Sitoplazma membranasi ikki qavat lipoidlardan iborat bo‘lib har qaysi qavat oqsillar molekulasi bilan qoplangan. O‘simlik va hayvon membranasi nima vazifani bajarsa, bakteriyalarni membranasi ham shuni bajaradi. Membrana hujayra quruq og‘irligini 8-15% ni, hujayra lipidlarni 70-90%ni tashqil qiladi.
Sitoplazma - kalloid sistema bo‘lib suv, oqsil, yog‘, uglevod, mineral elementlar va boshqa minerallardan iboratdir. bulardan tashqari genetik apparat, ribosoma, eruvchan RNK, oqsil, fermentlar bo‘ladi. Har bir bakteriya 5000dan 50000 gacha ribosoma saqlaydi. Ribosomalar transport RNK va informatsion RNK qatnashuvida oqsil sintezlaydi.
Sianbakteriyalar sitoplazmasida tilakoidlar bo‘lib ular xlorofil va korotinoidlarni saqlaydi. Shular ishtirokida fotosintez jarayoni o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |