Ishning maqsadi: Maktabda jismoniy tarbiya darslaridagi vazifalarni amalga oshirish, ilmiy asosda to‘zilgan va uslubiy jixatdan puxta tayyorlangan dars konspektiga bog`liq.
Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, soglomlashtirish va o‘rgatish vazifalari bir-biriga boglangan xolda xal qilinadi. Shuning uchuno’quvchidarsni oldiga konkret vazifalar quyishni jismoniy tarbiya tizimining umumiy vazifalariga amal qilgan xolda aniqlaydi. Dars vazifalarini, mashgulot utkazish joyini va darsga tegishli asbob-anjomlardan foydalangan holda pedagogik taxlil utkazish uslublarini olib borish.
Ishning vazifalari: Pedagogik taxlil o‘tkazish uslublarini olib borishda oldimizga quyidagi vazifalarni belgilab oldek.
xronometraj olib borish uslubiyati.
pulsometriya o‘tkazish uslubiyati.
dars oldiga qo‘yiladigan vazifalar
dars to‘zilishiga qo‘yiladigan talablar
tashkiliy-uslubiy ko‘rsatmalardan foydalangan holda pedagogik taxlil utkazish uslublarini olib borish.
I BOB PEDAGOGIK TAHLIL O‘TKAZISH USLUBIYATI.
Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tahlil qilishda quyidagi talablarga e’tibor berish kerak.
Jismoniy tarbiya darsini taxlil qilishning namunaviy rejasi
Darsning utilish vaqti ______________
Sinf ______________________________
Darsning turi ______________________
Darsdagi o‘quvchilar soni _____________
Dars utuvchi ________________________
Taxlil olib boruvchi ________________
Dars vazifalari:
____________________________
____________________________
____________________________
Pedagogning darsga tayyorlanishi
Darsga tayyorgarlik deganda, birinchidan, dars konspektini yuqori saviyada ishlab chiqib, oqqa kuchirish va darsning muvaffaqiyatli utishi uchun bevosita tayyorgarlik kurish (darsni moddiy-texnika tomonidan ta’minlanishi va o‘quvchilar,o’quvchiyordamchilari, navbatchilar, gurux boshliqlarini tayyorlash) nazarda tutiladi.
Shuning uchun taxlil qilayotganda quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi.
1. Dars konspektining muxayyoligi, uning xar dars ish rejasiga muvofiqligi, aniq ishlab chiqilganligi va tashqi kurinishi:
A) dars vazifalarining dastur talablariga muvofiqligi, aniqligi, tugri ifodalanganligi, xartomonlamaligi (shugullanuvchilarning xar tomonlama va garmonik rivojlanishini ta’minlashi);
B) konspekt mazmunida kerakli vositalarning tugri tanlanishi (darsning tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlarida vositalarning, shugullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga, tanlangan vositalarning dars vazifalariga muvofiqligi dars qismlarida vositalarning o`zaro va mashgulot utkaziladigan sharoitga muvofiqligi);
V) mashqlarni miqdorlash va ularning ketma-ketligi;
G) konspektning tashkiliy-metodik ko‘rsatmalari bulimida: darsni tashkil etish, utkazish metodikasi, sharoitlari buyicha qanday ko‘rsatmalar berilgan, ularning tug’riligi, maqsadga muvofiqligi, ifodalanishi va xokazo misollar Bilan tasdiqlanadi.
2. Dars utkazish joyi, o‘quv qurollari va anjomlarining tayyorligi va ularning sanitariya-gigiena xolati.
3.o’quvchiva o‘quvchilarning tashqi kurinishi.
4. Navbatchi va gurux boshliqlarining oldindan tayyorgarliklari.
5. Darslardan ozod qilingan yoki yuklama (kasalligi buyicha) miqdorlab beriladigan o‘quvchilarga darsdan oldin beriladigan ko‘rsatmalar.
Darsni tashkiletish.
Ko`zatuvchi bu bulimda quyidagilarga e’tibor berishi kerak:
1. Darsning o`z vaqtida boshlanishi va tugallanishi; dars qismlari ayrim asboblarda ish bajarish va mashq turlari uchun taqsimlangan vaqtning maqsadga muvofiqligi;
2. Mashgulot joyi, bor asbob-anjomlardan foydalanish, o‘quvchilarni joylashtirish, saflantirish va qayta saflanishlarning maqsadga muvofiqligi, ularning tarbiyaviy qiymati.
3. Dars qismlarida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishning usullarini qo‘llanishi, maqsadga muvofiqligi, ularning dars mazmuniga va vazifalariga, o‘quvchilarning yoshlariga mosligi, darsning yuklamasi va zichligiga ta’siri misollar bilan tasdiqlanadi.
4. Darsning qismlarida o‘quvchilarning xarakat faolliklarini oshirish uchun qanday metodik usullardan foydalanildi, ularning dars vazifalarini xal etishdagi samaradorligi misollar bilan tasdiqlanadi.
5. Darsda o‘quvchilardan yordamchilar sifatida foydalanishning effektivligi, ularning o`z vazifalarini bajarishga tayyorgarliklari, jismoniy tarbiya jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari. Pedagogning o`z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi va baxolashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |