Mavzu: Poykent xarobalari Reja kirish I bob. Poykent(Boykent) shahri


Poykentning arablar tomonidan egallanishi



Download 2,97 Mb.
bet4/8
Sana29.06.2022
Hajmi2,97 Mb.
#717444
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi.Poykent

Poykentning arablar tomonidan egallanishi

Arablar tomonidan Buxoroga yurishlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Xalifa Muoviya tomonidan yuborilgan Ubaydulla ibn Ziyod 674-yil Poykandni qamal qildi va shaharni egalladi. Ubaydulla ibn Ziyod Buxoro va Poykandda qurol-yarog‘, kiyim- kechak, oltin, kumush va juda ko‘p asirlardan iborat katta o‘ljaga ega bo‘ladi. Bu arablar tomonidan hududni egallashga qaratilgan birinchi harbiy harakatlar edi.


Navbatdagi hujum 676-yil Said ibn Usmon tomonidan amalga oshirilib, bunda Said ibn Usmon bilan Xotun o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lib o‘tadi. Sug‘d, Kesh va Nasaf hokimlari qo‘shinlarining Xotunga ko‘makka kelishiga qaramay, jang arablar g‘alabasi bilan yakunlandi. Natijada Xotun katta boj to‘laydi va 70 kishini garovga berib, sulh tuzishga majbur bo‘ladi .Tarixchi Bilozuriyning so‘ziga qaraganda, Buxorodan garovga olib ketilgan kishilar qullarga aylantirilgan va sun’iy sug‘orish ishlarida ishlatilgan1.
Qutayba ibn Muslim Xuroson amiri qilib tayinlangach, Xurosonni o‘ziga bo‘ysundirdi va Toharistonni fath etdi. Qutayba tomonidan Poykentning ishg‘ol qilinishini Narshaxiy shunday tasvirlaydi: “U sakson sakkizinchi yili (12 dekabr 706-30 noyabr 707) Jayhun daryosidan o‘tdi. Baykand aholisi bundan xabardor bo‘lib, Baykandni juda mustahkam hisor bilan o‘radilar. Qadimgi vaqtlarda Baykandni shohriston deganlar va mustahkamligidan, uni «jez shahar», deb ham ataganlar. Qutayba juda qattiq janglar qildi; musulmonlar ellik kungacha (hisorni olish uchun) chora topolmay zahmat chekdilar va (oxiri) hiyla ishlatdilar. Bir guruh (askarlar) devor tagidan minora va hisorning ichkarisi tomon lahm qazib, otxonadan chiqdilar, (so‘ng) devorni kovlab rahna ochdilar; musulmonlar hanuz ham hisorga kela olmayotgan edilar, (endi) rahna orqali ichkari kirdilar”.7
Qutayba 707-yil yana Buxoroga yurish boshlaydi va kadimiy shahar Romtin (Romitan) ni egallaydi. Biroq bu erda yordamga kelgan turkiylarning qattiq qarshiligiga duch kelib, Romitandan nariga o‘ta olmadi. Xalifa al-Xarroj Qutaybaga 708 yil maktub yo‘llab, Buxoroga qaytishni va uni ishg‘ol qilishni amr qiladi. Biroq Qutayba bu ishning uddasidan chiqa olmadi. Uning Tanzor ismli arab bo‘lmagan ayg‘oqchisi bo‘lib, buxoroliklar uni sotib oladi. Tanzor Qutaybadan bu erni tark etib, tashlab ketishini suraydi, ammo u fosh etilib o‘ldiriladi. Narshaxiyning yozishicha, Qutayba Xunbunga qarab jo‘naydi va ko‘p janglar kilib Xunbunni, Tarobni xamda ko‘pgina mayda qishloqlarni oladi va Vardonaga ketadi. U erda Vardonxudot nomli bir podshoh bor edi, u bilan ko‘p urushdi. Buxoro qishloqlaridan Tarob, Xunbun va Romtin oralig‘ida ko‘p lashkar to‘planib Qutaybani o‘rab oladilar. So‘g‘d podshohi Tarxun ko‘p lashkar bilan Xunuk xudot ko‘p askari bilan, Vardonxudot o‘z askari bilan keldilar. Xitoy podshohining jiyani Kurmagonunni ham yollagan edilar, u 40 ming askari bilan yordamga keldi. Kutaybaning ishi og‘irlashdi .Vardonxudot Zarafshon vodiysidagi hukmdorlar ichida eng kuchlisi bo‘lgan. Bir vazir Turkistondan kelgan edi va Vardonxudot nomli bu vazirga butun Vardona erlari tegishli edi, deb yozadi Narshaxiy. Boshka muarrix, ya’ni Tabariyning hikoya qilishicha, 708- 709-yillardagi jangda arab qo‘shinlari Vardonxudotdan engilgach, Qutayba hiyla ishlatib Vardonxudotga yordamga kelgan So‘g‘d hokimi Tarxun bilan sulh tuzib, birlashgan kuchlarni zaif qilib qo‘yish yo‘li bilan g‘alaba qozongan. Narshaxiy buni quyidagicha bayon etgan. Qutaybaning yaqinlaridan biri bo‘lgan Xayyoni Nabotiy Sug‘d hokimi Tarxunning oldiga kelib, havo sovib bormoqda, bizlar issiq vaqtida bu erda bo‘lamiz, sovuq tushishi bilan jo‘nab ketamiz. Turklar esa sening erlaringni biz ketishimiz bilan egallab oladi, sen yaxshisi Qutayba bilan sulh tuzgin. Turklarga esa Xuroson noibi Xajjojdan Kesh va Naxshab yo‘li bilan arablarga ko‘p lashkar yordam kelayapti, deb tushuntirasan deydi. So‘g‘d hokimi Tarxun ham bu gapga ishonib, darhol borib Qutayba bilan sulh tuzib, ikki ming dirham yuborgan.
Ubaydulloh ibn Ziyod va Sa’id ibn Usmon tomonidan Buxoroni egallashga qaratilgan har bir harbiy harakat aholining keskin qarshiligiga uchradi. Poykent aholisining mag‘lub bo‘lishiga Xitoy va boshqa mamlakatlarda savdo qilib yuruvchi mahalliy savdogarlarning shaharda bo‘lmagani va mudofaa kuchlarining ozligi sabab bo‘lgan ekan. Ular qaytib kelishgach, o‘z xotin-qizlarini tovon to‘lash evaziga arablardan qaytarib olishgan. Qutayba ibn Muslim Poykentni egallagandan so‘ng aholi bilan sulh imzolab, shaharni boshqarishni Varqo ibn Nasr Bohiliyga topshiradi.8
Qutayba ibn Muslim Buxoroga to‘rt marotaba qo‘shin tortib kelgan. Shaharni egallagandan so‘ng amalga oshirgan asosiy tadbiri aholi o‘rtasida islom dini tarqatish va islomiy ruknlarga rioya etishni joriy qilish edi. Shunga qaramasdan, aholi islom dinini yuzaki qabul qilgan. Yangi dinini qabul qilgan ba’zi bir ikkilanuvchi odamlar eski ma’budalariga hamon ibodat aylab, yashirin joylarda va erto‘lalarda ularga sajda qilardilar. Shundan so‘ng, Qutayba arablar buxoroliklar bilan birga yashab ularnint xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lib tursalar, ular zaruratdan musulmon bo‘ladilar, degan maqsadda Buxoro aholisiga o‘z uylarining yarmini arablarga berishga undab buyruq chiqargan.
Narshaxiy o‘z kitobida Qutayba ibn Muslim Buxoroni olgach, shahar aholisiga o‘z uylari va erlarining yarmini arablarga berishni buyurganligini qayd etadi. Shuningdek, Buxoroda yashagan kashkashon qavmi xususida quyidagilarni ta’kidlaydi: “Buxoroda bir qavm bor ediki, uni kashkashon der erdilar; ular hurmatli, qadr- qiymatli va e’tiborli odamlar bo‘lib, Buxoro aholisi o‘rtasida zo‘r obro‘ga ega edilar; ular dehqonlardan bo‘lmay, chetdan kelgan kishilar bo‘lib, aslzoda, savdogar va boy odamlar edilar. 9Qutayba uylar va asbob-anjomlarni taqsim qilib berishga qistay bergach, ular o‘z uy-joylari va asbob-anjomlarini butunlay arablarga qoldirib, o‘zlari uchun shahar tashqarisida etti yuzta ko‘shk bino qildilar.
U vaqtlarda shaharning kattaligi (hozirgi) shahristonday kelar edi. (Kashkashonlardan) har biri o‘z ko‘shkining atrofiga xizmatkorlar va o‘ziga qarashli odamlar uchun uylar qurdi va har bir kishi o‘z ko‘shkining oldiga bog‘ va tekis maydon barpo qildi va ular ana shu ko‘shklarga ko‘chib keldilar”.
Herman Vamberi ham arablarning Buxoroda joylashishi hamda mahalliy aholi vakillarining islom dinini qabul qilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Jumladan, “......oxir oqibatda islom mamlakati bo‘lgan Buxoro uchun ham boshqa hududlarda qo‘llanilgan siyosiy tadbirlar kabi og‘ir edi. Lekin islomni tarqatish yo‘lidagi ba’zi bir sirli usullarni mag‘rur buxoroliklar ham chuqur his etdilar. Arablarga ma’lum bo‘lishicha, islom dinini qabul etgan ba’zi bir ikkilanuvchi odamlar eski ma’budalariga hamon ibodat aylab, yashirin joylarda va erto‘lalarda sajda qilardilar.10
Shu sababli har bir buxorolik o‘z hovlisining yarmini arablarga berishi amr qilindi. U arab uy egalariga islom shariatidan ta’lim berdi hamda ularning islom odobiga rioya qilishlarini kuzatib turdi. Agarda isyon etsalar, arab ma’murlariga chaqar edi. Yangi dinga kiruvchilar uchun mukofot qilib pul beriladigan bo‘ldi. Juma kuni Qutayba jome’siga namozga kelgan kishilar ikki dirham mukofot olardilar. Registonda bino qilingan bu masjidda ham qiyom, ruku’, sajdalar arkoni ibodatga, ya’ni imomga suyanib bajarilar edi. Ibodat duolari Qur’on oyatlari arabcha, hatto forscha o‘qilar edi. Eski din tarafdorlari o‘zlariga taklif etilgan dinga bir muncha davr qarshi turdilar. O‘sha zamonga oid qusurli ma’lumotlarga qaraganda, Buxoro musulmonlari o‘n yillar mobaynida masjidga borganlarida yonlarida qurol olib yurishgan. Erli xalqlarga esa, islomni qabul etgan bo‘lsalar-da, qurol taqishga ruxsat berilmagan. Ikki orada tez-tez kelishmovchilik bo‘lib turgan”.



II BOB. Poykent qadimgi manzilgohi - Osiyo Pompeyi




2.1 Arxeologik qazishlar jarayonida poykent yodgorligidan topilgan turli tupilmalar.



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish