Mavzu: Piridin qator dori moddalari Reja: Piridin guruh dori moddalar tasnifi. Piridin guruh dori moddalar tahlili



Download 0,52 Mb.
bet6/7
Sana26.06.2023
Hajmi0,52 Mb.
#953336
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Piridin qator dori moddalari

PARMIDIN
Parmidinum
2,6- bis- oksimetpiridinning bis- N1- metilkarboamin efiri

Parmidin hidsiz, biroz taxir mazali, oq kristall kukun bo‘lib, suvda kam eriydi, metanol va xloroformda eriydi, etil spirtida esa qiyin eriydi. U 136—141°S haroratda suyuqlanadi.
Parmidinga sirka angidridi va limon kislota qo‘shib isitilsa, u avval sariq keyin esa qizil rangga bo‘yaladi. Bu preparatning Chinligini aniqlashda undagi piridin halqasiga doir reaksiyadir.
Parmidin Chinligini yana undagi metiluretan qoldig‘i bo‘yicha aniqlanadi. Bunda preparatga natriy gidroksid qo‘shib qaynatilganda metilamin ajralib chiqadi. Uni hididan yoki suv bilan ho‘llangan qizil lakmus qog‘ozini ko‘k rangga bo‘yashi orqali bilinadi.

Parmidinning miqdorini ham barcha uchlamchi azot saqlaydigan geterotsiklik birikmalarga o‘xshash suvsiz muhitda kislota-asos titrlash usuli bo‘yicha aniqlanadi. Bunda preparatning suvsiz sirka angidridi va benzolda eritilgan ma’lum miqdorini kristall binafsha indikatori ishtirokida perxlorat kislotasining 0,1 mol/l atsetat kislotadagi eritmasi bilan suyuqlik yashil havo rangga o‘tguncha titrlanadi.

Preparatni miya kon tomir va yurak aterosklerozlarida 0,25 g dan kuniga 3—4 marta ichiriladi. Uni tabletkalarda 0,25 g dan chiqariladi.
Parmidinni yorug‘lik ta’siridan ehtiyotlagan holda saqlanadi.
Hozirda koronar va periferik tomirlarni kengaytiruvchi modda sifatida piridin hosilalaridan fenigidin preparati keng qo‘llanilmoqda.
FENIGIDIN, KORINFAR
Phenigidinum
2,6-dimetil-4-(2- nitrofenil)-1,4-digidropiridin —3,5-karbon kislota metil zfiri

Fenigidin sariq rangli, kristall kukun bo‘lib, suvda deyarli erimaydi, spirtda qiyin eriydi.
Preparatning Chinligini aniqlashda yupqa qatlamli xromatografiya usulidan foydalaniladi. Bunda erituvchi sifatida tetraxlormetan (7 kism), xloroform (2 kism) va n-propanol (1 kism)dan iborat aralashma, xromatogrammani ochiltiruvchi (yuzaga chiqaruvchi) reaktiv sifatida esa yod va xlorid kislotasining 3 mol/l eritmalari ishlatiladi.
Preparatning Chinligi spektrofotometrik usul bo‘yicha, uning maksimum nur yutish zichligini 330 va 350 nm to‘lqin uzunligida aniqlanadi.
Preparat tarkibidagi nitroguruhni aminoguruhgacha qaytarib, azobo‘yoq hosil qilish reaksiyasi bo‘yicha ham Chinligini aniqlash mumkin.
Fenigidinning miqdori 0,05% li isitilgan etanoldagi eritmasini spektrofotometrik usul bo‘yicha optik zichligini 350 nm to‘lqin uzunligida standart eritma bilan taqqoslab aniqlanadi.
Preparatni antianginal (ko‘krak kafas sohasida) va antigipertenziv modda sifatida 0,0)— 0,02 g dan kuniga 3 mahal ichiriladi.
Uni sariq kobik bilan qoplangan tabletkalarda (drajelarda) 0,01 g dan chiqariladi.
Og‘zi mahkam berkitilgan idishlarda «B» ro‘yxati bo‘yicha yorug‘lik ta’siridan himoyalangan sharoitda saqlanadi.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish