Plastik kartochkalar
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining tobora takomillashib borishi tijorat banklari tomonidan ko'rsatilayotgan bank xizmatlarining turlarini ko'paytirmoqda. Xuddi shunday bank xizmatlaridan biri bu plastik kartochkalar bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar hisoblanadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizdagi barcha tijorat banklarining plastik kartochkalari bolib, ular orqali naqd pullarni bankomatlardan olish va savdo shaxobchalarida foydalanish mumkin. Plastik kartochkalar asosan aholi o'rtasida qo'llanilib, naqd pulga bo'lgan talabni kamaytirish, olib yurishdagi qulayligi, vaqtincha foydalanmasdan turgan mablag'larni daromad keltirish kabi ijobiy jihatlari mavjud.
Plastik kartochka tegishli bankda kartochka egasining hisobvaragl mavjudligini tasdiqlovchi va naqd pulsiz tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotib olish huquqini beruvchi, shaxsi belgilangan, bank tomonidan chiqarilgan to'lov vositasini o'zida ifoda etadi.
Plastik kartochkalar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar, bir tomondan, hamda mahsulotni sotuvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat ko'rsatuvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar (keyingi matnda - savdo yoki xizmat ko'rsatish korxonalari), ikkinchi tomondan, o'rtasidagi bo'ladigan naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek, naqd pul berish 102 punktlari (NPBP) va bankomatlardan naqd pul olishda qo'llaniladi.
Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalar chiqarishi va ular bo'yicha xizmat ko'rsatishi mumkin, bunda ular xalqaro to'lov tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarga va tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq, bajariladigan operatsiya qoidalariga amal qilishlari shart.
Bitta elektron kartochkada bir necha “elektron xamyonlar” jo'rlashgan bolishi mumkin.
Plastik kartochkada, uni shaxs nomiga biriktirishda, quyidagi rekvizitlar yozilgan bolishi shart:
a) identifikatsiya belgilari (kartani raqami, seriyasi va boshqalar);
b) bank - emitent (kartochkalarni chiqaruvchi bank)ning kodi;
d) hisobvaraq raqami va kartochka egasining familiyasi, ismi, otasining ismi (tashkilot nomi);
e) kartochkaning amal qilish muddati;
Plastik kartochkada bir necha xamyonlar mavjud bo'lgan da, identifikatsiya belgilari har bir hamyonni bir xil ma’noli identifikatsiyalashi lozim. Ko'rsatilgan rekvizitlardan tashqari, kartochkaga operatsiyalarni amalga oshirish va ular hisobini yuritish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha belgilar kiritilishi mumkin.
Plastik kartochkalar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar qog'oz ko‘rinishida (slip, elektron terminal kvitansiyasi) yoki elektron shakldagi (elektron terminal jumalidan yoki bankomatdan olingan xujjat) xujjatlarni, shuningdek, hisob-kitoblar qatnashchilari o'rtasida tuzilgan shartnomalarda belgilangan boshqa hujjatlarni (bankomat kvitansiyasi va boshqalar) tuzish lozimligini ko'zda tutadi.
Elektron hujjatlar bank - ekvayer (savdo yoki xizmat ko'rsatish korxonalariga xizmat ko'satuvchi bank)ga, bank - emitentga yoki kliring markaziga, shartnomada kelishilgan davriylikda jo‘natiladi.
Bitta bank bolimlari o'rtasida kartochkalar bo'yicha hisob-kitoblar qilish texnologiyasi, Bosh bank tomonidan, o‘z imkoniyatlari va foydalanadigan kartochkalar turlaridan kelib chiqqan holda, mustaqil belgilanadi.
Kartochkalar bo'icha banklararo hisob-kitoblar texnologiyasi quyidagi variantlarni ko'zda tutadi:
a) hisob-kitoblarni amaldagi elektron to'lovlar tizimi (ETT) orqali yalpi hisob-kitob asosda otkazish;
b) hisob-kitoblarni hisob-kitoblar qatnashchilari tomonidan tashkil etilgan protsessing markazlaridan kun davomida o“tkazilib, yakuniy o'zaro majburiyatlar hisoblangan holda, tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlaridan yakuniy hisob-kitoblar summasini olJcazish.
