Mavzu: Pulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari. Bajardi: 15-17 guruh Talabasi: Ashiraliyeva R. Qabul qildi



Download 105,15 Kb.
bet5/9
Sana21.07.2021
Hajmi105,15 Kb.
#124707
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
pul

Pulning funktsiyalari.

Pulning mohiyati uning funktsiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Pul iqtisodiy kategoriya sifatida nechta funktsiyani bajarishi iqtisodchi olimlar, nazariyachilar va iqtisodchilar o‘rtasida juda uzoq davrdan buyon tortishuvlarga sabab bo‘lib kelmoqda.

Iqtisodiyotni markazdan boshqarish sharoitida nashr etilgan adabiyotlarda, pul beshta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi va jahon puli funktsiyalarini bajarishi ta’kidlanadi.

Iqtisodiyotni boshqarishning bozor munosabatlari joriy etilgan mamlakatlar iqtisodiy adabiyotlarida, pul uchta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi va jamg‘arma vositasi funktsiyalarni bajarishi bayon etiladi.

P.Samuelson Aristotelning ta’limotlariga tayangan holda pul faqat ikkita, ya’ni ayirboshlash vositasi, baho mashtabi birligi yoki o‘lchov hisobi funktsiyalarini bajarishini ta’kidlaydi4.

Angliya – amerika iqtisodchi olimlari pulning uchta funktsiyasi (muomala vositasi, qiymat o‘lchovi va jag‘arma vositasi) mavjudligini e’tirof etishadi5. Jumladan, Edvin Dj. Dolan, Kolin D. Kempbell, Rozmari Dj. Kempbelllar pul muomala vositasi, qiymat o‘lchovi va jamg‘arma vositasi funktsiyalarini bajarishini ta’kidlaydi.

Nemis iqtisodchi olimi K.Knis (1821 – 1898) pulning to‘rtta ya’ni, qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funktsiyalarini e’tirof etadi.

S.Fisher, R.Dornbush, R.Shmalenzilar ham pulning to‘rtta funktsiyalarini bajarishlarini e’tirof etib, ularni quyidagi ketma – ketlikda amal qilishini ta’kidlaydi: birinchisi – muomala vositasi va to‘lov vositasi, ikkinchisi – o‘lchov hisobi, uchinchisi – qiymatni saqlash vositasi, to‘rtinchisi – kechiktirilgan to‘lovlarni o‘lchovi7.

K.Marks pulning funktsiyalari kontseptsiyasida uni uchta funktsiyasi mavjudligini ta’kidlaydi. U pulning funktsiyalarini quyidagi ketma – ketlikda ifodalaydi. Birinchisi – qiymat o‘lchovi, ikkinchisi – muomala vositasi, uchinchisi – moliyaviy pul. K.Marksning pulning uchinchi funktsiyasi ayrim iqtisodchilar tomonidan jamg‘arma vositasi, to‘lov vositasi va jahon puli kabi vazifalarini bajarishi mumkinligini ilgari suriladi8.

Rossiyalik iqtisodchi olim, professor O.I.Lavrushin9, professor V.A.Щegortsova10, professor V.V.Ivanov va professor B.I.Sokolovlar11 tahrirlari ostida chop etilgan Pul, kredit, banklar darsliklarning barchasida pul beshta funktsiyani bajarishi e’tirof etiladi.

O‘zbekistonlik iqtisodchi, professor Sh.Z.Abdullaeva pul to‘rtta funktsiyani bajarishini, ular qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funktsiyalari ekanligini ta’kidlaydi12.

Professor O.Yu.Rashidov tahriri ostida chop etilgan Pul, kredit va banklar darsligida pul beshta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi va jahon puli vazifalarini bajarishini ta’kidlanadi13.

Ko‘rinib turibdiki, pulning funktsiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning fikrlari turlicha bo‘lib, birinchi guruh olimlar pulni beshta funktsiyasi mavjudligini ta’kidlashsa, ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar uning to‘rtta funktsiyani bajarishini e’tirof etadi. Uchinchi guruh iqtisodchi olimlar, asosan anglo – amerikaliklar uni uchta funktsiyani bajarishini bayon etadi. Hatto ayrim iqtisodiy adabiyotlarda pulni oltita funktsiyani bajarishi qayd etilib, oltinchi funktsiya sifatida baho masshtabi ekanligini isobtlashga urinishadi14.

Iqtisodchi olimlar pulning funktsiyalari haqida turlicha talqin etishiga quyidagilar sabab bo‘ladi. Bir guruh iqtisodchi olimlar, pulning funktsiyasini zamonaviy sharoitda uning xossalaridan kelib chiqib bayon etadi, boshqa guruh olimlar esa turli mamlakat olimlarining pulni funktsiyalari xususidagi fikrlariga tayangan holda unga talqin beradi. Yana boshqa guruh iqtisodchi olimlar esa pulning funktsiyalarini ta’riflashda uning tarixan vujudga kelishi bilan bog‘liq voqelik va nazariyalarga tayanadi.

Pulning funktsiyalari xususida fikr yuritganda uning asl (haqiqiy pul) qiymatiga ega bo‘lgan va asl qiymatiga ega bo‘lmaganligi (o‘rinbosar pullar) ga e’tibor qaratish lozim. Chunki muomalada asl qiymatga ega bo‘lgan pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning barcha funktsiyalari namoyon bo‘ladi va aksincha. Asl qiymatga ega bo‘lgan pullar sifatida qimmatbaho metallar oltin va kumushni, kredit pullarni va 100 foiz oltin bilan ta’minlangan pullarni qayd etish mumkin. Asl qiymatga ega bo‘lmagan pullarga qog‘oz pullar, oltin asosiga ega bo‘lmagan kredit pullar kiradi.




  1. Download 105,15 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish