Miqdoriy tahlil:
suvsiz muhitda kislota-asosli titrlash
spektrofotometriya
Dori shakli: in’eksiya uchun eritma.
Antioksidant, angioprotektor, antikoagulyant vosita.
FENIGIDIN, KORINFAR
Phenigidinum
2,6-dimetil-4-(2- nitrofenil)-1,4-digidropiridin
—3,5-karbon
kislota metil efiri
Fenigidin sariq rangli, kristall kukun bo‘lib, suvda deyarli erimaydi, spirtda qiyin eriydi.
|
Chinligi:
YUQX usuli
Spektrofotometrik usul
Azobo‘yoq hosil qilish reaksiyasi
Miqdori: Spektrofotometrik usul Ishlatilishi: Antianginal va antigipertenziv modda sifatida
Dori shakli: Sariq kobik bilan qoplangan
tabletka (drajelarda) 0,01 g
|
PIRIDOKSIN GIDROXLORID
Pyridoxini hydrochloridum
2-Metil-3-oksi-4,5-dioksimetil-piridin gidroxlorid.
Oq mayda kristallik kukun. Suvda oson, spirtda qiyin eriydi.
PIRIDOKSALFOSFAT
Pyridoxalphosphatum
5-(2-Metil-3-oksi-4-formilpiridil)-metilfosfor kislota
Och sariq kristallik kukun. Yorug`likda beqaror. Suvda kam eruvchan; spirtda deyarli erimaydi.
Piridoksin gidroxloridning Chinligini Davlat farmakopeyasida keltirilgan quyidagi usullar yordamida aniqlanadi. Preparat eritmasiga 2,6- dixlorxinonxlorimid, ammiakli bufer eritmasi va butil spirti qo‘shib chayqatilsa, aralashmaning butil spirti qatlamida havo rangli indofenol turidagi modda hosil bo‘ladi.
Bu reaksiya yana bir bor geterotsiklik xalqadagi gidroksil guruhi fenol xarakterda ekanligini tasdiqlaydi. CHunki indofenol xarakterdagi bo‘yoq moddalarni fakat fenol gidroksiliga nisbatan, para holatdagi uglerod atomi o‘rinbosar saqlanmagan fenollargina hosil qiladi.
Indofenol hosil qilish reaksiyasidan piridoksal fosfat Chinligini aniqlashda ham foydalaniladi. Fakat bunda butil spirt qatlami avval yashil rangga bo‘yaladi, so‘ngra esa ko‘ng‘ir rangga o‘tadi.
Piridoksin gidroxlorid molekula tuzilishidagi fenol xossaga ega bo‘lgan gidroksil guruhi hisobiga temir (III) xlorid bilan sulfat kislota ta’sirida o‘chib ketuvchi qizil rangli birikma hosil qiladi.
Davlat farmakopeyasida keltirilgan yuqoridagi reaksiyalardan tashkari, piridoksin chinlignni aniqlashda yana A. Aliev tavsiya qilgan azobo‘yoq hosil qilish reaksiyasidan foydalaniladi. Bunda preparatning suvdagi eritmasiga, tarkibida katalizator sifatida rux xlorid saqlagan norsulfazolni diazoniy tuzining suv-spirtdagi eritmasidan qo‘shilganda qizil binafsha rangli azobo‘yoq shaklida kompleks birikma hosil bo‘ladi.
Piridoksalfosfatning Chinligini spektrofotometrik usul bo‘yicha xam aniqlanadi. Uning 0,003% li eritmasi rN qiymati 7 ga teng bo‘lgan fosfat buferi muhitida 280 nm dan 450 nm to‘lqin uzunlik sohasidagi maksimum nur yutishi 330 va 388 nm to‘lqin uzunligida bo‘ladi.
Piridoksalfosfatni molekula tuzilishidagi aldegid guruhi asosida, uning xlorid kislota muhitida fenilgidrazin gidroxlorid bilan sariq. rangli cho‘kma hosil qilishi bo‘yicha ham Chinligi aniqlanadi.
Piridoksalfosfat tarkibidagi efirsimon birikkan fosfat kislota qoldig‘ini, uni suyultirilgan nitrat kislota bilan qaynatish yordamida gidrolizlab, so‘ngra fosfat ionini odatdagicha ammoniy molibdat eritmasi ta’sirida sarik cho‘kma holida cho‘ktirib aniqlanadi.
Piridoksin gidroxloridning miqdorini aniqlashga, juda ko‘p turli usullar tavsiya qilingan bo‘lib, ulardan farmatsevtika tahlilida suvsiz muhitda kislota-asos titrlash usulida, preparat tarkibidagi vodorod xlorid asosida neytrallash, merkurimetriya hamda rangli reaksiyalar asosida fotokolorimetriya, shuningdek spektrofotometriya usullaridan foydalaniladi.
Davlat farmakopeyasi bo‘yicha piridoksin gidroxloridni suvsiz muhitda kislota-asos titrlash usulida aniqlashda preparatning suvsiz sirka kislotadagi eritmasini simob (II) atsetat va kristallik binafsha indikatori ishtirokida perxlorat kislotasining 0,1 mol/l suvsiz sirka kislotadagi eritmasi bilan suyuqlik yashil rangga o‘tgungacha titrlanadi:
Piridoksalfosfatning miqdorini uning 0,002% li rN kiymati 7 ga teng bo‘lgan fosfat buferidagi eritmasini 388 nm to‘lqin uzunligida optik zichligini spektrofotometrda o‘lchab aniqlanadi.
Piridoksin gidroxloridni homiladorlik toksikozlarida, parkinsonizmning turli hollarida, gepatit, pellagra, radioaktiv nurlar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklarni davolashda kukun, tabletka holida ichiriladi yoki 1—5% li eritmasi in’eksiyada ishlatiladi. Uni kuniga 2—3 marta 0,001—0,002 g va 0,003 g dan ichiriladi. Preparatni kukun va tabletkada 0,002; 0,005 va 0,01 dan va 5% li eritmasi 1 ml dan ampulalarda chiqariladi.
Piridoksalfosfatning ham farmakologik ta’siri piridoksin gidroxloridnikiga o‘xshashdir. Faqat teri kasalliklariga (ekzema, psoriaz va boshqalarda) nisbatan kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Uni 0,02—0,04 g dan kuniga 3—5 marta ichiriladi. Piridoksalfosfatni tabletkalarda 0,01—0,02 g dan sariq qobiq bilan koplangan holda chiqariladi.
Piridoksin gidroxlorid va piridoksalfosfatni og‘zi mahkam yopilgan idishlarda salqin va qorong‘i joylarda saqlanadi.
Hozirgi vaqtda vitamin Vb ning kimyoviy tuzilishi jixatidan unga o‘xshash ko‘p sonli hosilalari olingan bo‘lib, ularning ba’zilari ayni vitaminga nisbatan antagonist ta’sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagi moddalar misol bo‘ladi:
Olimlarning keyingi yillarda piridoksinning turli hosilalarini olish borasida olib borgan samarali izlanishlari natijasida uning yangidan yangi dori hosilalari yaratildi. Ulardan piridoksinning disulfid hosilasi — piriditol tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda keng qo‘llanilmoqda.12
Kupir Chinligi IQ – spektrofotometrik usulda aniqlanadi. Preparatning IK spektri 400-4000 sm-1 maydon oralig‘ida standart namuna spektrlari bilan mos tushishi lozim. Chinligi 1 ml eritmaga 0,5 ml kons. ammiak eritmasi qo‘shiladi, och – ko‘k rangli eritma xosil bo‘ladi. Xlor ioniga xos kumush nitrat eritmasi bilan oq pishloqsimon cho‘kma hosil qilish reaksiyasi bilan aniqlanadi.
Kupirning miqdori rN 4-6,5 (atsetat bufer) da piridin -2-azo-1-2-naftol indikatori ishtirokida 0,05 M tiron B eritmasi bilan eritmaning rangi to‘q binafshadan ko‘k-yashil rangga o‘tguniga qadar titrlash orqali aniqlanadi (kompleksonometrik usul).
Tibbiyotda vitiligo va sil kasalliklarida keng qo‘llaniladi.
Xloropiramina gidroxlorid Chinligini aniqlashda UB spektrofotometrik usul qo‘llaniladi. Bunda UB spektrlar 210 nm va 350 nm oralig‘ida maksimum to‘lqin uzunligi 222±2, 239±2 va 313±2 nm ni tashkil etishi lozim.
Xloropiramina gidroxlorid miqdori spektrofotometriya usulida 2 39 nm to‘lqin uzunligida optik zichligi aniqlanadi.
Tibbiyotda allergiyaga qarshi dori sifatida keng qo‘llaniladi.
Omeprazolning Chinligi va miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulida aniqlanadi.
Tibbiyotda N2-gistamino retseptor antagonisti sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |