Mavzu: Polimerlarning mexanik mustahkamligi, sudraluvchanligi va uzoq muddatligi



Download 41,4 Kb.
bet4/7
Sana05.01.2021
Hajmi41,4 Kb.
#54800
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5334534670816118357

2. Poliefirlarning xossalari
Poliefirlar asosan oddiy va murakkab poliefirlarga bo’linadi. Oddiy poliefirlarga polimetilenoksidi va polietilenoksidlarini misol qilib olishimiz mumkin.

Polimetilenoksidi formal’degidni turli usullar bilan polimerlab olinadi. Formal’degid esa, amalda quyidagi usullarda sintez qilinadi:

a) metanga 500 – 6000da NO2 katalizatori ishtirokida kislorod ta’sir ettirib:

CH4 + O2 → CH2O + H2O

b) metil spirtni 500 – 7000da Pt va CuO katalizatorlari ishtirokida oksidlab:

CH3OH + O2 → CH2O + H2O

v) uglerod (II) - oksid bilan vodorodni o’zaro ta’sir ettirib ham olish mumkin:

CO + H2 → CH2O

Formal’degid oddiy sharoitda rangsiz, o’tkir hidli gaz, -1180 da suyuqlanadi, -190 da qaynaydi. U gaz holida tez polimerlanadi. Formal’degid polimerlanish natijasida 2 xil tuzilishli polimer hosil qiladi:

Formal’degid dastlab polimerlanganda qattiq modda– paraformal’degid hosil bo’ladi. Paraformal’degidni polimerlanish darajasi juda kichik. U kristall modda bo’lib, uning formulasini (CH2O)x*H2O ifodalash mumkin. Formulada x = 8 dan 100 gacha, issiqlik ta’siriga beqaror, parchalanadi va gaz holiga o’tadi.

Ikkinchisi polimetilenoksididir: .....- CH2O - CH2O - CH2O - CH2O - ..... U sanoatda va texnikada katta ahamiyatga egadir.

Polietilenoksidi HO-[-CH2-CH2-O-]n-H

Polietilenoksid etilenoksidni polimerlash natijasida hosil bo’ladi. Etilenoksid amalda 2 usulda sintez qilinadi:

a) Etilenxlorgidringa konsentrlangan NaOH ta’sir ettirib:

CH2Cl - CH2OH → CH2-CH2

\ /


O

b) Etilenni oksidlab; buning uchun etilen bilan kislorod aralashmasi 375 – 4000gacha qizdirilgan kumush kukuni orqali o’tkaziladi:

2CH2 = CH2 + O2 → 2 CH2-CH2

\ /


O

Etilenoksid oddiy sharoitda gaz, -112.50 da suyuqlanadi, +10.70 da qaynaydi, zichligi 887 (70 C da) kg/m3. Etilenoksid odatda radikal mexanizm bo’yicha polimerlanmaydi. Shuning uchun polietilenoksid etilenoksidni katalizatorlar ishtirokida polimerlab olinadi. Katalizatorlar sifatida metalorganik birikmalar ishlatiladi. Polimerlashni massada, eritmada, suspenziya va emulsiyalarda olib borish mumkin. Boshqa polimerlar kabi uning ham barcha xossalari molekulyar massaning katta-kichikligiga bog’liq. Polietilenning molekulyar massasi 40000 – 12000000 atrofida bo’ladi. Kristallarining suyuqlanish temperaturasi 60 – 680.

Molekulyar massasi 40000 gacha bo’lganpolietilenoksid suvda eriydi. Shuning uchun polivinil spirt, kraxmal, karboksimetilsellyuloza kabi polimerlar o’rnida ham ishlatiladi. Kimyo sanoatida poliuretanlar olish, medisinada, kosmetikada, to’qimachilik va farmasevtika sanoatlarida oxorlovchilar, antiseptika vositalari, plastifikator va boshqalar olishda ishlatiladi. Polietilenoksid (AQSHda – polioks, Yaponiyada – alkoks nomi bilan) bo’yoq va latekslar tarkibida qurutgich, sopollar ishlab chiqarishda bog’lovchi sifatida, suspenziyalarga cho’ktirgich sifatida, undan temir quvurlardan suyuqlik oqishda ishqalanishni enguychi suvda eruvchan pardalar olishda xom ashyo sifatida ham ishlatiladi.

Murakkab poliefirlar

Polietilentereftalat murakkab poliefirlar sinfiga kiradi. Polietilentereftalat birinchi marta 1941 yilda sintez qilingan. Polietilentereftalatdan asosan tola olinadi. Undan olingan tolalar lavsan, dakron, lanon, diolen, tetrital, svitlen deb yuritiladi.

Poliefir tola o’zining ba’zi xossalari va ko’rinishi jihatdan poliamid tolalarga o’xshaydi. Lekin uning elastiklik moduli juda katta. Shuning uchun bunday toladan to’qilgan kiyim g’ijimlanmaydi.

Poliefir tolalar quyosh nurlari ta’siriga chidamli bo’lib, yuqori temperaturada ham o’zining mexanik xossalarini o’zgartirmaydi. Polietilentereftalatning bu xususiyatidan foydalanib, undan maxsus kiyimlar, baliq ovlanadigan to’r, kord tola, pardalar, elektr tokini yomon o’tkazganligi uchun turli lentalar, kondensatorlar, fotoplyonkalar va boshqa buyumlar tayyorlanadi.

Poligeksametilenadipinamid - geksametilendiamin bilan adipin kislotaning o’zaro polikondensatlanishidan hosil bo’ladi. Uni birinchi marta 1936 yilda Karozers olgan.

Geksametilendiamin oddiy sharoitda och binafsha kristall, 400da suyuqlanadi va 2050da qaynaydi. Adipin kislotasi esa, oddiy sharoitda rangsiz kristall, 1500da suyuqlanadi.

Poligeksametilenadipinamid rangsiz tiniq modda. Organik erituvchilar va ishqor eritmasi ta’siriga chidamli. Ammo kuchli kislotalarda oddiy sharoitda erib , temperatura ortishi bilan gidrolizga uchraydi. Poligeksametilenadipinamiddan olingan tolalari juda pishiq, dielektrik xossaga ega. U oson kristallanishi, issiqga chidamliligi va suyuqlanish temperaturasi yuqoriligi bilan boshqa poliamidlardan ustun. Poligeksametilenadipinamid ishqalanish, chirituvchi bakteriyalar va kuya ta’siriga ham chidamli. Ularning bu xususiyati suv ta’sirida ham yuqolmaydi. Poligeksametilenadipinamiddan asosan tola olinadi. Undan olingan tola turli mamlakatlarda har xil nom bilan yuritiladi. Masalan, naylon – 66, naylon – 10, anid, perlon, igamid – A, arabel’ta, braylon, akilon va hokazo.

Poliamid tolalar sanoatning barcha tarmoqlarida, texnikada va turmushda ko’p ishlatiladi. Undan har xil qalinlikdagi plyonkalar, ul’trabinafsha nurini yaxshi o’tkazganligi uchun parniklarga oyna hamda sun’iy charm, kinolentalar olinadi. Poligeksametilenadipinamiddan olingan lak, elim va plyonka metallarga yaxshi yopishadi, mikroblar ta’siriga chidamli. Shuning uchun ulardan elektr simlari, kabellar, sun’iy teri va quvurlarni chirishdan saqlashda qoplama sifatida foydalaniladi.

Bundan tashqari undan mashinalarning turli detallari, medisina asboblari, samolyot va avtomashinalarning ba’zi qismlari kabi texnikada zarur buyumlar ham ishlab chiqariladi.

Poli–Ɛ-kaprolaktam- H-[NH-(CH2)5-CO]n-OH ni birinchi marta 1889 yilda Gabriel va Meos Ɛ-aminokapron kislotadan sintez qilgan. Kaprolaktam rangsiz qattiq modda, 68.5-690 da suyuqlanadi, 2620 da qaynaydi.

Poli–Ɛ-kaprolaktam ko’pchilik organik moddalarda, ishqor eritmalarida erimaydi. U ham asosan tola sifatida ishlatiladi. Tola – kapron, perlon, naylon-6, kaprolan, amilon, dederon, bodanil nomlari bilan ataladi. Poliamiddan shuningdek plyonka, elim, lak va boshqa narsalar tayyorlashda, mashinasozlikda, samolyotsozlikda, radiotexnikada, medisina va xirurgiyada, kundalik turmushda keng foydalaniladi.

Poliuretanlar birinchi marta 1947 yilda diizosianatlar bilan glikollarni polikondensatlash natijasida sintez qilingan. Diaminlar va glikollarning dixlorkarbonat efirlari bilan o’zaro ta’sirlashuvidan ham poliuretanlar hosil bo’ladi. Odatda geksametilendiamin bilan fosgenning o’zaro ta’sirlashuvidan geksametilendiizosianat olinadi:

O O


| | | |

NH2 -(CH2)6-NH2 + Cl-C-Cl → NH2-(CH2)6-NH –CO-Cl + Cl-C-Cl → Cl-CO-NH-(CH2)6-

-HCl -HCl
- NH - CO-CL + 2KOH → O = C = N - (CH2)6 – N = C = O

-2KCl, -2H2O

1950C

nOCN- (CH2)6-NCO + HO-(CH2)4-OH → HO-[CONH-(CH2)6-NHCOO-(CH2)4-O]n-H


Poliuretanlar kimyoviy tarkibi jihatidan poliamidlarga o’xshaydi. Ular kauchuklar sifatida ham ishlatiladi. Undan tayyorlangan rezina buyumlar ishqalanishga chidamliligi bilan hamma polimerlardan afzal. Poliuretan eritmalaridan olingan lak va elim ham yaxshi xususiyatga ega. Bu elimlar metallarni yog’och, kauchuk, plastmassalarga; kauchuklarni shisha, chinni, paxta tolasiga mahkam yopishtiradi. Bundan tashqari poliuretanlar bulutsimon g’avak polimerlar olishda ham katta ahamiyatga ega. Bunday polimerlar juda engil hamda yuqori temperaturada ham o’z shaklini saqlay oladi. Ular mustahkamligi, tovush va issiqlikni o’tkazmasligi tufayli sanoatning barcha tarmoqlarida (qurilishda, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik va boshqa sohalarda) keng ishlatiladi.


Download 41,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish