Mavzu: Qadimgi davr O’zbekiston hududida foydalanilgan tangalar Reja


Qadimgi Xorazm tangalarini zarb qilinishini yo’lga qo’yilishi



Download 158,33 Kb.
bet6/8
Sana07.12.2022
Hajmi158,33 Kb.
#880681
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tangalar

Qadimgi Xorazm tangalarini zarb qilinishini yo’lga qo’yilishi
Xorazm shimoliy qismining moddiy madaniyat obidalari (miloddan avval IV—III ming yillik), asosan, ovchi va baliqchi qabilalarning ulkan chaylalari chaqmoqtoshdan qadama (mikrolit) qurollar, tagi tuxumsimon sopol idishlar, chigʻanoq va jilvir toshlardan yasalgan taqinchoqyaardan iborat. Miloddan avval 2-ming yillikda garchi sugʻorma dehqonchilik xonaki chorvachilik va podachilik paydo boʻlib, turli zot (mayda va yirik shoxli hayvonlar) bilan bir qatorda ot, tuya xonakilashtirilib, yilqichilik ancha rivoj topgan boʻlsada, turar joylar yarim yer toʻlabostirma shaklida boʻlgan. Zeb ziynatlari (uzuk, bilaguzuk, ziraklar) jez yoki mis kabi maʼdan boʻlsada, qurollarining aksariyati chaqmoqtoshlardan yasalgan. Bu davrda Xorazmning shimoliy qismida shubhasiz, na misdan yasalgan qurol va na guvala yoki xom gʻishtlardan bino qilingan turar joy mavjud edi.

Xorazm podshosi Artav tangasi, I asr

Xorazm podshosi Savashfan tangasi
Xorazmiylarning janubdan shimolga Amudaryo quyi oqimi tomon siljishi, ularning mahalliy sak va massaget qabilalar bilan qorishuvi oqibatida, tubdan yangi madaniyat shakllanadi. Amudaryo adogʻi (deltasi) oʻzlashtirilib, hududda 1 nechta monumental binolar (Koʻzaliqir va Qalʼaliqir kabi) qad koʻtaradi. Miloddan avval IV—III asrlarda Xorazm iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topib, katta sugʻorish kanallari (60–70 km. eni 30– 40 m li sayoz) barpo etilib, yangi shaharlar, qoʻrgʻon-qalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa, Qoʻyqirilgan qalʼa) quriladi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo hamda sanʼat rivoj topib, poytaxt (Tuproqqalʼa) barpo etiladi. Xorazm qalʼa va shaharlari toʻgʻri toʻrtburchakli va doirasimon shakllarda aniq reja asosida qurilgan. Ular qalin va baland mudofaa devor bilan oʻralib, tashqarisidan keng (10–15 m) va chuqur xandaq qazilgan. Qalʼa va shaharlarning mudofaa qudratini strategik jihatdan kuchaytirish maqsadida ularning tashqi devorlari 1 yoki 2 qator shinak (nishon, tuynuk)lari, darvoza ogʻzi esa, gʻulomgardish (labirint) — ihota istehkomi bilan mustahkamlangan. Bunday mudofaa inshootlari majmui, shubhasiz, aniq rejalar asosida strategik jihatdan nihoyatda mustahkam qilib barpo etilgan. Masalan, toʻrtburchakli qalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa) devorlari boʻylab 2 qatorli shinaklardan nishonga 4 tomondan oʻq uzish uchun moʻljallangan boʻlsa, doira shakldagi qalʼa (Qoʻyqirilgan qalʼa)dan qamal vaqgida shinaklardan bir yoʻla 360 daraja yoʻnalishda oʻq uzilgan. Bunday uslub, harbiy taktikada doira boʻylab markazdan oʻqqa tutish deb yuritiladi.
Hunlar Xorazmda milodiy III asrda paydo boʻlgan.[9] Tadqiqotchilar hunn tilini turkiy deb tasniflaydilar.[10][11]
Milodiy VI—V asrlarda Xorazmga Oltoydan va Sharqiy Turkistondan xioniylarkidariylar va eftaliylar kirib keladi. Kidariylar tarkibida turkiy qatlam boʻlgan.[12]
Xorazmda shaharsozlik sanʼati, ayniqsa, monumental meʼmorlik miloddan avval 1-ming yillik oʻrtalaridan to milodiy VIII asr boshlarigacha oʻtgan davr ichida keng rivojlangan. Katta qalʼalar, xususan, poytaxt shahar (Tuproqqalʼa, Kat) hudud ibodatxonasi (Hazorasp), maqbaralar (Chirikrabot) va boshqa turdagi jamoat binolari qad koʻtargan. Tuproqqalʼada 3 minorali qarorgoh, muhtasham shohona saroy (sahni 280 kv.m), markaziy koʻchalar boʻylab joylashtirilgan hunarmandchilik turar joylari va bozor oʻrin olgan. Shaharda hunarmandchilikning turli sohalari: kulolchilik, temirchilik, misgarlik, qurolsozlik, zargarlik, binokorlik va toʻqimachilik yuksak darajada rivoj topgan. Tuproqqalʼa xarobalaridan topilgan turli xildagi ashyolar, xususan, tasviriy sanʼat asarlarining ayrim boʻlaklari, loydan ishlangan haykallar, devoriy rangli tasvir (chiltor chalayotgan ayol, qoʻlida anor tutgan maʼbuda Nohid), tabiat manzaralari va sopol haykalchalar, badiiy yuksak darajada yasalgan. Yogʻoch va charmga qadimiy xorazmiy yozuvida bitilgan hujjatlar oʻlka aholisi maʼnaviyatini asosi boʻlgan savodxonlik darajasidan dalolat berardi.
Qadimgi Xorazm tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Sergey TolstovYahyo GʻulomovYuriy RapoportBella VaynbergVadim YagodinIso Jabborov, М.Mambetulaev, M.Kdrniyazov, Sergey Baratov)
Xorazm ilk oʻrta asrlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ilk oʻrta (IV—VIII asrlarda) meʼmorlik yanada rivoj topib, qalʼa, qasr va koʻshklar (Burgutqalʼa, Uyqalʼa, Qumbosgan qalʼa va boshqalar) kvadrat yoki toʻrtburchak shaklda bino qilinib, burchaklari doirasimon burjlar bilan mustahkamlanadi. Bu davrda bunyod etilgan qalʼa va koʻshklar orasida meʼmoriy jihatdan, ayniqsa, Teshikqalʼa va Yakka Porson diqqatga sazovordir.
Xorazmda badiiy sanʼat ham rivoj topgan. Ayniqsa, zargarlik (oltin, kumush va jezdan turli xil taqinchoqlar: uzuk, bilaguzuk, isirgʻa va boshqalar) ohangarlik va sarrojlik, ohanjoma (temir jiba, ot anjomlar) yasalgan, ip va ipakli guldor matolar toʻqilgan. Miloddan avval VI—V asrlarda roʻy bergan yuksalish milodiy III asr oxiri va IV asr boshida tushkunlikka uchrab, xarobaga aylangan qator shaharu qalʼalar V— VI asrlarda yana jonlangan (Kavat qalʼa, Guldursun qalʼa, Kot va b), X asr oxirlarida Shimoliy Xorazmda Urganch shahrining ahamiyati ortib, unda qator monumental binolar qad koʻtargan. Binokorlikda paxsa, xom gʻisht bilan bir qatorda pishiq gʻishtdan foydalana boshlangan (Koʻhna Urganch; Sulton Takashning maqbarasi, Faxriddin ar-Roziyning maqbarasi va boshqa shular jumlasidandir).
VIII asrdan XII asrgacha[tahrir | manbasini tahrirlash]
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) Markaziy Osiyo vakili tomonidan tuzilgan jahon tarixiga oid birinchi kitobning muallifi edi. Afsuski, uning „Tarix kitobi“ („Kitob at-tarix“) faqat boʻlaklarga boʻlib saqlanib qolgan. „Tarix kitobi“ dan koʻchirmalar zanjiri al-Xorazmiyning asarlari yilnomalar, yaʼni xronika shaklida yozilganligini aniqlashga imkon beradi. Undagi voqealar yillar davomida ketma-ket taqdim etildi. Masalan, u Buyuk Aleksandrning haqida maʼlumot berdi. Xalifa Abu Bakr hukmronligining boshlanishi, 631-653 yillarda arablarning Vizantiya va Eronga qarshi olib borgan harbiy harakatlari, arablarning Suriya, Iroq, Eron va Movarounnahrni bosib olishi, 728-731 yillarda arablar va xazarlar oʻrtasidagi urush haqida ham maʼlumot berilgan. „Tarix“ kitobi 830 yil atrofida tugatilgan.[13]
Xorazm madaniyati IX asrning birinchi yarmida tashkil topgan Oʻgʻuzlar davlatining davlat va pul tizimining shakllanishiga taʼsir koʻrsatdi. Oʻgʻuz tangalaridagi yozuvlar Xorazm alifbosiga tegishli edi.[14]
Beruniy Xorazmda 1000-yilga yaqin yozilgan „Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asarida Xorazmning turkiy aholisi foydalangan hayvonlar tsikliga koʻra yillarning turkiy nomlarini beradi. Xuddi shu asarida u oy nomlarini turkchada beradi: ulugʻ-oy, kichik-oy, birinchi-oy, ikkinchi-oy, uchinchi-oy, toʻrtinchi-oy, beshinchi-oy, oltinchi-oy, yetinchi-oh, sakkizinchi-oy, toʻqqizinchi-oy, oʻninchi-oy.[15]
Musulmon Sharqining buyuk allomalaridan biri Abu Ali ibn Sino 997 yilda Buxorodan Xorazmga koʻchib otgan[16], u yerda 1012-yilgacha 15 yil yashagan. 997-998 yillarda Beruniy savol-javob shaklida mujassam boʻlgan kosmogoniya va fizikaning turli masalalari boʻyicha Ibn Sino bilan yozishmalar olib borgan. Urganchda Ibn Sino Maʻmun akademiyasida Yaqin Sharqning ilgʻor ilmiy elitasi bilan ishlash nasib etdi. Ular orasida ensiklopedik olim Abu Rayhon Beruniy, tabib astronom Abu Sahl Iso ibn Yahyo al-Masihiy bor edi, unga Ibn Sino burchaklarni oʻlchashga bagʻishlangan. Bundan tashqari, olimlar orasida tabib Abu-l-Xayr ibn al-Hammar, Abu Nasr ibn Iroq - Xorazmshohning jiyani va boshqalar bor edi. Ibn Sinoning shon-shuhratini tashkil etgan ikki asarning asoslari, „Tib qonunlari“ (Al-Qanun fit-t-tibb) va „Shifolash kitoblari“ (Kitob ash-Shifa) Xorazmda - Urganchda qoʻyilgan. „Tibbiyot qonunlari“ Xorazmda 1000-yilda boshlangan va 1020-yil atrofida tugagan.[17]
Xorazmshohlar davlati

11-asr va 12-asrning birinchi yarmida Xorazm Saljuqiylar davlati tarkibiga kirgan. Xorazmning 11-asrdagi yuksalishi turkiylar sulolasiga mansub xorazmshohlar siyosati bilan uzviy bogʻliq. Mazkur sulolaga saljuq amirining tashtdori Anushtegin asos solgan. Sulton hammomchilari mahkamasining sardori boʻlgan Anushtegin Garchoi Malikshoh (1072—1092-yillar) saroyida yuksak martabaga erishgan. U rahbarlik qilgan mahkama zimmasiga Xorazmni boshqarish ham yuklangan. 1077-yilda Malikshoh Anushtegin Garchoini Xorazmga noib etib tayinlaydi va Xorazmda Anushteginlar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Anushteginlar turkiylar sulolasidan boʻlib, oʻsha paytda, Osiyoda hukmronlik qilgan uch buyuk sulola: Anushteginlar, Saljuqiylar va Gʻaznaviylar bir negizdan kelib chiqqan. 1097-yilda Anushtegin vafot etgach, Xorazm noibi etib Ekinji ibn Qorachar tayinlanadi. Biroq u oʻsha yili noiblikdan chetlatilib, uning oʻrniga Anushteginning oʻgʻli Qutbiddin Muhammad (1097—1127-yillar) qoʻyiladi. Garchi, u „Xorazmshoh“ unvonini tiklab, shu nom bilan ulugʻlansa ham Saljuqiylarning sadoqatli noibi boʻlib qoldi. Qayta tiklangan xoramshoh mansabiga sazovor boʻlgan Anushtegin nabirasi Otsiz Xorazm mustaqilligi yoʻlida astoydil harakat qilgan. Xorazmshoh Otsiz (1127—1156-yillar) saljuq sultoni Sanjarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. U mugʻombir diplomat va qatʼiy sarkarda boʻlib, mustaqil tashqi siyosat yuritadi. Chunonchi, u oʻz hukmdori Sanjarning ruxsatisiz qipchoqlar va turkmanlarga qarshi urush boshlaydi.


1156-yili Otsiz vafot etadi va uning oʻgʻli Elarslon (1156—1172-yillar) xorazmiylar davlatini mustahkamlashni davom ettirib, Dexistonni tevarak-atrofdagi yerlarga qoʻshib oladi. Elarslon oʻziga voris etib oʻgʻli Sultonshoh Mahmudni (1172—1193) tayinlaydi, biroq toʻngʻich oʻgʻli Takash ukasi hokimyatini tan olmay, unga qarshi kurash boshlaydi. Natijada toju-taxt uchun kurash boshlanadi, bu kurash 21 yil davom etib, unda Takash gʻolib keladi. Uning oʻgʻli Tekesh (1172—1200-yillar) 1187-yili Nishopurni, 1192-yili esa Marvni bosib oladi. 1194-yili gʻarbiy saljuqlar sultonini qaqshatqich magʻlubiyatga uchratib, Eronning butun sharqiy qismini egallab oladi. 1195-yili Tekesh abbosiy xalifa qoʻshinini tor-mor qilib, Iroqga bostirib kiradi. Oʻz mamlakati hududlarini ikki karra kengaytirgan va qudratli davlat barpo etgan xorazmshoh Tekeshni Xorazmning eng isteʼdodli hukmdori deb eʼtirof etish mumkin. Uning siyosati kamchiliklaridan biri qipchoq harbiy aristokratiyasiga koʻrsatilgan homiylik boʻlgan.
Alovuddin Muhammad (1200—1220) davrida mamlakat hududi yanada kengadi. 1210-yilda Movarounnahrni Qoraxitoylardan toritib oladi. Uning davrida mamlakat qanchalik gullab-yashnamasin, mamlakat ich-ichidan yemirilib borgan. Xatto, sulton saroyida ham ichki nizolar avj olib, ularning boshida Turkonu Xotun va qipchoqlar turgan. Anushteginlar sulolasidan boʻlgan Xorazmshohlar (1077—1231-yillar): 1. Anushtegin Garchoi 1077—1097-yillar 2. Ekinji ibn Qorachar 1097-y. 3. Qutbiddin Muhammad 1097—1127-yillar 4. Otsiz 1127—1156-yillar 5. Elarslon 1156—1172-yillar 6. Sultonshoh Mahmud 1172-y. 7. Takash 1172—1200-yillar 8. Alovuddin Muhammad 1200—1220-yillar 9. Jaloliddin Manguberdi 1220—1231-yillar


Download 158,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish