Mavzu: Plauntoifa



Download 1,46 Mb.
bet3/7
Sana10.07.2022
Hajmi1,46 Mb.
#769154
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi namuna umarova

Mavzuning dolzabligi.
Hozirgi vaqtda ularning turlar soni keskin kamayib 1000 ga yaqin turi uchraydi. Shuningdek ular o`simliklar qoplamining hosil qilishdagi ishtiroki kam. Ular faqat doim yashil ko`p yillik o`simliklardir. Daraxtsimonlari bizning davrimizgacha etib kelgan emas.
Plaunlarning tanasi poya, barg va ildizga ajralgan. Poyasi dixotomik ravishda shoxlangan. Barglari mayda bigizsimon bo`lib, poyada ketma-ket ba`zi hollarda qarama-qarshi, xalkasimon bo`lib joylashgan. Bularni hayotiy rivojlanish davrida sporofit nasl, gametofit naslga nisbatan ustunlik qiladi. Sporangiyalari poya uchida hosil bo`lgan barglarning barg qo`ltiqlarida yoki bargning pastki Yuza tomonida hosil bo`ladi. Ularni spora hosil qiluvchi barglar yoki sporofillar deb ataladi. Sporalarini shakli teng yoki har-xil bo`ladi. Gametofitlari 20 mm gacha borib, tuproq Yuzasida, tuproqqa botgan holda ba`zan tuproq ostida soprofit (zamburuglar bilan) hayot kechiradi. Gametofitning to`la rivojlanib, undan embrion hosil bo`lishi uchun 12-15 yil sarflanadi. Gametofitlari bir uyli ayrim jinsli yoki ikki uyli bir jinslidir. Jinsiy a`zolari anteridiy va arxegoniylar hisoblanadi. Anteriyda hosil bo`lgan spermatazoidlar ikki yoki ko`p xivchinli. Uning tuxum xujayra bilan qo`shilishidan yangi individ ya`ni sporofit shakllanadi. Bu bo`lim sporalarini tuzilishiga ko`ra 2-ta ajdodga bo`linadi: 




  1. Plaunsimonlar ajdodi - Lycopodiopsida 

  2. Polushniksimonlar ajdodiIsoetopsida



Plaunsimonlar (Lycopodiophyta) eng qadimgi o‘simliklardan biridir.
Ular paleozoy erasining Silur davridan boshlab, Karbon davrida o‘z rivojlanishining eng yuqori pog‘onasiga yetgan. Karbon davrida plaunsimonlarning baland bo‘yli daraxtsimon shakllari keng tarqalgan. Hozirgi paytda esa faqatgina o‘tsimon turlarigina yetib kelgan. Plaunsimonlar plaunlar (Lycopodineae) va lepidodendronlar (Lepidodendrineae) sinflariga bo‘linadi. Plaunlar sinfi o‘tsimon o‘simliklarning: plaunsimonlar (Lycopodiales) — teng sporalilar va selaginellalar (Selaginellales) — har xil sporalilar qabilalaridan iborat. Lepidodendronlar sinfiga paleozoy erasida yashagan va keyinchalik yo‘qolib ketgan daraxt o‘simliklar kiradi. Bir xil sporali plaunlarga vakil qilib apteka plaunini olamiz. Apteka plauni o‘rmonlarda, qarag‘ayzorlarda uchraydi. O‘rta Osiyoda uchramaydi. Poyasining uzunligi 70 sm ga yetadi. Apteka plauni doim yashil, ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Poyasi dixatomik ravishda o‘sadi. Bargi mayda, bigiz shaklida bo‘ladi. Tik o‘suvchi poyasi qo‘shaloq yoki yakka boshoqchalari bilan tamom bo‘ladi. Boshoqchani sporacha barglaridan tashkil topgan. Sporachi barglarning ichki shakli buyraksimon sporangiyalar taraqqiy etadi ichida sporalar vujudga keladi. Bu sporalar sporangiya xujayralarning reduksion yo‘lida bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Sporalar nixoyatda mayda va yengil, quruq bo‘ladi. Sporalar yetilgandan so‘ng sporangiyalar yoriladi. Natijada sporalar shamol yordamida tarqalib ketadi. Qulay sharoitga tushib qolgan spora una boshlaydi. Sporadan tuganakka o‘xshash o‘simta o‘sib chiqadi. Bu o‘simtada anteridiya va arxegoniya taraqqiy etadi. Anterediya va arxegoniyalarning taraqqiy etishi uchun 10-12 y.vaqt ketadi. Apteka plaunining o‘simtasi 1 uyli 2 jinslidir. Otalanish protsessi bahorda, yog‘ingarchilikda bo‘ladi. Anteriyada ishlab chiqqan spermatazoidlar arxegoniyaning tuxum xujayrasini otalantirgandan so‘ng embrion hosil bo‘ladi. Embriondan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. Bu o‘simlik jinssiz nasl sporofit. Apteka plauni detskaya prisipka sifatida, pillyula tayyorlashda sporadan sepib qo‘yiladi. Ya’ni pillyulalar bir biriga yopishib qolmaydi. Og‘ir sanoatda eritilgan metallarni qoliplashda ishlatiladi. Har xil sporali plaunlarga selaginellani misol qilib olamiz.

Bu o‘simlik ham ko‘p yillik o‘simlik, doim yashil o‘simlik (o‘tli) poyasi dixatomik ravishda shoxlangan. Tik va yotib o‘suvchi poyalari bo‘ladi. Vertikal poyasida boshoqchasi bor. Boshoqchasida 2 xil: katta — makrosporangiylar va kichik mikrosporangiyalar bo‘ladi. Mikrosporangiyalardan mikrospora taraqqiy etadi. Undan otalik o‘sib chiqadi. Makrosporangiyalardan makrospora taraqqiy etadi. Undan onalik o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simtasi demak 2 uyli 1 jinsli. Otalanish yog‘ingarchilikda bo‘ladi. Plaunlarning barcha xarakterli xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan vakili cho‘qmoqli plaun (Licopodium clavatum) hisoblanadi. Cho‘qmoq plauni (Lycopodium clavatum). Plaunsimonlar ajdodining yagona turkumi mavjud bo‘lib, turkumning cho‘qmoqli plaun (Licopodium clavatum) deb yuritiladigan turi butun yer shari bo‘ylab, aksariyat hollarda o‘rmon mintaqasida tarqalgan. Cho‘qmoq plauni doimiy yashil o‘simlik bo‘lib, o‘rmon va tundra zonasida keng tarqalgan. Uning poyasi yer bag‘irlab o‘suvchi, 100-150 sm uzunlikda. Undan yuqoriga balandligi 10-15 sm tik o‘suvchi novda, yer bag‘irlab esa haqiqiy ildizlar o‘sadi. Bu o‘simlik Rossiyada, xususan, uning o‘rmon zonasida keng tarqalgan. Cho‘qmoqli plaun dixatomik shoxlangan, yer bag‘irlab o‘sadigan o‘simlik bo‘lib, ayrim hollarda uning uzunligi 3 m ga yetadi.



Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish