Mavzu: qadimgi sharq qadimgi rimda o'lchov birliklari reja: Qadimgi o`lchov birliklari



Download 29,77 Kb.
bet4/5
Sana02.02.2023
Hajmi29,77 Kb.
#906987
1   2   3   4   5
Bog'liq
QADIMGI SHARQ QADIMGI RIMDA O\'LCHOV BIRLIKLARI

3.Misr o`lchov tizimi
Qadimgi Rim — qad. davlat. Rivoyatga koʻra, R. shahriga akauka Romul va Rem tomonidan miloddan avvalgi 754/753 yilda asos solingan. Rivoyatlarda 8 — 6-asrlarda hukmronlik kilgan 7 podshoh qayd etilgan. Soʻnggi podshoh Tarkviniy Takabbur quvilgach, respublika tuzumi oʻrnatilgan (miloddan avvalgi 510/509 yil). Miloddan avvalgi 3-asr oʻrtalariga kelib, butun Italiya hududini tobe etgan R. yirik davlatga aylangan. U Oʻrta dengiz havzasida gegemon boʻlishga intilgan, bu R.ni Karfagen bilan toʻqnashuviga sabab boʻlgan. Puni urushlaritsan soʻng miloddan avvalgi 146 yil Karfagen ustidan gʻalaba qozongan R., Oʻrta dengiz havzasining eng yirik davlatiga aylangan. Yirik yer egaligi va qulchilikning rivojlanishi dehqonlar ommasini xonavayron boʻlishiga, qishloq kambagʻallari, qullar qoʻzgʻolonining avj olishiga (Spartak qoʻzgʻoloni) sabab boʻlgan; Rim shahri koʻchalarida fuqarolar urushi boshlanib ketish xavfi tugʻilgan. R.ning ijtimoiy-siyosiy hayotida miloddan avvalgi 1-asrda armiya va uning yoʻlboshchilari (L. K. Sulla, G. Mariy, G. Pompei va boshqalar) katta rol oʻynay boshlaganlar. 49—45 yillardagi fuqarolar urushi davrida Sezar davlatning mutlaq hukmdoriga aylangan; 44 yil respublika tarafdorlarining fitnasi natijasida Sezar oʻldirilgan. Fuqarolar urushining yangi davri Oktavian gʻalabasi bilan tugagan. U miloddan avvalgi 27 yil senatdan Avgust unvonini olgan. Avgust hukmronligi davridan boshlab R. imperiyaga aylangan. Milodiy 2-asrda Trayan davrida imperiya sarhadlari oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Bosib olingan yerlarda mahalliy aholining qoʻzgʻolonlari, ayni vaqtda varvarlarning mamlakat xududiga bostirib kirishlari bir qancha provinsiyalarni mustaqil boʻlib ajralib chiqishiga va imperiyani Sharqiy va Gʻarbiy qismlarga boʻlinib ketishiga (395) olib kelgan. 476 yil german yollanma askarlari sardori Odoakr Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi imperatori Romul Avgustulni taxtdan agʻdargan. Sharqiy Rim imperiyasi Vizantiya nomi bilan yana 1000-yilga yaqin mavjud boʻlgan.
Tarbiya va maori f . Qad. davrlarda bolalar oilada tarbiyalangan. Miloddan avvalgi 5-asrda ibtidoiy maktablar vujudga kelgan. Bolalar maktabga 7 yoshdan qabul qilinib, 4—5 yil oʻqitilgan. Uyda va maktabda lotin, yunon tillari, yozish, oʻqish, hisob oʻrganilgan. Bolalar dastlab xonadonlarda oʻqituvchi yollab oʻqitilgan, keyinchalik maktablarda taʼlim berishning yangi tizimi shakllandi. Miloddan avvalgi 2-asrning 60-yillarida grammatika, ritorika maktablari vujudga keldi. Milodiy 1-asrda qizlar uchun grammatika maktablari tashkil topdi. Ritorika maktablarida 13—19 yoshdagi bolalar oʻqitildi. Bu maktablar, asosan, notiqlik sanʼatini oʻrgatar edi. Maktablarda HUQoʻQ, falsafa, tarix, sheʼriyatdan taʼlim berilar edi. 2-asrdan huquqshunoslik guruhlari tashkil topdi. Imperator Mark Avreliy davrida (2-asr) Afinada oliy maktablar tashkil etildi. Bunday maktablar keyinchalik Rimning gʻarbiy viloyatlarida ham vujudga keddi. Respublika davrida taʼlim xususiy tarzda olib borildi, unga davlat aralashmadi, biroq imperiya davrida u nazorat ostiga olindi. Oʻqituvchilar davlat xizmatchilari boʻlib, maosh oladigan boʻldilar. 362 yildan boshlab oʻqituvchilarni imperator tasdikladi. Madaniyati. R. shahardavlatdan yirik Oʻrta dengiz davlatiga aylanguncha murakkab taraqqiyot bosqichlarini bosib oʻtdi. Afina, Iskandariya, Pergam va boshqa yunon ilmiy va madaniy markazlar ham shu davlat tarkibiga kirib, etrusk, yunon, shuningdek, ellinizm davri madaniyatlari taʼsirida boyidi. Din va mifologiya. Kds. rimliklar juda koʻp xudolarga eʼtiqod qilganlar, turli narsalarning , Mas, buloq, oʻrmon, daraxt, joylarning va ekinlarning ilohiy homiysi — maʼbudasi mavjud deb ishonganlar. Bu maʼbuda va homiylar dastlab qiyofasiz, keyinchalik etrusk va yunon dinlari taʼsirida inson qiyofasida tasvir etilgan. Ularga qurbonlik qilib turilgan (Mas, hosilni oshirishni soʻrab sigir qurbonlik qilingan). Ibtidoiy dinlarga eʼtiqod qilgan kishilar chakalakzor, togʻ, maydonlarda ibodat qilganlar (shu yerlarda mehroblar ishlangan). Ibodatxonalar qurish odati rimliklarga etrusklardan oʻtgan. Mars (dastlab dala va hosil xudosi, keyinchalik — urush xudosi), Diana (yunonLarda — Artemida; ov maʼbudasi), Venera (bogʻ, hosildorlik maʼbudasi, keyinchalik — Afrodita — muhabbat va goʻzallik maʼbudasi), Fortuna (kismet maʼbudasi), Feroniya (yer maʼbudasi) kabi xudo (maʼbuda)larga umumitalyan xalqlarining xudolari deb karalgan. Ayrim xudolarga maʼlum tabaqalar, maʼlum kasb egalari koʻproq eʼtiqod bilan qaraganlar. Mac, chavandozlar Neptunga, savdogarlar Merkuriyga, qullar Dianaga koʻproq eʼtiqod qilishgan. Yunon madaniyati taʼsirida koʻpgina diniy urfodatlar tarqalgan. Miloddan avvalgi 3-asrda yer osti xudolari sharafiga har 100 yilda bir marta oʻyinlar, har yili esa ekin xudosi Saturn sharafiga dala ishlari tugagandan soʻng dek.da bayram oʻtkazilgan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asrlarda Isida (qad. misrliklarning hosildorlik va onalik maʼbudasi), Osiris (kad. misrliklarning oʻsimlik, oy, Nil suvlari xudosi, shuningdek, narigi dunyoning podshosi deb ham eʼtiqod qilingan) kabi Sharq maʼbudalariga ham eʼtiqod qilina boshlandi. Miloddan avvalgi 1—milodiy 1-asrlardan hukmronlik qilayotgan va ilohiylashtirilgan marhum imperatorlarga sigʻinish joriy qilindi. Qullar va kambagʻallar rasmiy xudolardan tashqari koʻproq mehnat axli rahnamosi deb bilgan Pan (choʻponlar homiysi, chorvachilik xudosi), Silvan (oʻrmon, dala xudosi) kabi xudolarga ibodat qilishardi. Asta-sekin Sharq xudolariga eʼtiqod va ishonch kuchaydi. Shu tarzda R. dinlari tushkunlikka uchrab, 4-asr oxirlarida imperator Feodosii 1, turli maʼjusiy urfodatlarni man qildi, shu bilan R. dinlari barham yedi.
Falsafasi. Ellinizm davri Yunoniston falsafasi taʼsirida rivoj topdi. R. falsafasining ilk davri polis mafkurasining inqirozi bilan bogʻliq boʻlib, bu paytlarda tafakkur din va mifologiyadan xalos boʻldi (miloddan avvalgi 3—1-asrlar).
Kar Lukretsiy (miloddan avvalgi 99 —55)ning "Narsalarning tabiati haqida" poemasida Epikur (miloddan avvalgi 342— 270) taʼlimotini yokladi, atomistik materializmni sheʼriy shaklda tavsifladi, mayda zarralar — atomlardan tashkil topgan olam hamisha harakatda deb taʼkidladi, uning bu asari materializm rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Imperiya vujudga kelgan davr (miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 1-asr)da imperiya va imperator shaxsiyati ilohiylashtiriddi, 4— 5-asr faylasuflari Platon va Aristotel asarlarini tashviq qildilar.
Tabiiy — ilmiy qarashlar. R. respublikasi davrining lotin ilmiy adabiyoti yodgorliklari juda ham kam. Miloddan avvalgi 1-asrda Aristotel asarlariga sharxlar yaratilgan. 1-asr oxirlarida astronomiya va matematikaga qiziqish ortgan. Ptolemeyning mashhur "Almagest" asarida (2-asr) olamning geotsentrik sistemasi bayon etildi. Sharkda astrologiya keng tarqalgan. Diafantning "Arifmetika" (taxminan 3-asr), 3—4-asrlarda Papp Aleksandriyskiyning "Matematika toʻplami" asarlari mashhur boʻlgan. Ilmiytexnika adabiyotlari, asosan, qishloq xoʻjaligi, veterinariya, harbiy texnikaga bagishlandi. Miloddan avvalgi 1-asr oxirida Vitruviyning "Arxitektura haqida 10 kitob" asari shuhrat qozondi. Harbiy texnika sohasidagi boy tajriba: lager va qalʼalar qurish masalalari adabiyotlarda yoritildi. Tibbiyot bilan bogʻliq ravishda botanika rivoj topdi. Dioskoridning 600 dorivor oʻsimlik haqidagi bayoni oʻrta asrlarda ham keng foydalaniddi. Vrach, anatom, fiziolog Galen butun Yevropada tibbiyot rivojida katta rol oʻynadi. Ilmiy adabiyotlar qiziqarli qilib badiiy yozilganligi bilan ham diqqatga sazovor. R. davlatining hududiy oʻsishi miloddan avvalgi 3—1-asrlarda geogr. bilimlari taraqqiyotiga imkon berdi. Imperator Avgust davrida jahonning katta geografik haritasi ishlandi. Miloddan avvalgi 37 yilda 1jamoatkutubxonasi tashkil qilindi, imperiyaning oxirgi asrida ularning soni 28 taga yetdi.
Huquq fani. Qadimgi R.da miloddan avvalgi 3-asr va milodiy 3-asrlarda huquq keng rivoj topib, qonunlar yaratishda yuristlar katta rol oʻynadilar. 1—3-asr larda turli ijtimoiy tabaqalarning qarashlarini aks ettirgan 2 huquq maktabi — respublika tuzumi tarafdorlari bilan prinsipat tarafdorlari oʻrtasida kurash davom etdi, bu noahillik sud ishlariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Avgustdan boshlab imperatorlar yirik yuristlarni hal qiluvchi ovozga ega qilib, yuridik konsultatsiyalarni ularga topshirdilar. Imperator xizmatida boʻlgan bu yuristlar oʻz navbatida imperatorlarning cheksiz huquklarini himoya qildilar (yana q. Rim huquqi).
Tarix fani rivoji yilningmuhim voqealari tavsiflangan annallardan boshlanadi. Miloddan avvalgi taxminan 130-yilda annallar 80 kitobdan iborat boʻlib "Katta annallar" nomi bilan tayyorlangan. Ilk tarixchilar annalchilar deb atalgan. Dastlabki yetuk tarixchi Polibiy (miloddan avvalgi 2-asr) Yunoniston, Makedoniya, Kichik Osiyo, Suriya, Karfagen va Rimning 40 kitobdan iborat tarixini yaratdi. Tit Liviyning "Rim tarixi", Yuliy Sezarning Galliya urushlari, fuqarolar urushi haqidagi kitoblari, Sallyustiy, Korneliy Nepot (miloddan avvalgi 1-asr) kabi sarkardalarning koʻp sonli biografik asarlari maʼlum. Imperiya davrida Korneliy Tatsit (1—2-asr boshlari) badiiydidaktik ruhdagi "Annallar" va "Tarix" (Avgustning vafotidan Domitsianning vafotigacha, 14 yildan 96 yilgacha boʻlgan voqealar) nomli asarlarini yaratdi. 2-asr boshlarida tarixiybiografik janr rivojlandi. Plutarx, imperator Adrianning kotibi boʻlgan Svetoniylar atoqli kishilarning biografiyalarini yaratdilar. Yunon tarixchilaridan Appian (2-asrning 2-yarmi) Rimdagi fuqarolar urushi tarixini, Dion Kassiy kad. davrlardan 229 yilgacha boʻlgan R. tarixini yaratdilar. Antik davrning soʻnggi yirik tarixchisi Ammian Marsellin (4-asr) imperator Yulian davri tarixiga oid asarlari bilan mashhur. Imperiyaning soʻnggi davrida xristian tarixchiligi vujudga keldi.
Adabiyot i ning eng qad. namunalari (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) saqlanmagan. Keyingi maʼlumotlarga qaraganda u davrlarda sheʼriyat (ibodat, nikoh qoʻshiqlari, marsiyalar) asosiy oʻrin egallagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxirlaridan R. lirikasining ilk asarlari maydonga keldi. Shu davrlarda yaratilgan asarlardan Plavt va Terentiy komediyalari toʻla saqlangan. Sitseron faoliyati R. adabiyoti uslubining shakllanishida muhim rol oʻynadi. Lukretsiy, Katull muhabbat va doʻstlik mavzularidagi sheʼrlari bilan tanildilar. Imperiyaning ravnaqi va inqirozi davri (1—3-asrda Rim madaniyati Yunon madaniyati bilan parallel, lekin mustaqil



Download 29,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish