘rinishida, yuqori qismining o‘rtasi naychali
silindrsimon) moslama. Silindrsimon kastryulkaga qopqoqli konussimon chovli
o‘rnatilgan (5-rasm). Pastki kastryulkaga suv quyiladi, chovliga esa tozalangan
meva, rezavor meva yoki sabzavotlarni solib, ularga shakar sepiladi.
Sharbat qaynatgichni har qanday qizitadigan asbobga o‘rnatish mumkin. Hosil
bo‘lgan toza, xushbo‘y sharbat naycha orqali katsryulka shtutseriga
oqib tushadi. Qaynoq sharbatni darhol meva va sabzavotlar
kabi konservalash (konservalash maqolasiga qarang) mumkin. Sharbat
tayyorlash uchun zarur bo‘lgan mevalar (yoki rezavor mevalar) va shakar miqdori,
shuningdek tayyor bo‘lish vaqti sharbat qaynatgich qo‘llanmasida ko‘rsatilgan
bo‘ladi.
4-rasm.
Elektr sharbat siqqichlar (chapdan o`nga) :”Sok”,
“Juravinka”, “SB-2”
5- rasm. Sharbat
qynatgich.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Ko’pirtirgichning vazifasi va ishlash princhipi nimalardan iborat?
2. Blenderning vazifasi va ishlash princhipi nimalardan iborat?
3. Sharbat siqib chiqaruvchi mashinalar ning vazifasi va ishlash princhipi
nimalardan iborat?
4. Qandolatchilikda ishlatiladigan jixozlarning ishlashi va ulardan foydalanish
tartibini tushuntiring
Hisobot yozib topshirish
Hisobotda amaliy ishning mavzusi, ishning maqsadi, yangi mavzu bo‘yicha
ma’lumotlar yozilib, ishning bajarilish tartibida belgilangan vazifalar amaliy,
yozma va og‘zaki topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |