Mavzu: Podshipniklarda qanday yuklanishlar bor
Reja:
Kirish
1. Bob- Podshipniklar haqida umumiy ma’lumotlar
1.1 Sirpanish podshipnik (SP) – larni ishlash sharoiti va qo’llaniladigan materiallar, ularda ishqalanish.
1.2 Dumalash podshipniklari (DP) turlari, shartli belgilanishi, DPdagi kuchlar
1.3 Podshipniklarni dinamik yuk ko’taruvchanlik bo’yicha tanlash.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Podshipnik — aylanuvchi val va oʻqlarning tayanchi. Mexanizmning aylanuvchi yoki tebranuvchi kismlari va-ziyatini boshqa qismlarga nisbatan cheklaydi, valdan tushadigan kuchlarni bevosita qabul qilib, valning ravon va oson aylanishiga imkon beradi. Sirpanish va dumalash P.lari bor. Sirpanish P.larining tayanch sir-ti silindr, konus yoki shar shaklida boʻlishi, tayanch sirt bilan val boʻyni quruq (moysiz), yarim quruq yoki suyuq ishqalanib (yaʼni moylanib) ishlashi mumkin. Bunday P.larning ajraladigan va ajralmaydigan xillari boʻladi. Ajraladigan P.da vkladish, ajralmaydiganida vtulka, odatda, korpusdagi teshikka, tayanch sirt bilan val boʻyni orasiga oʻrnatiladi. Bular antifriksion materiallar (babbit, tekstolit, rezina, plastmassa va boshqalar) dan tayyorlanadi. Dumalash P. ichki va tashki halqalar, tebranish jismlari (sharcha, rolik) hamda separatordan iborat. Taʼsir kiladigan kuch yoʻnalishiga qarab, radial, radialtirak P.lar boʻladi.
Tebranish jismlari va halqalarning ish sirtlari shakliga qarab, sharchali, rolikli, sharchali-sferik, silindr, qisqa va uzun rolikli, konus rolikli, sferik-konus rolikli, ignali xillarga; tebranish jismlarining qatorlar soniga qarab, bir, ikki va koʻp qatorli va boshqa xillarga boʻlinadi. Dumalash P. yuqori sifatli poʻlatdan tayyorlanadi. Moylanish usuliga qarab, oʻz-oʻzidan va majburiy moylanadigan P.lar boʻladi. P. mashinasozlik, kemasozlik, samolyotsozlik va boshqa sohalarda ishlatilad
Xulosa
Podshipniklar aylanadigan o’qlar hamda vallarning tsapfalar-iga o’rnatilib
tayanch vazifasini o’taydigan mashinaning asosiy qismlaridan biridir. Mashinaning
ishlash qobiliyati va chidamliligi podshipnik-larning sifatiga ko’p jixatdan bog’liq.
To’g’ri tanlangan, hisoblangan va aniq o’rnatilgan podshipniklar berilgan
yuklanish-larni qabul qilishi va ishqalanishga sarflanadigan quvvatni iloji boricha
kamaytirishi zarur.
Val yoki o’qning tsapfalari aylanib podshipniklarda ishqalanadi va bu
ishqalanishning turiga ko’ra, podshipniklar sirpanish bilan dumalash
podshipniklariga bo’linadi. Umuman podshipniklar yuklanishni qabul qilishiga
ko’ra: radial -radial yuklanishni, tirak -o’q bo’ylab yo’nalgan yuklanishni va
radial-tirak -bir vaqtda radial va o’q bo’ylab yo’nalgan yuklanishni qabul qiladigan
turlariga bo’linadi.
Sirpanish podshipniklarining hozirgi zamon mashinasozligida ishlatilishi
kamaygan, (ular o’rniga qator afzalliklari bo’lgan dumalash podshipniklari
ishlatilmoqda). SHunday bo’lsada, sirpanish podshipniklaridan quyidagi xollarda
foydalaniladi:
Foydalanilgan adabiyotlar:
“Mashina detallarini loyihalash” R.N.Tojiboyev, M.M.Shukurov. Toshkent “Fan” nash. 1997yil.
Курсовой проект «Расчёт одноступенчатого цилиндрического редуктора», Приазовский государственний технический университет, Кафедра ПГТУ и ТМ. г.Мариуполь-2006г
Услубий кўрсатма “Техник механика фанидан курс лойиҳаси учун топшириқлар ва уларни бажариш” ТДТУ Термиз филиали. Термиз-2019
Tojiboyev R.N, Jo’rayev A. Mashina detallari. Toshkent “O’qituvchi”, 1998y.
Suleymanov I.S. Mashina detallari. Toshkent. “O’qituvchi”. 1981yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |