*4.Qadimgi Sharq va Antik dunyo falsafasini o'rganishning ahamiyati,uning jahon madaniyatiga ta'siri.
Sharqning o'ziga xosligi unga mansub madaniy taraqqiyot jahon svilizatsiyasining beshigi dunyo xalqlari rivojiga qo'shilgan munosib hissa ekani hech kimga sir emas.Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e'tirof etiladi.Qolaversa,Vatanimiz scilizatsiyasining Sharq svilizatsiyasi quchog'ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o'zida aks ettirgani.Unni va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta'sir ko'rsatganini doim esda tutishimiz lozim.Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda ko'pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o'tmishini,Misr,Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi svilizatsiyasining biri bo'lgan Shumer davrlarini esga oladi.
Geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta'sir ko'rsatgan.Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar)Qadimgi Yunonistonda diniy,mafkuraviy,falsafiy maktab,ya'ni pifagorchilikka asos solgan.Uningcha dunyoni bilish jarayoni,avvalo raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak.Pifagorchilarning ta'limotiga ko'ra olamning asosini ideallashgan raqamlar tashkil qiladi.Pifagorchilar birinchi bo'lib Yunonistonda miqdor kategoriyasini ilgari surishdi.
Qadimgi Misrda falsafiy fikr kurtaklarining shakllanishi va rivojida tabiatshunoslik fanlarining paydo bo'lishi ham sabab bo'lgan.Osmondagi yulduzlarni doim kuzatish natijasida sayyoralarni yulduzlardan ajrata bilganlar va yulduzlar xaritasini ham tuzganlar.Misrliklar falakiyotga oid bilimlari asosida alohida taqvim tuzganlar.Taqvim yili 12 oyga bo'lingan.Har bir oy 30 kundan iborat bo'lgan.Yil oxiriga esa yana 5ta bayram kuni qo'shilgan.Shunday qilib bir yil 365kun bo'lgan.
Qadimgi Xitoy falsafasi.Qadimgi Xitoydagi dastlabki falsafiy ta'limotlarda olam abadiy bo'lib u besh unsurdan suv,olov,yer,daraxt va metaldan tashkil topgan deb uqtiriladi.Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda Xitoyda Dao qonuniga binoan harakat qiluvchi Pi elementining mavjudligi haqida fikr yuritiladi. Xitoy faylasuflari fikricha,olam hodisalari SI degan moddiy zarralardan tarkib topib Dao degan qonunga bo'ysunadi.Daosizm "dao"so'zidan olingan bb,"yo'l","taraqqiyot","dunyo negizi"degan ma'nolarni bildiradi.
Suqrot falsafasiga ham ma'lum darajada ta'sir ko'rsatgan Suqrot (eramizdan oldingi 469-399 yillar)(asli Sokrat) qadimgi yunon faylasufi.Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan yoshlar tarbiyasi bilan shug'ullangan.Hur fikrli inson,kambag'aldan chiqqan tosh kesuvchilarning o'g'li,o'ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo'lgan.Suqrot va uning tarafdorlari jamiyat qonunlariga,ular qanday bo'lishidan qa'tiy nazar so'zsiz itoat etishini targ'ib etganlar.Suqrot o'z ta'limotini og'zaki ravishda ko'cha-ko'yda,maydonlarda shogirdlari va izdoshlari bilan shakllantirgan.