Pushkin to`qqiz yoshlaridan she`r yoza boshladi, hatto kichik komediyalar, masallar ham to`qigani haqida ma`lumotlar bor, biroq ular saqlanib qolmagan. O`n ikki yoshida Pushkinni Sarskoye seloda tashkil qilingan litseyga o`qishga beradilar. Pushkinning oilasi Pushkinning oilasi Pushkin 1824-yili ota-onasining mulki-Mixaylovskoyeqishlog`iga surgun qilindi. Bunga uning Odessa general-gubernatori bilan kelishmovchiligi sabab bo`ladi. Mixaylovskoyeda uning “Qur’ondan iqtibos”, “Andrey Shene”, “Vakxik qo`shig`I”, “18-oktabr”, “Faustdan sahna”, “Stenka Razim haqida qo`shiq” asarlari vujudga keladi. Shu yerda “Lo`lilar” asarini tamomlaydi. “Yevgeniy Onegin” she`riy romani, “Boris Godunov” tragediyalari ustida ish olib boradi. PUSHKIN HAQIDA BIZ BILMAGAN QIZIQARLI 10 TA FAKT Bugun sizga, taxminimiz bo'yicha Aleksand Sergeevichning o'zi keng ommaga bildirmagan, biografiyasining bir qancha faktlarni taqdim qilamiz. 1. Pushkin esini 4 yoshida tanigan. U bir necha marotaba sayrga chiqqan kunida yer qimirlagani va ustunlarning tebranib turganini ko'rganini aytib bergan edi. Moskvadagi oxirgi zilzila esa aynan 1803 yili qayd etilgan edi. 2. Aytganday, taxminan o'sha vaqtlarda Pushkinning imperator bilan birinchi uchrashuvi bo'lib o'tgan edi. Kichkina Sasha, o'sha kuni u bilan baravar sayrga chiqqan Aleksandr I ning oti tuyoqlari ostida qolishiga sal qolgan edi. Xudoga shukurkim, Aleksandr I otini to'xtatib qola olgan va go'dak shukastlanmagan. Yagona xazilakamiga emas qo'rqib ketgan odam bu Pushkinning enagasi edi. 3. Mashxur litseyga esa, ma'lum bo'lishcha, Pushkin tanish bilish orqali kirgan ekan. Litseyni vazir Speranskiyning o'zi tashkil etgan ekan. O'quvchilar yig'imi juda kichik - atigi 30 nafar odamni tashkil etgan. Biroq Pushkinning juda taniqli va iste'dodli amakisi - Vasiliy Lvov Pushkin bo'lgan edi. U Speranskoy bilan shaxsan tanish bo'lgan edi. 4. Bitiruv kechasi uchun tayyorlangan, a'lochi o'quvchilar ro'yxatida, Pushkin oxiridan ikkinchi bo'lgan. 5. Litseyda Pushkin birinchi bor sevib qolgan. Uning yutuqlari ro'yxatini o'qishdan ko'ra, u haqida odamlarning fikrlarini o'qish qiziqroq. Masalan, uning akasi Pushkin ko'rinishi unchalik ham yaxshi emas, bo'yi past bo'lganini, lekin nima uchundir ayollarga yoqqanini aytgan. Bu narsa, Pushkin ham sevgan, Vera Aleksandrovna Nashokinaning ta'sirli xati bilan ham tasdiqlanadi: "Pushkin juda jingalak sochli shaten, moviy rang ko'zli va ajablanarli yoqimtoy edi". Darvoqe Pushkinning akasining o'zi uni kimdir qiziqtirsa, u juda ham o'ziga rom etadigan bo'lib qolishini tan olgan edi. Boshqa tomondan, agarda Pushkin zerikkan va qiziqmagan hollarda, u zerikarli va chidab bo'lmaydiga bo'lib qolgan va uning nutqi sust bo'lgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |