Mavzu: Pul va uni vazifalari



Download 52,97 Kb.
bet6/6
Sana31.03.2023
Hajmi52,97 Kb.
#923502
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Pul va uni vazifalari

6. Pul multiplikatori
Bank tizimi mamlakatdagi pul massasini o‘zgartirish layoqatiga ega bo‘ladi. Davlat bankining emission faoliyatidan qat’iy nazar pul massasi hajmi tijorat banklari kreditlari hisobiga ko‘payadi. Banklar ssuda berganda pul massasi ko‘payadi, aksincha mijozlar olgan qarzni kamaytirganda pul massasi kamayadi.
Biroq bitta alohida bank pul massasini ko‘paytira olmaydi, barcha banklar birgalikda bunday imkoniyatga ega bo‘ladi. Bu jarayonni quyidagicha tushuntirish mumkin. Aytaylik “A” bankning aktivlari 200000 mln so‘m bo‘lsin, bank uning bir qismini ehtiyot tarzda Markaziy bankda saqlashi lozim. U asosiysi majburiyat bo‘yicha to‘lovga qobiliyatsizlik xatarini kamaytirishga qaratiladi. Uning minimal miqdori Markaziy bank tomonidan majburiy ehtiyot normasi sifatida o‘rnatiladi va pul massasi va shu orqali tartibga solish vazifasini bajaradi. Agar bankning majburiyatlari 200000 mln so‘m bo‘lib, undan 40000 mln so‘mini majburiy ehtiyotlarni tashkil etsa, uning normasi 20% ni tashkil etadi.
Bu normani Markaziy bank davlatning pul-kredit siyosatidan kelib chiqib belgilaydi. Tijorat banklar zarur ehtiyotlardan ortiq mablag‘larini boshqa banklarga qarzga beradi. Agar ehtiyot normasi 20% deb olsak, “A”bank 40000 mln so‘mni majburiy ehtiyot sifatida saqlaydi, 160000 mln so‘mni mijozlarga ssudaga berishi mumkin. Bank kredit berganda, bu summani mijozning joriy hisobiga o‘tkazadi. Ssuda olgan tadbirkor o‘z navbatida sotib olgan tovari uchun chekni xizmat ko‘rsatuvchi “B”bankka o‘tkazadi. Natijada “B”bankda 160000 mln so‘m yangi pul massasi paydo bo‘ldi Misolni jadvalda ifodalasak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:
bankning majburiy ehtiyotlari bankning muddatsiz omonatlari “B” bank bu pulning 32000mln so‘mini ehtiyotga o‘tkazib, qolgan 128000mln so‘mini qarzga berishi mumkin. Bu jarayon to‘xtovsiz davom etib natijada butun banklar tizimi tomonidan yaratilgan pul massasi miqdoran to‘xtovsiz ortib boradi.
Banklar tomonidan yangi pul taklifini yaratilish jarayoni ma’lum bir chegaragacha davom etadi. Bizning misolda 200000 mln so‘mning yuzaga kelishi butun bank tizimida depozitlarning bir necha marta ko‘payishiga olib keladi. Bu bank tizimi pul taklifi multiplikatori samarasi yoki bank multiplikatori ko‘rsatkichini anglatadi. “Multiplikator” so‘zi tarjima qilinganda, ko‘paytiruvchi degan ma’noni anglatadi. U quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
bu yerda, M – pul multiplikatori; r – Markaziy bank qo‘yilish kerak bo‘lgan talab etilgan ehtiyot (zaxira) normasi; Agar, r=20% bo‘lsa, u holda M=1x100/20=5; ya’ni har bir so‘m depozit pul taklifining 5 so‘mga ko‘payishiga olib keladi. Ehtiyot normasining kamayishi depozitlarning o‘sishiga, uning ortishi pul massasining kamayishiga olib keladi.
Bizning misolda ehtiyot normasi 20% dan 10% ga tushirilsa, multiplikator 10ga teng bo‘ladi, aksincha 25%ga ortsa multiplikator 4ga teng bo‘ladi. Amaliy hayotda bank depozitlari ko‘payishi-multiplikator samarasidan ancha farq qiladi. Sababi bankdan olingan ssudaning hammasi ham bank tizimiga qaytib bormaydi. Ulardan bir qismi muomalada naqd pul tarzida yurishi mumkin. Bularning hammasi banklarning ssuda berish imkoniyatlarini kamaytiradi. Bunda bank ehtiyotlaridan tashqari naqd pulga aylangan mablag‘ chiqib ketadi. U pul multiplikatorini o‘zgartiradi. Agar bank majburiyatlarining naqd pulga aylangan qismini “s” bilan belgilasak, u holda yuqoridagi formula quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Agar naqd pulga aylangan miqdor 30%ni tashkil qiladi deb faraz qilsak, u holda pul multiplikatori =1x100:(20+30) =2 ga teng bo‘ladi. Demak, har bir so‘m qo‘shimcha depozitlar oldingiga o‘xshab 5 emas, balki 2 so‘m yangi kredit pulni hosil qiladi. Pul multiplikatoridan foydalanib, umumiy pul massasi miqdori ko‘payishi yoki kamayishini hisoblab chiqish mumkin. Bozor iqtisodiyotida pul emissiyasiga qaraganda ehtiyotlar miqdorini o‘zgartirish bilan pul muomalasini tartibga solish samarali hisoblanadi. Markaziy bankda ehtiyot tarzida ma’lum miqdordagi pulni saqlash majburiyatlari bo‘yicha to‘lovga layoqatsizlik xatarini kamaytiradi, biroq bu banklardan mijozlarning omonatga qo‘ygan pullarini yoppasiga olish uchun harakat qilishlarining oldini olmaydi. Ehtiyotning yetishmasligi esa moliyaviy sarosimalikni keltirib chiqarishi mumkin. Moliyaviy sarosimalik – bu mijozlar omonatiga qo‘ygan pullarni bir vaqtning o‘zida olishga urinishlari, banklarda esa talab qilingan miqdorda pulning yo‘qligi sababli ularning sarosimaga tushib qolishidir. Bu nafaqat banklar, balki ular bilan bog‘liq kompaniyalarning ham bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Biroq Moliyaviy sarosimalik har doim ham yuz beravermaydi. Chunki mijozlar omonatlari, bank depozitlari tegishli tartibda sug‘urtalanadi. Agar bank biron sabab bilan yopilsa, uning mijozlari qisqa muddatda konpensatsiya olishni mo‘ljallashlari mumkin. Sug‘urta fondi mablag‘lari yetmagan taqdirda hukumat zarur pulni emissiya qiladi. Ma’lumki, hamma banklarda aktivlar summasi bankning o‘z kapitalidan bir necha marta yuqori, uning nisbati 15:1 gohida 25:1 gachani tashkil etadi. Undan tashqari aktivlar umumiy summasida muddati uzaytirilgan kreditlar mavjudki, uning bir vaqtda to‘lanishi ro‘y bermaydi. Umuman olganda, bank tizimida moliyaviy xatarlarni sug‘urtalash butun bir tizimi mavjudki, bu moliyaviy sarosimalikning oldini olishni kafolatlaydi.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko‘p omilli ko‘rsatkich bo‘lib, bunda uning erishilgan darajasi ko‘p jihatdan iqtisodiyotda davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog‘liq. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan markazlashgan boshqarish yo‘li bilan; uchinchidan, iqtisodiyotga davlatning aralashuvini bozor usullari bilan uyg‘unlashtirish orqali erishiladi. Кishilik jamiyatining ilk davrlaridanoq davlatning iqtisodiyotga aralashuvi muammosi paydo bo‘lgan. Tovar ishlab chiqarishining rivojlanishi va pulning paydo bo‘lishi sudxo‘rlik kapitalini vujudga keltirgan. Sudxo‘rlik o‘zining yuqori foizlari bilan tovar ishlab chiqaruvchilarni xonavayron qilib, davlatni qashshoqlashishiga olib kelgan. Bu o‘z navbatida davlatning o‘zini va soliq to‘lovchilarni himoya qilishga majbur etgan. Qadimgi Bobilda qabul qilingan Eshnunn va Xammurapi qonunlari bunga misol bo‘la oladi. Buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davrida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining mustamlakalarni bosib olish siyosati ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvini taqozo qilgan. Chunki bunda, birinchidan, mustamlaka aholisini itoatda ushlab turish; ikkinchidan, mustamlakalarni boshqa davlatlardan himoya qilish zarurati paydo bo‘lgan. XX asr boshlarida, ko‘plab mamlakatlar birinchi jahon urushining ishtirokchilari bo‘lganligi sababli, davlat iqtisodiyotni boshqarish bo‘yicha bir qator vazifalarni o‘z zimmasiga olgan. U resurslar va ishchi kuchini taqsimlagan, yirik monopolistlarga mamlakat uchun zarur bo‘lgan ko‘plab zaruriy tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtmalar bergan. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi asosan 1929‒1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozidan keyin kuchaygan. U iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishning har xil usullarini qo‘llab, siklga qarshi tartibga solishni amalga oshirgan. Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida" (1776-yil) nomli kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o‘z-o‘zini tartibga solish zarurligi ta’kidlab o‘tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniga ega bo‘ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga rag‘batlantiradi. A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxir-oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib - qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatan ham importga boj to‘lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir-oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va mahsulotning past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo‘lgan milliy iste’molchilar yutqazadi. A.Smitning "Tinch qo‘yish" nazariyasi, 1923‒1933-yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qilishini ko‘rsatdi. Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Dj.M.Кeynsning «Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyalari» nomli kitobida o‘z aksini topdi (1936). U davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi. Urushdan keyingi davrda Кeyns nazariyasidagi ko‘rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo‘lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolining yanada ko‘proq oshib borish holati ro‘y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat siklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlilikni ta’minlash, balki iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishni rag‘batlantirish tan olinadi. XX asrning 70-yillariga kelib, iqtisodiy qarashlarning monetarizm va uning «reygonomika», «tetcherizm» kabi ko‘rinishlarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash g‘oyasi ilgari surildi. Lekin bozorning o‘z-o‘zini boshqarishdagi kamchiliklari natijasida 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bu muammoga boshqacha ko‘z bilan qarashga majbur qildi. Angliyaning London shahrida 2008-yilning 2 aprelida bo‘lib o‘tgan jahonning eng rivojlangan 20 ta mamlakati rahbarlarining sammitida bir ovozdan davlat iqtisodiyotga aralashuvi zarur degan fikr o‘z tasdig‘ini topdi.
Respublikada milliy valutani mustahkamlashda so‘mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to‘ldirish va zarur ehtiyotlar hosil qilish orqali erishiladi.
Bozorni iste’mol mollari bilan to‘ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib borish, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol tovarlari sotishning umumiy hajmida milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari hissasi oshirib boriladi. Ayni vaqtda, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so‘mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag‘batlantirib boriladi. So‘mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valutaga erkin almashilishi yetarli valuta zaxirasi bo‘lishiga bog‘liq. Unga erishishda korxonalar va barcha subyektlarning jahon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan rag‘batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega. So‘mning barqarorligini ta’minlashda undan ehtiyotkorona va tejab-tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘larning eng ko‘p samara berishiga, olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o‘rin tutadi. Inflatsiyaga qarshi aniq o‘ylangan siyosat o‘tkazish milliy valutani mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo, inflatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlarni qo‘llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Inflatsiyaga qarshi siyosat negizini pul taklifining o‘sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o‘sishi bilan bog‘lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun mollar yetarli bo‘lmagan holda aholi qo‘lida pulning ortiqcha ko‘payib ketishi inflatsiyaning yanada avj olib ketishiga sabab bo‘ladi. Pul miqdori bilan birga narxlarning ham tobora o‘sib borishi muqarrar ravishda uzoq davom etadigan giperinflatsiyani keltirib chiqaradi. Bu o‘z navbatida, milliy ishlab chiqarishning izdan chiqishi, aholi keng tabaqalarining qashshoqlashishi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo‘lishi xavfini tug‘diradi. Tovarlar taqchilligi mavjud bo‘lib turgan sharoitida giperinflatsiyaning oldini olish uchun aholi iste’mol sarflarining o‘sishini ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmatning moddiy hajmi ko‘payishiga bevosita bog‘liq qilib qo‘yish zarur bo‘ladi. Ichki bozorni mollar va xizmatlar bilan to‘ldirish, muomalaga o‘rinsiz ortiqcha pul chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, milliy valuta barqarorligini ta’minlash va xalq turmush darajasini o‘stirishning muhim shartidir. So‘mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o‘sishiga, aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o‘z vaqtida qaytarilishiga erishishi, mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishini ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishini cheklash choralari ko‘rilishi kerak. Boshqacha aytganda qattiq pul-kredit siyosatini amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Respublikamizda keyingi yillarda puxta o‘ylangan pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflatsiya ko‘zda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlar chegarasida saqlanib qolinmoqda. Jumladan, 2008‒2016-yillardan uning darajasi o‘rtacha 7,0 foizdan ko‘proqni tashkil etgan. Bu avvalo, puxta o‘ylangan pul-kredit siyosati va inqirozga qarshi ko‘rilgan samarali chora-tadbirlarimizning natijasidir. Inflatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu o‘z navbatida import narxlarning barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi. Valuta birjalarida valuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. Milliy valuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatdagi sharti valutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko‘paytirishga ustunlik berishdir. Istiqbolda esa bu sohadagi siyosat banklararo valuta birjasidagi aylanma miqdorini korxona va fuqarolar o‘z pulini kerakli miqdorda, xohlagan valutaga erkin almashtirish imkoniyatini beradigan darajaga yetkazishga qaratiladi. Bunga erishishda milliy ishlab chiqarishda eksport ulushini kengaytirish bilan birga «... milliy valutamizning joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin almashuvini, ya’ni konvertatsiyasini ta’minlash uchun barcha zaruriy shartsharoitlarni yaratish» alohida ahamiyatga ega. Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Download 52,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish