Meʼmorligi
P. xududida mil. av. 1-ming yillikning 1yarmidan doirasimon re-jali uylardan iborat istehkomli man-zilgoqlar saqlangan. Rimliklardan Evordagi Diana ibodatxonasi haro-balari (mil. av. 3—2-a.lar), vestgotlardan 3 nefpn bazilika tipidagi muh-tasham qirol saroylari (7-a.), arab madaniyatidan guvalak turar joylar qolgan. 12—14-a.larda koʻpdan-koʻp shahar soborlari va monastir majmualari roman va gotika uslubida (Lissabon, Braga, Vizeu, Evorada) qurilgan. Tugab borayotgan romantizm milliy bezak uslubi — "manuelino" uchun asos boʻldi. Ispanlar hukmronligi davri (1581—1640)da qurilish inqirozga uchradi. 17-a. oxiri — 18-a. da shaharsozlik rivojlandi, meʼmorlikda barokko va rokoko ustun boʻldi (Lissabon yaqinidagi Kelush saroyi, 1747—52, meʼmor M. V. di Oliveyra), 19-a.da klassitsizm rivojlandi. 20-a. meʼmorligida eng yangi qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalanildi. Lissabon va Portu sh.lari rekonstruksiya qilinib, imoratlarda quyoshni toʻsuvchi qurilmalar qoʻllanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |