BOB. Qang’ va Davon davlatlarining tashkil topishi tarixi.
1.1.Ushbu davlatlarda davlat boshqaruv tizimi.
Milodiy V asrning 2-yarmida Qang’ davlati parchalanib, uning hududida Shosh (Xitoy manbalarida Shi), Samarqand (Kan), Maymurg’ (Mi), Shahrisabz (Shi), Kattaqo’rg’on (Xe), Usrushona (Tsao) kabi kichik davlatlar tashkil topgan. Bu hudud asta-sekin Eftaliylar davlati tarkibiga qo’shib olingan.
VIII va IX asr boshlarida qarluq, o’g’uzlar tazyiqi va arab istilosi natijasida qang’li qabila ittifoqi batamom emirilib, bir necha qismga bo’linib ketadi. Bir qismi shimoli sharqqa - Talas va Chu daryolari oralig’iga kelib joylashadi. Ikkinchi qismi Kaspiy dengizining shimolidagi Yoyiq (Ural) daryosi atrofidagi yaylovlardan makon topadi.Uchinchi qismi esa Orol dengizining janubi sharqiy sohillarida, Sirdaryoning quyi oqimlarida qolib, o’g’uzlarga tobe bo’ladilar.
XII - XIII asrlarda qang’lilar Xorazmning siyosiy hayotida muhim rol o’ynaganlar. Shu davrda Talas va Chu vodiylarida yashovchi qang’lilardan 60 ming kishi Xorazmga ko’chib keladi. Mo’g’ullar bosqini arafasida Xorazmda qang’lilardan tuzilgan qo’shinning soni 90 minggga etgan. Xorazmshoh Tekesh qang’li beklaridan birining qizi - Turkon xotunga uylanadi. Keyinchalik bu ayolning mamlakat siyosiy hayotiga aralashuvi, kaltabinligi mo’g’ul bosqiniga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga to’sqinlik qilgan.
Qanglilarning bir guruhi XII - XIII asrlarda Sibir erlariga borib o’rnashadi hamda bu erdagi Oltoy, Enisey turklari va yoqutlarga aralashib ketadi. Ikkinchi bir qismi Zarafshon vodiysiga ko’chib keladi. Mo’g’ullar hujumi arafasida Samarqandda 30 ming qangli bo’lgan.
Keyingi asrlarda qang’lilar o’zbek, qozoq va qoraqalpoq xalqlari tarkibiga kirgan. Xorazm, Qoraqalpog’iston, Toshkent, Qashqadaryo va boshqa viloyatlardagi “qang’li” so’zi bilan bog’liq etnotoponimlar bu fikrni tasdiqlaydi.
Qang’ davlati davriga oid yodgorliklar Xorazm vohasidagi Jonbosqal’a, Qo’yqirilgan qal’a, Kichik Qirqqiz, Qo’narli qal’a, Oq tepa va boshqa qal’alar qazilmalaridan topilgan.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ma’lum bir iz qoldirgan davlatlardan biri Qang‘ davlatidir (miloddan avvalgi III asrdan-milodiy III asrgacha). So‘nggi ma’lumotlarning guvohlik berishicha, ushbu davlat miloddan avvalgi III asrning boshlarida paydo bo‘lgan. Bu jarayonda yunon-makedoniyaliklar hukmronligiga qarshi olib borilgan kurashlar va ichki nizolar alohida rol o‘ynagan. Bu davlatning etnik tarkibini turli qabila, elatlar tashkil etgan. Unda yetakchi qang’arlardan tashqari katarlar, kamarlar, toharlar, apasshaklar, asiylar va boshqa qabila, urug’lar ham yonma-yon istiqomat qilganlar.
Kanguy (xitoycha Kanzyu) davlati haqidagi ilk malumotlar mil. avv. II asrga mansub Xitoy solnomalari, jumladan, Chjan Szyanning Katta Yuechjiga qilgan sayohati tavsilotlari asosiga qurilgan Sin Syanning “Shi szi” solnomasida uchraydi1.
Qang’ so’zining kelib chiqishi haqida tadqiqotchi olimlar aniq bir fikrga kelmaganlar. Sirdaryoning o’rta oqimida mil. avv. III mil. V asrlarda yashagan xalqlar xitoy solnomalarida qang’yuy deb atalgan2.
Qang`arlar va Qang` davlati tarixi ustida olimlardan Ya. F.G`ulomov, S. G. Klyashtorniy, B. A. Litvinskiy, Yu. F. Buryakov, Q. Sh. Shoniyozov va boshqalar katta ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordilar va Qang` davlati, to’g’risida qimmatli asarlar yaratdilar. Xitoy manbalarida qang`arlarda davlat bo`lganligi to`g`risidagi ma'lumotlar miloddan avvalgi III asr oxiri va II asr boshlariga to`g`ri keladi. Tarixchi olim Karim Shoniyozovning fikricha: “Qang’ davlati solnomalarda aytilgan davrdan ancha oldinroq mavjud bo`lgan... So`z-siz Qang` davlati O`rta Osiyoga bostirib kelgan Makedoniyalik Iskandar qo`shinlari bilan yunon-makedoniyaliklardan tashkil topgan Salavkiylar sulolasi (miloddan avvalgi 312-250 yillar) bilan uzluksiz ravishda olib borilgan kurashlar natijasida taxminan miloddan avvalgi III asr boshida vujudga kelgan”3.
Qang‘ davlatining hududi dastlab Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlar (Toshkent vohasi hamda unga tutash tog‘ va cho‘l hududlari)dan iborat edi. Miloddan avvalgi II asrning boshlariga kelib, Qang‘ davlatining yerlari birmuncha kengayib, sharqda Farg‘ona vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda Usun daryosi, g‘arbda Sirdaryoning quyi oqimigacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu daryosining quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olgan. Aholisi o’troq hayot kechirgan, dehqonchilik bilan shug’ullangan va o’z shahriga ega bo’lgan Dovondan farqli ravishda Kanguy manbalarda ko’chmanchi davlat sifatida tasvirlanadi. Qang’li aholisining turmush tarzi shimoli-g’arb tomondan unga qo’shni bo’lgan yuechjilar va Yansay xalqlari bilan bir xilda edi4.
Qang`arlar xukmron bo`lgan hududda mil. avv. I va milodiy I-II asrlarda 120000 oila 600000 kishi yashagan.
Mil. avv. II asr oxiri - I asr boshlarida Qang‘ davlatining eng rivojlangan davridir. Shu davrlarda Qang’ bir qator viloyatlarni o’z tobeligiga bo’ysundirgan edi. Xitoy solnomalarida bu viloyatlarning 5 ta nomi tilga olinadi. Bular – Susye (Kesh-Shahrisabz), Fumu (Zarafshon vodiysi), Yuni (Toshkent viloyati), Gi (Buxoro vohasi), Yuegyan (Urganch shahri va viloyati). Mil. avv. II-I asrlarda Orol dengizining shimoliy sharqidagi Yantsay (Hozirgi Qizil O’rda) va Yan yerlari ham qang’arlar tobeligida bo’lgan. Shunday qilib, o’z davrida Qang’ davlati O’rta Osiyoda yirik davlatga aylangan edi. Qang‘ davlati, shuningdek, bu davrda Xorazm, Sug‘d va Ural tog‘ oldi yerlarini o‘ziga bo‘ysundirib, bu davlatlarning ichki boshqaruviga aralashmagan, faqat yillik o‘lpon olib turgan. Qang‘ davlatining ikki poytaxti bo‘lib, uning hukmdorlari yozni Aris daryosi sohilidagi O‘trorda, qishlovni esa Qanqada o‘tkazar edilar. Qanqa (Qang`iz) Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi Qang‘xa shahar xarobasi o‘rnida joylashgan bo‘lib, unga mil. avv. III asrda asos solingan. Qang‘ davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan. III asr o’rtalarida Qang’ davlati zaiflasha boshladi. Qang’ davlatidan birinchi bo’lib Xorazm ajralib chiqdi. Qang` davlatining asosiy aholisi o`troq va yarim o`troq bo`lib uning hududida ko`chmanchi chorvadorlar ham yashar edi. O`troq aholi asosan vodiyda yashab, dehqonchilik, bog`dorchilik va hunarmondchilik bilan shug`ullanib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |