Suv tarkibli shishasimon jinslar asosida sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchi- ko‘pchigan perlit ishlab chiqarishda asosiy xomashyo material bo‘lib perlitlar va qisman gidratlangan obsidianlar xizmat qiladi. Uning tarkibida uchuvchan komponentlar 1,5 dan 10% gacha tashkil etadi
Perlitlar o‘zining genezisi, strukturasi va texnologik xususiyatlari bo‘yicha shartli ikkita sinfga bo‘linadi: A-g‘ovak, vulqon lavasining sovishi va qotishida dastlabki hosil bo‘lgan jins; B-massiv, ikkilamchi shishasimon massaning gidrotatsiya jarayonida tarkibni o‘zgartirishi (asosan past montmorillionitli va kristallangan) natijasida xosil bo‘lgan jins. B sinfga mansub jinslarda uchuvchan komponentlar 2 dan 7% gacha mavjud bo‘lib, beton uchun yaroqli ko‘pchigan perlit g‘ovak to‘ldiruvchisini ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Bu g‘ovak to‘ldiruvchi aylanma, vertikal va qaynovchi qatlam pechlarida xomashyoga termik ishlov berib olinadi
Masalan obsidian perlitli va obsidian jinslarini aylanma pechda kuydirish asosida uyma zichligi 100 dan 400 kg/m3 gacha chaqiq tosh va qum olinadi. Ko‘pchigan perlit chaqiq toshining suv shimuvchanligi 1 soat davomida massa hisobida 80% dan oshmasligi kerak.
Perlit xomashyosida kimyoviy bog‘langan suv termik ishlovdan so‘ng massa bo‘yicha 1-3% ni tashkil etadi. : B sinfdagi perlitlar uchun 300-6000S atrofida bo‘lib, gazlarning pechga xom granulalarni ortish donasidagi harorati 2000S, materialning keyingi isish harorati 15-20 0S/min tashkil etadi.
Perlitga termik ishlov berish ikki kamerali pechda bajariladi, birinchi kamerada dastlabki isitiladi, ikkinchisida esa kuydiriladi. Kuydirish davomiyligini 5-15minutgacha o‘zgartirish mumkin. Ko‘pchigan perlit ishlab chiqarish texnologik liniyalari, mahsuldorligi 25, 50 va 100ming m3/yil da, fraksiyalangan jinslar va gaz ko‘rinishidagi yoqilg‘ini qo‘llash keltirilgan.
Perlit chaqiq toshi va qumining aylanma pechda ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemasi:
Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zRST 30491-97 Organik mineral qorishmalar. 2.O‘z. RST 7473-94. Beton qorishmalari. 3.O‘zRST 8736-93. Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar. 4.O‘zRST 728-96. Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton. 5.O‘zRST 8267-93. Щeben i graviy iz plotnыx gornыx porod dlya stroitelnыx rabota.