Pul bozor tizimining universal va eng likvidli iqtisodiy vositasi sifatida iqtisodiy oflchov, muomala va jamg‘arish funksiyalarini bajaradi.
Pulning iqtisodiyotda o‘z vazifalarini bajarish jarayonida to‘xtovsiz harakatda bo‘lishi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida qo'ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turishi pul muomalasi deyiladi.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: milliy pul birligi; naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi; pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi.Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Bulaming hammasi birgalikda pul agregati deb yuritiladi
Pul muomalsining qonuni- bu muayyan vaqtda muomaladabo‘ladigan pul miqdori jami sotiladigan tovarlar narxining summasi va pul oborotining (harakatining) tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Qancha pul zarurligi, bu pulga talab bo‘lib, buni oldi-sotdi ko‘lami, olib-sotarlik ishlari miqyosi, har ehtimolga qarshi pulga ega bo‘lish ishtiyoqi va pulning naqadar tez qo‘ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turishi yuzaga keltiradi. Pulga talabni hamma subyektlar bildirsa, biroq uning taklifi davlat nomidan ishlovchi Markaziy bank qo‘lida bo‘ladi.
Muomilani ta'minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi, pul birligining aylanish tezligi va kreditning rivojlanishi kabi omillarga bogMiq boMadi.
Makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri inflyatsiya hisoblanib, u pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida qog‘oz pul birliklarining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda turli tovar narxlarining o‘sishida ifodalanadi.
Inflatsiya qanday borishi jihatidan erkin bozor inflatsiyasi va davlat bostirib turadigan inflatsiyaga, shiddati jihatidan o‘rmalovchi, yo‘rg‘alovchi va tez yuguruvchi — giperinflatsiya ajratiladi.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasi farqlanadi. Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotdagi barcha mavjud resurslar to'liq foydalanilgan sharoitda ishlab chiqarish sohasi ortiqcha talabni qondira olmasligi natijasida kelib chiqadi. Taklif inflyatsiyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, o‘sish sur’atiga ko‘ra inflyatsiyaning o‘rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya; bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya kabi turlari farqlanadi.
Kredit bo‘sh turgan pul mablagMarini ssuda fondi shaklida to‘plash va ulami pulga muhtoj boMib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz toMovlari bilan qaytaris.i shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Inflatsiya darajasini narxlarning naqadar o‘sishi belgilaydi. Inflatsiya me’yorida boflganda (yiliga 10—12 %) bu iqtisodiyot uchun xavf tug'dirmaydi, aksincha pul inyeksiya orqali iqtisodiyotning o‘sishiga ko‘mak beradi. Iqtisodiyot ishtirokchilari me’yoridagi inflatsiyaga moslashadilar. Davlatning moslashuv tadbirlari inflatsiyani hisobga olib foizini o‘zgartirishdan, daromadlar indeksatsiyasini o‘tkazishdan iborat bofladi. Inflatsiya me’yoridagi cheagaradan chiqib ketganda davlat anti inflatsion tadbirlami qo‘llaydi.
Anti inflatsion chora tadbirlar bevosita va bilvosita bòlishi mumkin. Bundab tashqari inflatsiya darajasini pasaytirish uchun davlat budget siyosati,soliq siyosati,baho siyosati,kredit-moliya siyosati,sanoat-investitsiya siyosatini qo'llaydi.