O‘zbekiston hududida dastlabkimetall tangalar miloddan ilgarigi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall tangalarning og‘irligi 8,4 grammni tashkil etgan bo‘lib, “darik” deb nomlangan tilla tangalar ekanligi taxmin qilinadi. O‘sha vaqtlarda, ya’ni miloddan ilgarigi VI – IV asrlarda hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi, ya’ni Xorazm, Sug‘diyona va Sak qabilalari yashagan hududlar Ahmoniylar davlati tarkibida bo‘lganini hisobga olsak, ushbu “darik”lar O‘zbekiston zaminida amal qilgan bizga ma’lum birinchi tangalar bo‘lgan desak xato qilmaymiz.
Miloddan avvalgi 330 – 327 yillarda makedoniyalik Iskandar Ahmoniylar saltanatini tor
mor qilib, hozirgi O‘zbekiston zaminida joylashgan Baqtriya va Sug‘diyonaga bostirib kiradi. Makedoniyalik Iskandar surati tushirilgan tangalardan vazni 4,1 g. bo‘lgan kumush draxma, vazni 8,2 g. bo‘lgan kumush didraxma (ikki draxma) hamda vazni 16,4 g. bo‘lgan kumush tetradraxma (to‘rt draxma)lar zarb qilinib, ular muomalada bo‘lgani ma’lum. Shuningdek, vazni 8,4 g. bo‘lgan oltin tanga (starer) va vazni 40 grammdan ortiq bo‘lgan kumush dekadraxma ham zarb qilingan.
Yunon – Baqtriya davlati tomonidan zarb etilgan tangalardan 100 donaga yaqini Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida topilgan. Ushbu davlat pul tizimi asosini o‘sha paytda draxma, didraxma, tetradraxma va dekadraxmalar tashkil etganligi tarixiy manbalardan ma’lum.
O‘rta Osiyo eramizning V asrida tarixan qisqa muddat davomida sosoniylar tasarrufida bo‘lgan. Bu davrda hozirgi O‘zbekiston xududida turli davrlarda zarb etilgan tangalar muomalada bo‘lgan. Jumladan, sosoniylar tangalari asosan oltin, kumush va bronzadan zarb qilingan bo‘lib, ularda sosoniy shohlariing suratlari bilan birga, turli hayvonlar va qushlar aksi ham tushirilgan.
Hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi V asrning ikkinchi yarmida Sirdaryoning sharqiy sohilidan kirib kelgan deb taxmin qilinayotgan va tarixda eftaliylar nomi bilan qolgan qabilalar tomonidan bosib olinadi.
EftaliylardavridaO‘rtaOsiyoastasekinrivojlanaboshlagan. Xalqarosavdohamrivojlangan.
TashqisavdoasosanXitoy, Xindiston, Eronva Vizantiya (Rum) bilanamalgaoshirilgan.
Eftaliylar dastlabki paytlarda sasoniy hukmdorlari Bahrom va Perozning kumush tangalaridan keng foydalanishgan. Buning asosiy sababi sifatida sosoniylar tomonidan eftaliylarga o‘lpon sifatida to‘langan juda ko‘p miqdordagi kumush tangalar xazinada to‘planganligiga bog‘liq deb taxmin qilinadi.
Eftaliylar hukmronligi davrida juda ko‘p miqdorda, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda 200 dan ko‘proq marta metall tangalar zarb qilingan. Har bir viloyat, har bir yarim qaram xudud o‘zi tanga zarb qilish huquqiga ega bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |