Mavzu: Polinukleotidlarning birlamchi tuzilishini aniqlash usullari
DNK tuzilishining o'ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun birinchi marotaba E. Chargaff (1949-y.) tomonidan aniqlangan va keyinchalik «Chargaff qoidalari», deb nomlangan azot asoslari miqdoriy saqlanishi haqidagi qonuniyatlar muhim ahamiyatga egadir.
Turli manba’lardan ajratilib, tozalangan DNK tarkibi tekshirilganda quyidagilar aniqlandi.
1. Purin va pirimidinlar molyar qismi tengdir:
A+G=S+T yoki A+G\S+T=1
2. Adenin va sitozinning miqdori guanin va timinning miqdoriga tengdir:
A+S=G+T yoki A+S\G+T= 1
3. Adenin miqdori timin miqdoriga teng, guanin miqdori esa sitozin miqdoriga teng:
A=T va G=S; A\T=1; G\S=1
4. Bundan tashqari spetsifiklik koeffitsiyenti o‘ziga xos bo‘lib, u G+S\A+T nisbati bilan belgilanadi. Hayvonlar va ko'pchilik o ‘sim liklar uchun koeffitsiyent 1 dan past (0,54-0,94), mikroorganizmlar uchun esa 0,45-2,57 oralig'idadir.
A.N. Belozerskiy va uning o'quvchilari oigan natijalarga asosan tabiatda AT-tur DNK (xordali va umurtqasiz hayvonlarda, yuqori o‘simliklarda, ba’zi bakteriya, zamburug'li organizmlarda) va GS tur DNK (aktinomitsetlar, ba’zi bakteriya va viruslar) mavjudligi ko‘rsatilgan.
Monomer molekulalar nuklein kislotalaming strukturali birligi hisoblanadi va ular mononukleotidlar deb ataladi. Demak, nuklein kislotalar polinukleotidlardir. Mononukleotidlar uchta spetsifik komponentlardan tarkib topgan: azot asosi, uglevod, fosfat kislota, bunda uglevod o‘rta o‘rinni egallaydi. Azot asosini uglevod bilan hosil qilgan birikmasi nukleozid deb ataladi, mononukleotiddan ishqor yoki spetsifik ferment - nukleotidaza ta’sir etishi atijasida gidrolitik yo‘l bilan hosil boiadi Nuklein kislotalar molekulalaridagi mononukleotid murakkab efir
bog‘i bilan birikkandir. Bu bog‘ bir mononukleotidlaming fosfat qoldig'I bilan boshqa mononukleotid pentoza qoldig‘ining 3-gidroksil guruhidan hosil boigan (3’,5’-fosfodiefîr bog‘) ( -rasm).
Shunday qilib, nuklein kislotalar nukleozidmonofosfatlaming chiziqli polimerlari - polinukleotidlardir. Polinukleotidning uchlari tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi: bir uchida erkin 5-fosfat guruhi
(5-uchi) boisa, ikkinchi uchida erkin 3-OH-guruh (3-uchi) boiadi.
Turli nuklein kislotalar m olekulasidagi mononukleotid qoldiqlarining soni, nukleotid tarkibi va nukleotid qoldiqlarining navbatlashib borish tartibi bilan bir-biridan farq qiladi (aslida asoslaming navbatlashib borish tartibi bilan, chunki barcha monomerlaming pentozofosfat qismlari bir xil boiadi). Nuklein kislotalaming birlamchi
strukturasini qisqacha tasvirlash uchun bir harfli nukleozidlar simvollaridan foydalaniladi: A-adenozin, G-guanozin, S-sitidin, Uuridin, T-timidin.
Masalan, RNK ning birlamchi strukturasi mana bunday yozuv tarzida ifodalanishi mumkin:
A - U - A - A - G - U - C - C - C - U – A
DNK strukturasining yozuvi «d» (dezoksi) old qo‘shimchasi bilan belgilanadi:
d ( G - G - S - A - T - A - T - T - G - S - . . . )
A na shunday yozuvda chap tomonda 5-uchi, o‘ng tomonda 3'-uchi boiadi, deb moijallaniladi. Ba’zan polinukleotidlami bunga qaramaqarshi tarzda yozishga to‘g‘ri keladi. Bu holda adashmaslik uchun
qo'shimcha prefïkslar qo‘yiladi: (51 —>31 ) A-U-A-A-G-...- bu o'rinda 5'-uchi chap tomonda; yoki (31—>5‘) G-A-A-U-A...-5- uchi o‘ngda boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |