Teatri
12-a.da sodda teatr tomoshalari koʻrsatilgan. 15-a. oxirlarida milliy teatr shakllandi, unga dramaturg , aktyor va kompozitor J. Visente asos soldi. 16-a. oxirida Lissabonda dunyoviy teatrlar paydo boʻldi. 17-a. katolik reaksiya kuchayishi teatrni tanaz-zulga uchratdi. 18-a.da maʼrifatparvarlik gʻoyalari teatrga samarali taʼsir qildi. 19-a. 20—30-y.larida milliy teatr rivojlana boshladi. Lissabonda dramatik sanʼat konservatoriyasi, milliy teatr tashkil topdi (1846). 20-a. boshlarida teatr turli moderni-stik okimlar taʼsirida boʻldi. Lissabonda qirolicha Mariya milliy teatri, Milliy xalq teatri, Badiiy teatr bor. Jahon mum-toz yozuvchilari asarlari va milliy zamonaviy dramaturglar (K. Ferreyra, A. Redol) pyesalari sahnalashtirilgan. Yetakchi aktyorlari: A. Abranshis, L. Simoinsh, S. Dinij, M. Lalandi va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |