Mavzu: Qadimgi Yunoniston (Gresiya)dagi siyosiy fikrlarning vujudga kelishi va rivojlanishi



Download 45,12 Kb.
bet2/6
Sana14.12.2022
Hajmi45,12 Kb.
#885188
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-мавзу.

Pifagor (eramizdan avvalgi 571-497 yillar) siyosatda aristokratik dunyoqarashli edi. U axloqli, aql-zakovatli, ezgu niyatli odamlar boshqaruvi tarafdori bo‘lgan. Pifagor tartib va qonunchilikni ulug‘lagan, tartibsizlikni tanqid qilgan. Pifagorchilar (Arxit, Lizis, Filoley va boshqalar)ning bir qadar mistik dunyoqarashida ularning raqamlar haqidagi ta’limoti katta o‘rin tutgan. Ularning nazarida, raqam dunyoning ibtidosi va mohiyatidir.
Pifagorchilar adolatli qonunlar hukmronlik qilgan polisni ideal polis deb bilishgan, qonunga bo‘ysinishni fazilat hisoblashgan. Qonunchilikka yangiliklar kiritishga intilishni tanqid qilar ekan, “garchi nomukammal bo‘lsa-da, otalar odati va qonunida” yashashni “ezgu ish” deb sanashgan.
Pifagorning fikricha, Tangridan keyin, ota - onani va qonunlarni hurmat qilish kerak, ularga ichki ishonch bilan bo‘ysunish kerak. Qonunga itoatkorlik eng yaxshi fazilat, qonunlarning o‘zi esa - katta boylikdir.
Polis hayoti uchun eng yomoni - bu hoqimiyatning yo‘qligi, parokandalikdir, chunki inson o‘z tabiatiga ko‘ra, bir yetakchiga, rahbarga, tarbiyachiga muhtojdir.
Shuning uchun insonlar ta’lim-tarbiyaga, bilim olishga intilishadi.
Faley Xalkedonskiy barcha ichki tartibsizliklar mulkka tegishli masalalardan kelib chiqishini ta’kidlagan. Shu boisdan ham polis hayoti mukammal bo‘lishi uchun barcha fuqarolarning yer mulkini tenglashtirish, mavjud tafovutlarni bartaraf etish kerak deb hisoblagan.
Geraklit (eramizdan avvalgi 544-483 yillar) ham aristokratiyaga xos qarashlarni rivojlantirgan. U “olomon boshqaradigan va safida yaxshilarga o‘rin bo‘lmagan” demokratiyani tanqid qilar ekan, hokimiyatni aqliy va axloqiy jihatdan “yaxshilar” (aslzodalar) boshqarishi kerakligini ta’kidlagan. Uning fikricha, yaratilgan qonunni xalq yig‘ini qo‘llab-quvvatlashi shart emas, muhimi — qonun umumiy mantiqqa mos bo‘lsa bas.
Pifagor va Geraklit uchun umumiy bo‘lgan va keyingi mutafakkirlarga katta ta’sir ko‘rsatgan yondashuv shundan iborat ediki, ular aslzodalik kelib chiqishga emas, odamning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq degan tushunchani ilgari surishgan.

Geraklitnig fikricha, polisdagi hayot umumiy “logos”ga, ya’ni hammani boshqaradigan tafakkurga bo‘ysunishi kerak, chunki “barcha insoniy qonunlar yagona ilohiy qonundan oziqlanadi va bu ilohiy qonun istalgan joyda o‘z ta’sirini o‘tkazadi, polis hayotida barchadan va har qanday narsalardan ustun turadi”. Geraklit pozitiv qonunlarning oqilona tabiatini nazarda tutgan xolda, “xalq qonun uchun, uning barchaga birdek amal qilishi uchun kurashishi lozim” deb ta’kidlaydi.


Shoir Feognid Megarskiy (eramizdan avvalgi VI asr oxiri — V asr boshi) esa, aksincha, aslzodalik aynan kelib chiqishi bilan belgilanadi, deb ishongan. Aristokratlar boshqaruvdan chetlatilgan va demos hukmronligi o‘rnatilgan davlatni Feognid boshqarib bo‘lmaydigan kemaga o‘xshatgan.
Eramizdan avvalgi V asrda davlat va jamiyat, siyosat va huquq muammolarini falsafiy-ijtimoiy jihatdan tahlil qilish kuchaygani siyosiy-huquqiy ta’limotlarning rivojlanishiga ko‘maklashdi.

Download 45,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish