5-rasm.
P ul massasi va uning komponentlari o‘zgarishi (trln. so‘m)
Manba: Markaziy bank
2020 yilda jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari o‘sish sur’atlarida biroz pasayish kuzatilgan bo‘lib (2019 yildagi 45,1 foizga nisbatan 13,5 foiz bandga pasayish), bu birinchi navbatda pandemiya sharoitida aholi daromadlarining qisqarishi sababli jamg‘armalarning ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Shuningdek, 2020 yilning ikkinchi yarim yilligida amalda bo‘lgan maqbul foiz stavkalar mexanizmi fonida depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarning pasayishi kuzatilib, aholi jamg‘armalari o‘sishining sekinlashishiga sabab bo‘ldi. Joriy 2021 yil davomida ham Markaziy bank asosiy stavka bo‘yicha qarorlar qabul qilishda milliy valyutadagi depozitlar bo‘yicha ijobiy real foiz stavkalarning ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari jamg‘armalari dollarlaShuv darajasining qisqarishiga va ularning bank tizimiga qaytishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ijobiy real foiz stavkalar iqtisodiyot sub’ektlarining iste’mol va jamg‘arish bo‘yicha qarorlarida o‘z aksini topishi orqali inflyasiyaga yalpi talab tomonidan bo‘lgan bosimni jilovlaydi.
4 . Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida pul taklifidan maqsadli foydalanish mexanizmini takomillashtirish
Jahondagi globallaShuv sharoitida tashqi migratsiya, xalqaro savdo va kapitallar harakati, turizm, xorijiy investitsiyalar, IT rivojlanishi mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’sir etadi. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2020 yil — “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi. Ushbu Murojaatnomani nafaqat joriy yilga qo‘llanma va yo‘llanma sifatida, balki yaqin o‘rta muddat uchun O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini belgilab beruvchi dastur, fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat sifatida baholash mumkin. YAngi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o‘sishini misol qilib keltirish mumkin. “Elektron hukumat”, “Elektron boshqaruv”, “Telekommunikatsiya”, “Internet”, “Veb-sayt” kabi ko‘plab iboralar hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylandi. IT kundalik hayotimizning barcha sohasini qamrab olmoqda.
Raqamli iqtisodiyotda IT yordamida tannarxni kamaytirishga, natijada optimallaShuvga va samaradorlik oshishiga erishiladi.
Raqamli iqtisodiyotda zamonaviy ilmiy yondaShuvlar va innovatsiyalar muhim hamda ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunda ilmiy sig‘imkorlik yuqori bo‘lgan tarmoqlar ravnaq topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |