Pedagogik fanlarni o`qitish jarayonida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis etish
Reja:
1. O`quv jarayonida nazoratning o`rni, roli va nazorat shakllari.
2. Bilim, ko`nikma va malakalarni baholash mezonlari.
3. Ta`lim jarayonida bilim va malakalarni hisobga olishning ahamiyati.
Zamonaviy, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlashda o`quvchi-talabalar bilmini nazorat qilish, sinash va baholashning ahamiyati katta. Agar uni yaxshi yo`lga qo`ymasa, turli-tuman metodlarni qo`llashimiz, qiziqarli dars o`tish uchun turli topshiriqlar tayyorlashimizdan qat`i nazar, kutilgan natijaga erishib bo`lmaydi. Chunki inson ongida har doim o`z mehnat faoliyatini baholovchi psixologik jarayon ro`y berib turadi. O`z ishining natijasini baholamasa yoki baholanishidan, taqdirlanishidan ko`ngli to`lmasa faolligi susayishi mumkin.
Qo`yilgan ta`lim maqsadidan kelib chiqib erishilgan natijani nazorat qilish alohida muhim ahamiyatga ega va u pedagogik texnologiyaning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. O`quvchi, talabalarning bilimi va ko`nikmalarini tekshirish, sinash va baholash nazorat deb ataladi.
Nazoratning asosiy didaktik funktsiyasi o`qituvchi va o`quvchi, talaba o`rtasida qaytuvchan aloqani o`rnatish, o`quvchi, talabalar tomonidan o`quv materialini o`zlashtirish darajasi to`g`risida xolisona axborotga ega bo`lish va ular bilimi, ko`nikmalaridagi kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar ko`rishdir.
O`quvchi, talabalarning bilimini, muntazam tekshirish va baholash ularni predmetni chuqur o`rganishga undaydi. Baho pedagog uchun o`qishni rag`batlantirish, ijobiy o`quv natijalarini shakllantirish, shaxsga ta`sir etishning asosiy vositasi bo`lib hisoblanadi.
Baholashning adolatli bo`lishi va bilimiga ko`ra tabaqalanishi, predmetni puxta o`zlashtirish uchun intilishga olib keladi.
Baholash faqatgina o`zlashtirish darajasini aniqlash emas, balki pedagog uchun o`qishni rag`batlantirish, ijobiy o`quv motivini shakllantirish, shaxsga ta`sir etishning yagona vositasi bo`lib hisoblanadi.
O`qituvchi o`quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash orqali:
ularning fan bo`yicha nimalarni bilishi, qanday savollarni chuqurroq o`rganishi zarurligi, zaif jihatlari aniqlanadi;
nimalarni, qanday savol, masalalarni o`zlashtirgani haqida axborotga ega bo`ladi;
ota-onalar farzandlarining muvaffaqiyatlari haqida axborot olishadi;
o`qituvchi va o`quv yurti ma`muriyati tomonidan o`quvchi-talabalar bilimini baholash orqali ularni kursdan kursga ko`chirish haqida qaror qabul qilinadi.
Nazorat ta`lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismi bo`lib, qator funktsiyalarni bajaradi:
1. Tashhislovich funktsiyasi. O`quvchi-talabalarning xislat, fazilatlari, o`quv va ijtimoiy faoliyatining turli jihatlari aniqlanadi. Ilmiy asoslangan axborot olinadi. Tashhislashdan maqsad kadrlar tayyorlash sifatini boshqarishdir.
2. O`qituvchi-o`rgatuvchi funktsiyasi. Talabalarning o`zlashtirishiga ta`sir ko`rsatadi, ularning faolligini oshiradi. O`quv faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil qilish, o`qishga ijodiy munosabatda bo`lish, ijobiy fazilatlarini namoyon qilish va uni rivojlantirishga undaydi.
3. Tarbiyalovchi funktsiyasi. O`quvchi, talabalarning salbiy tomonlarini minimallashtirish uchun muhit yaratadi.
4. Rivojlantiruvchi funktsiya. O`quvchi, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ko`nikma, malakalarini tashhislash orqali o`zgartirishlar kiritish, dunyoqarashining kengayishi, ijtimoiy tajribasini orttirishda o`z aksini topadi.
O`quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash nihoyatda katta ahamiyatga ega bo`lib, uni amalga oshirishning qator tamoyillari mavjud. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillari:
- barcha talabalarni jalb etish;
- dastur materialini to`la qamrab olish;
- talabalarga oshkora yondashish;
- talabalar bilimini adolatli baholash;
- muntazam tarzda nazorat va baholashni amalga oshirishga rioya qilish, ularni o`z ustida tinimsiz ishlash, o`qish, o`rganishga undaydi.
O`quvchi – talabalar bilimini nazorat qilish va baholashga zamon talabidan kelib chiqqan holda yondashish talab etiladi.
Ta`lim mazmuni ta`lim jarayonida o’zgacha jarayon elementlari bilan bilvosita bog’liq bo’lib o’quv-dasturiy hujjatlar: o’quv rejasi, o’quv dasturi, darslik, o’quv qo’llanmalari shaklida mavjud bo’ladi. O’quv-dasturiy hujjatlarni tuzish, belgilash o’quv-tarbiya jarayonining pedagogik va uslubiy nazariya bilan bog’laydigan elementi hisoblanadi. Ta`lim mazmunini tanlash hozirgi bosqichma-bosqich o’qishni tashkil qilish sharoitida alohida ahamiyatga ega, chunki bu erda o’quv dasturiy hujjatlar har qaysi alohida olingan yo’nalishga (bakalavr, magistr, litsey, gimnaziya, kollej) alohida-alohida tuziladi.
Ta`lim mazmunining tuzilishi mezonlari
Do'stlaringiz bilan baham: |