Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va erkinlashtirish sharoitida qurilish tashkilotlarida personalni boshqarish korxona faoliyati samaradorligini oshirishning nazariy asoslarini tadqiq etish va tadqiqot ob'ekti hisoblangan Zomin tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta‘mirlash foydalanish 8 korxonasi misolida personalni boshqarishni takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining oldiga qo'yilgan maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalarni hal etish belgilandi: - bozor sharoitida tashkilot va personalni boshqarish mohiyatini tadqiq etish; - qurilish tashkilotlarida personalni boshqarish o'rganish; - Zomin tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta‘mirlash foydalanish korxonasi boshqaruv va xo'jalik yuritish faoliyatini tahlil borasida tegishli takliflar ishlab chiqish; - qurilish tashkilotlarida personalni boshqarish takomillashtirish yo'llarini ko'rsatib berish.