Haroratga talabi. Tolali zig‘ir urugiari 2—5 °C da ko‘kara boshlaydi, maysalari 3—5 °C sovuqqa chidaydi. Harorat 18—22 °C dan yuqori bo‘lsa va kun davomida keskin o‘zgarib tursa, tolali zig‘ir yomon o‘sadi. Faol harorat yig‘indisi, o‘suv davrida 1000—1300°C talab qilinadi. 0 ‘suv davri 70-100 kun.
Namlikka talabi. Tolali zig‘ir — namsevar o‘simlik, transpiratsiya koyeffitsiyenti 400—450. Urug‘ g‘unchalash-gullash davrida namga juda talabchan. Bu davrda tuproqdagi namlik ChDNS 70 % atroflda bolishi lozim. Gullash davrida tez-tez yomg‘ir yog‘sa, o‘simlik yotib qolishi hamda zamburug‘ kasalliklari bilan zararlanishi mumkin. Sizot suvlar yaqin joylashgan maydonlarda tolali zigg‘ir yaxshi o‘smaydi. Yetilish davrida quruq, iliq va quyoshli ob-havo qulay.
Do'stlaringiz bilan baham: |