ETT orqali plastik kartochkalardan foydalangan holda, amalga oshirilgan operatsiyalar bo'richa yalpi hisobkitoblar qilish, quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) bank - emitent tomonidan avtorlashtirilmagan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda:
a) bank - ekvayer xizmat ko'rsatilayotgan savdo yoki xizmat ko'rsatish tashkilotidan olingan, kartochkalardan foydalangan holda, tuzilgan elektron hujjatlarga asosan, mablag'larni uning hisobvarag'iga oUcazadi, bunda elektron to'lovlar tizimi orqali bank - emitentga jo'natiluvchi debetli elektron memorial orderi avtomatik ravishda shakllantiriladi;
b) bank - emitentda olingan debetli elektron memorial orderga asosan mijozning kartochkali hisobvarag'idan dasturiy ravishda mablag'lar hisobdan chiqariladi. Debetli elektron memorial order bosmadan chiqariladi va kunlik hujjatlarga tikiladi.
2) bank - emitent tomonidan oldindan shart bo'lgan tartibda avtorizatsiya qilinadigan hisob-kitoblarda:
a) bank - ekvayerda xizmat ko'rsatilayotgan savdo yoki xizmat ko‘rsatish tashkilotidan olingan, kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlarga asosan, ETT orqali avtorizatsiyalash va o'rkazmani amalga oshirish uchun bank - emitentga jo'natiladigan elektron ma'lum ot, foydalanilayotgan texnologiya qoidalariga muvofiq, avtomatik ravishda shakllantiriladi;
b) bank - emitent, olingan elektron ma'lum otlarga asosan, tranzaksiyalar avtorizatsiyasini o'tkazadi, mijozning kartochka hisobvarag'idan mablag'larni hisobdan chiqarish uchun avtomatik ravishda elektron memorial ordemi shakllantiradi, savdo va xizmat ko'rsatish tashkilotining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'iga mablag'larni o'tkazish uchun elektron to'lovlar tizimi orqali bank - ekvayerga jo'natadi;
d) bank - ekvayerda, bank - emitentdan olingan elektron memorial orderga asosan, mablag'lar savdo yoki xizmat ko‘rsatish tashkilotining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'iga o'tkaziladi. Memorial order bosmadan chiqariladi va bankning kunlik hujjatlariga tikiladi.
Protsessing markazlari orqali hisob-kitoblarni o'tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) kun davomida kartochkalar bo'yicha barcha tranzaksiyalar, hisob-kitoblar uning qatnashchilari tomonidan tasdiqlangan tartibda, protsessing markazi orqali o'tkaziladi va hisob-kitoblarda qatnashuvchi har bir bank uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi;
b) hisob-kitoblar qatnashchilari kelishuviga asosan, hisob-kitoblar bo'yicha yakuniy summalar (majburiyatlar) tijorat banklarining Markaziy bankning Xisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali, shartnomada qayd etilgan davriylikda o'tkaziladi;
d) banklar, protsessing markazidan olingan ma'lum otlarga asosan, kartochkalardan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo'yicha, mablag'larni mijozlarning hisobvaraqlariga kiritadilar yoki chiqaradilar.
Umuman olganda, tijorat banklari o'rtasida amal qilayotgan plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar kelgusida yanada rivojlanadi, bu naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlanishiga va naqd pulli aylanmalar hajmini qisqarishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Bugungi kunda respublikamiz tijorat banklari tomonidan ko'plab bankomatlar o'rnatilib, plastik kartochkalardagi mablag'larni naqd pulga aylantirish muammosi mavjud emas. Shu bilan birga, naqd pullarni bank muassasalarida elektron pullarga aylantirish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |