Mavzu. Psixologiyada muomalani o‘rganishning nazariy va metodologik asoslari режа


- MAVZU MUOMALA JARAYONIDA SHAXS INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINING ROLI



Download 102,46 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2022
Hajmi102,46 Kb.
#419607
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-маъруза...

5- MAVZU MUOMALA JARAYONIDA SHAXS INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINING ROLI.
РЕЖА:
5.1 Muomala jarayonida Shaxs individual-psixologik xususiyatlarining roli.
5.2. Emosional barqarorlik va tolerantlik, faollik, kreativlik, muloqatmandlik, lokus nazorat, empatiya
5.3 Empatiya shaxslararo munosabat mexanizmi sifatida.
5.4. O‘zaro munosabat, o‘z-o‘ziga baxo berish
Birinchi toifadagi muloqot (faoliyatdan ko'zlangan maqsadga erishish uchun axborot ayirboshlash, kommunikatsiya o'rnatish) bilan bir qatorda ikkinchi toifadagi muloqotning (o'zligingni boshqa kishilarda davom ettirish) mavjudligi har bir kishining ikkinchisiga ko‘rsatadigan ta’siriga e’tiborni jalb qiladi. Ta’lim — awalo, axborot jarayonidir. 0 ‘qituvchi o'quvchiga bilimlarni ma’lum qiladi va o'z
navbatida teskari aloqa tarzida undan ma’lum qilingan bilimlar qandayo'zlashtirilganligi haqida tasawur hosil qiladigan axborot oladi. O'zaro birgalikdagi harakat mohiyatlar darajasida amalga oshiriladi.
Pedagogning tarbiya vazifalarini amalga oshirishi jarayoni, o'quvchilarga ko'rsatadigan ta’siri tarbiyalanuvchilar ko'rib, eshitib va bajarib borayotgan mazmunlarning muayyan darajada o'zgarishin taqozo qiladi. Pedagog ko'rsatadigan ta’sirning turlicha samara kasb etishi zamirida uning shaxsiyatiga oid xususiyatlar, uning o'zini davom ettirish, o'zining shaxsiyatiga oid mazmunlami yoshlarga o'tkaza bilishqobiliyati, uning pedagogik munosabati xarakteri va samaradorligi mujassamlashgandir.
Muloqot jarayonida kommunikatsiya ishtirokchilari axborot almashish davomida bir-biriga ta’sir etib boradi. O'zaro ta’sir xususiyatlarini aniqlash uchun muloqotning interaktiv tomonini o'rganish zarur bo'ladi. Muloqotning interaktiv tomoni — birgalikdagi faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining bir-biriga ta’sir o'tkazishidir. Kommunikatsiya orqali kishilar birgalikdagi umumiy faoliyatni tashkil etadilar. Bunda kishilar albatta, bir-birlariga ta ’sir ko'rsatadilar. Shuning uchun o'zaro ta’sir birgalikdagi faoiiyatning tashkil etilishi sifatida tushuniladi. Birgalikdagi faoiiyatning uch xil modeli mavjud:
1. Har bir ishtirokchi boshqalardan mustaqil ravishda o'ziga tegishli qismini bajarishi (masalan, shanbalikdagi ish, uy ishlari).
2. Umumiy vazifaning bosqichma-bosqich har bir ishtirokchi tomonidan bajarilishi (konveyerdagi ish).
3. Har bir ishtirokchi boshqalar bilan birgalikda bir vaqtning o'zida
umumiy faoliyat bilan mashg'ul bo'lishi (futbol jamoasidagi ish).
Muloqot jarayonidagi o'zaro ta’sirning ikki xil turi ajratiladi:
1. Kooperatsiyaga asoslangan o'zaro ta’sir — kommunikativ jarayon ishtirokchilarining umumiy maqsad yo'lida o'z kuchlarini birlashtirishidan iborat. Kooperatsiyaning bir necha turi farqlanadi: avtomatik (instinktid), an’anaviy, spontan (muhabbat, do'stlik kabi munosabatlar asosida), direktiv (majburiy hamkorlik hukm suruvchi joylarda), shartnomaviy (rasmiy kelishuvlar asosida). Kooperatsiya — birgalikdagi faoiiyatning zaruriy elementidir.
2. Raqobatga asoslangan o'zaro ta’sir — kommunikativ jarayon ishtirokchilarining shaxsiy yoki guruhiy maqsadlarga erishish uchun o'zaro kurash sharoitida bir-biriga ta’sir ko'rsatishidan iborat. Bunday o‘zaro ta’sirda tomonlarning shaxsiy faolligi odatda yuqori bo'ladi.
Shunday bo'lsa-da, u kooperatsiya bilan ma’lum darajada bog'liqdir. Chunki raqobat davomida ham muayyan qoidalar o'rnatilishi talab etiladi. Aks holda o'zaro kurash urushga aylanib ketishi mumkin.
Muloqotga kirishuvchilarning o'zaro yaqinligi bilan, bir-birlari bilan muloqotdan qoniqish hosil qilganligining yuksak darajasi, javob tariqasidagi his-tuyg'ular va afzallikning o'zaro taxmin qilinishi bilan belgilanadigan o'zaro munosabatlar va o'zaro birgalikdagi harakatning barqaror individual — tanlash tizimi sifatidagi do'stlik kishilar munosabatining alohida shakli sifatida yuz beradi.
Do'stona muloqot o'rnatish va do'st tutinish muammosi o'spirinlik yoshida, ayniqsa, dolzarb masalaga aylanadi. Pedagoglarning kuzatishlari, o'spirinlarning sir saqlanadigan kundaliklari, ularning «Do'stlik va muhabbat to'g‘risida»gi mavzularda o'tkaziladigan suhbatlarga qiziqishlari ana shundan dalolat beradi. Do'st orttirishga bo'lgan ehtiyoj o'spirinlik yoshi uchun xos xususiyat hisoblanadi.
O'spirin odatda do'stona muloqotning o'lchovi haqida yetarli darajada aniq-ravshan tasawurga ega bo'lmaydi, bu yoshda u ko'proq intiladigan alohida juftlashgan holda do'stlashuvdan ko'ra ko'proq o'z tengdoshlari bilan kengroq ma’nodagi muloqotga kirishishni taqozo etadigan o'rtoqlik ancha keng tarqalgan bo'ladi.
Tadqiqotlardan ma’lum bo'ldiki, o'zaro do'stona yaqinlik belgisiga ko'ra birlashgan ulfatlar, muayyan bir kasb atrofida guruhlarga ajrala boshlaydi. Do'stlik muloqoti o'matgan yoshlarning o'zlari qaysi kasbni egallash niyatida ekanliklarini aniqlagach, bo'lg'usi kasb haqidagi, uning imkoniyatlari va istiqbollari, unga tayyorlanish yo'llari kabilar haqidagi axborot bilan bir-birlarini boyitgan holda olib boradigan yashirin kasb tanlash ishi yuz beradi. О'spirinlarda juftlashgan tarzdagi do'stona muloqot andozasi, garchi doim bo'lmasa ham, ko'pincha jinslar o'rtasida yuz beradigan ishqiy munosabatlarda, ilk yoshlik muhabbatining dastlabki ko'rinishlarida kurtak yozadi.
Tolerantlikda empatiyaning ahamiyati beqiyos va bu fikrni deyarli barcha tadqiqotchilar ma’qullagan. Tolerantlikning emotsional tashkil etuvchisining ahamiyati shundaki, aynan shu o‘lchov kommunikativ jarayonda suhbatdoshlarni o‘zaro umumiylikka erishishlari, uzilgan insoniy aloqalarni tiklashlari imkonini beradi. Bundan tashqari empatiya suhbatdoshlar o‘rtasidagi kognitiv yoki xulq-atvor tekisligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish yoki yumshatish imkonini beradi. To‘liq empatiya bebaho va bu ma’noda
mazmunan tolerantdir. Emotsional komponentning alohida tashkil etuvchisi sifatida emotsional barqarorlikning o'ziga xos ko‘rinishi — ≪affektiv tolerantlikni≫ aytish mumkin. Uning mazmuni emotsional tolerantlikni, og‘riqli hislarni sabr bilan yengish va hokazo. Tolerantlikning ushbu ko‘rinishining boshqa bir aspekti o‘zga kishining turli emotsional ko‘rinishlariga sabrli
munosabatda bo‘lishi bilan bog'liq. Rivojlangan affektiv tolerantlik insonga shaxsiy emotsional jarayonlari bilan bir qatorda boshqa insonlarning his hayajonlarini yaxshiroq anglashga, asabiylashmay va ulardan yomon ma’no izlamay qabul qilishga yordam beradi.
Muloqotga kirishuvchilarning o'zaro yaqinligi bilan, bir-birlari bilan muloqotdan qoniqish hosil qilganligining yuksak darajasi, javob tariqasidagi his-tuyg'ular va afzallikning o'zaro taxmin qilinishi bilan belgilanadigan o'zaro munosabatlar va o'zaro birgalikdagi harakatning barqaror individual — tanlash tizimi sifatidagi do'stlik kishilar munosabatining alohida shakli sifatida yuz beradi.
Do'stona muloqot o'rnatish va do'st tutinish muammosi o'spirinlik yoshida, ayniqsa, dolzarb masalaga aylanadi. Pedagoglarning kuzatishlari, o'spirinlarning sir saqlanadigan kundaliklari, ularning «Do'stlik va muhabbat to'g‘risida»gi mavzularda o'tkaziladigan suhbatlarga qiziqishlari ana shundan dalolat beradi. Do'st orttirishga bo'lgan ehtiyoj o'spirinlik yoshi uchun xos xususiyat hisoblanadi.
O'spirin odatda do'stona muloqotning o'lchovi haqida yetarli darajada aniq-ravshan tasawurga ega bo'lmaydi, bu yoshda u ko'proq intiladigan alohida juftlashgan holda do'stlashuvdan ko'ra ko'proq o'z tengdoshlari bilan kengroq ma’nodagi muloqotga kirishishni taqozo etadigan o'rtoqlik ancha keng tarqalgan bo'ladi.
Tadqiqotlardan ma’lum bo'ldiki, o'zaro do'stona yaqinlik belgisiga ko'ra birlashgan ulfatlar, muayyan bir kasb atrofida guruhlarga ajrala boshlaydi. Do'stlik muloqoti o'matgan yoshlarning o'zlari qaysi kasbni egallash niyatida ekanliklarini aniqlagach, bo'lg'usi kasb haqidagi, uning imkoniyatlari va istiqbollari, unga tayyorlanish yo'llari kabilar haqidagi axborot bilan bir-birlarini boyitgan holda olib boradigan yashirin kasb tanlash ishi yuz beradi. О'spirinlarda juftlashgan tarzdagi do'stona muloqot andozasi, garchi doim bo'lmasa ham, ko'pincha jinslar o'rtasida yuz beradigan ishqiy munosabatlarda, ilk yoshlik muhabbatining dastlabki ko'rinishlarida kurtak yozadi.



Download 102,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish