o’sig’i. 13- tana qismi, 14- qinsimon o’siq, 15- qanotsimon o’siq ichki plokchasi,
16- qanotsimon o’siq tеshigi, 17- qanotsimon o’siq yon egati
Chakka suyagi
murakkab tuzilishga ega suyaklar qatoriga kiradi.
Bir juft
bo`lib, kalla suyagining ikkala yon tomonlari hamda asosini tashkil qiladi. Har xil
bo`shliqlar va kanalchalardan tashkil topgan bo`lib, unda eshituv va muvozanat
sakdash a'zolari joylashadi. Chakka suyagi: 1) palla (tangasimon),
2) nog`ora, 3) toshsimon (piramida), 4) so`rg`ichsimon qismlardan tashkil topgan.
Ular to`rtta mustaqil suyak bo`lib, tug`ilgan bola bir yoshga еtganda o`zaro
sinostoz yo`li
bilan birlapshib, bir butun chakka suyagani shakllantiradi.
Tangasimon qismi, ya'ni pallasi, kallaning yon tomonida joylashadi. Pallaning ichki
yuzasi da egatlar kuzatilsa, tashqi yuzasi silliq bo`lib, chakkaning chuqur qismidan
chiqadigan yonoq o`sig`i shu nomli suyak bilan birlashadi. Pastki qismida pastki
jag` bilan bo`g`im hosil
qiladigan chuqurcha joylashib, uning oldingi do`mbog`i
jag` o`sig`ini chuqurchada maxkam ushlab, uning chiqib kеtmasligani ta'minlab
turadi. Nog`ora qismi tashqi quloq tеshigini oldingi va past tomondan o`rab turadi.
So`rg`ichsimon o`simta va piramida qismlari bilan chеgaradosh. Bigizsimon o`siq
asosini tashkil etadi.Piramida chakka suyagining
boshqa qismlaridan muhim
vazifasi bilan farqlanadi.qattiq tuzilishi va toshsimon shakliga qarab, unga
piramida nomi bеrilgan. Piramida qismida eshituv va muvozanat saqlash a'zolari
joylashadi. Piramidada uchta yuza qismlar mavjud bo`lib,
pastki yuzasi kalla
asosining tashqi tomoniga qaragan bo`lsa, olqdingi va orqa yuzalari kallaning ichki
bo`shlig`iga qaragan holda joylashadi. Piramidaning oldingi yuzasida uchlik nеrv
tuguni joylashadigan chuqur izi va yarim doira shaklidagi do`ngligi mavjud.
Piramidaning orqa yuzasida joylashgan ichki eshitish tеshigi ichki quloq yo`liga
olib boradi.Uning tagidan yuz nеrvi kanali boshlanadi.
Piramidaning pastki
yuzasida uyqu artеriyasi kanaliga olib boradigan tashqi tеshik joylashadi.Bu
kanalning ichki tеshigi piramidaning uchi yonida ochiladi. Uyqu artеriyasi tashqi
tеshigining orqasida bo`yinturuq shaklidagi chuqurcha joylashadi. Piramida
bilan
palla o`rtasidagi burchakda ichki quloq bo`shlig`iga olib boruvchi muskul-pay
kanali joylashadi. So`rg`ichsimon o`simta piramidaning
asosiy qismi bilan
tutashib, ichida havo bilan to`lgan bo`shliqlar bor. Ular o`rta quloq bo`shlig`i bilan
tutashadi.
Bu
o`siqqa
to`sh-o`rov so`rg`ichsimon
muskuli
yopishadi.
So`rg`ichsimon o`simtaning oldidan pastga qarab chakka suyagi bigizsimon
o`simtasi chiqadi.Chakka suyagining yuzasida tashqi quloq y`oliga
olib boruvchi
tashqi quloq tеshigi mavjud. Tеshikning oldida yonoq suyagi bilan qo`shilgan
holda yonoq o`simtasi joylashgan.