Metodika tushunchasi
Metodika - ta'lim tizimida quyidagi predmetning ahamiyati va o`rni, uning vazifalari va ta'lim mazmunini aniqlab beradi. Shu predmet yuzasidan ta'lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshqarilishiga izoh keltiradi
Quyidagi o`quv predmetning ahamiyati va uning ta'lim tizimidagi o`rnini belgilash uyidagi o`quv predmetni o`qitish vazifalarini aniqlash.quyidagi o`quv predmetni o`qitish mazmunini aniqlash
Qo`llash bo`yicha bayon qilish va boshqarish
Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari.
Fanning predmeti. Yosh davrlari psixologiyasining predmeti insonning ontogenezida psixik rivojlanish jarayonini shakllanishi hamda o`zaro munosabatlari qonuniyatlarini o`rganishdir.
Pedagogik psixologiyaning predmeti esa ta’lim va tarbiya jarayonining psixologik mexanizmlari va qonuniyatlarini o`rganishdir.
Keyingi yillarda o’qituvchilarni psixologik bilimlar bilan qurollantirish masalasiga aloxida e'tibor berilmoqda. Hozirgi sharoitda kelajak avlodning yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalashda o’qituvchilarning urni benihoyat oshgan. Shuning uchun bo’lajak o’qituvchidan oliy o’quv yurtida o’z mutaxassisliklarini chuqur egallashdan tashqari O’quvchilar psixikasidagi yosh va individual xususiyatlarni farklay olishga, bola taraqqiyoti jarayonini kuzatishdan to’g’ri psixologik-pedagogik xulosalar chiqara bilishga o’rganish talab etilmoqda. Chunki bu – ta'lim va tarbiya sirlarini mukammal egallaydigan o’qituvchilar tayyorlashning muxim sharti xisoblanadi.
Agar pedagog insonni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalamoqchi bo’lsa, ya'ni komil insonni voyaga yetkazish uchun uni, har tomonlama o’rganishi kerak. Psixologiyaning nazariy muammolarini chuqur o’rganmay turib, mazkur fandan hech bo’lmaganda sodda va bajarilishi oson bo’lgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish ko’nikma va malakalarini egallamay turib, O’quvchilarning psixik xususiyatlarini bilishga erishib bo’lmaydi, albatta.
Ko`hna va hamisha navqiron mamlakatimiz uchun ijtimoiy taraqqiyot psixologik nuqtai nazardan idrok qilinsa, mantiqiy taxlil etilsa, xalqimizning etnopsixologik bilimlardan ta'lim va tarbiya jarayonida foydalanganligi, harbiy yurishlarda jangchilarga psixologik ta'sir o’tkazganligi, ularda ishonch va e'tiqod hissi uyg’otganligi, muomalaning verbal va noverbal ko’rinishlarini amaliyotda qo’llanganligi, o’rta asrlarning Forobiy, Beruniy, Xorazmiy singari zabardast olimlarining ijodiy maxsullaridan tortib to XX asrning 30-yillari oralig’ida ilmiy tadqiqotlar qilinganligi bunga isbot talab qilinmaydigan haqiqatdir.
O’zbekistonda oliy maktablarda psixologiya o’quv fani sifatida 1928 yildan o’qitib kelinmoqda. (Xuddi shu davrda L.S.Vigotskiy Urta Osiyoda, O’zbekistonda ommaviy ma'ruzalar o’qiganligi mazkur jaayonni tezlashtirgan asosiy omil bo’lganligiga hech shak-shubxa yo’q»).
Psixologiya fanining ijtimoiy hayotda nufuzi har soniya sayin ortib bormoqda. Shu tufayli pedagogika institutlari va bilim yurtlarida uni o’qitish yo’lga qo’yila boshlandi. Mazkur soha bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida O’rta Osiyo Davlat Universitetida 1938 yilda (Hozir Milliy Universitet) logika va psixologiya bulimi ochildi. 50-yillarning 2-yarmidan boshlab pedagogika institutlarida va bilim yurtlarida psixologiya bo’limlari ochildi. Ayniqsa qisqa muddatli 15 va 9 oylik ommaviy psixologlar tayyorlash kurslarining ommaviylashuvi psixolog-mutaxassislarga extiyojning kuchayganligini bildiradi.
Hozirgi davrda respublikamizning barcha oliy maktablari va o’quv yurtlarida, hattoki maktablarida psixologik bilimlar aloxida e'tibor bilan o’qitilmoqda. (shaxrimizning 23-maktabidagi bank sinfida xam psixologiya fani o`qitiladi).
Mamlakatimizda oliy ta'lim ko`p boshqichli tizimga (bakalavriat, magistratura, aspirantura, doktorantura) o’tish munosabati bilan psixologiya fanini o’qitishning o’ziga xos tashkil etishni takozo etmoqda, demak, talabalarga bu soxa bo`yicha bilim berish ularda kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishni takomillashtirish uchun kuyidagi yirik yunalishlarda ijodiy psixologik-pedagogik izlanishlarni amalga oshirish lozim.
1. Psixologiya fanining metodologik muammolari va ularning talqini.
2. Psixologiyaning nazariy materiallari va ularning taxlili.
3. Psixologiya o’qitishda etnopsixologik mexanizmlardan foydalanish.
4. Uning ommaviy talqini, tadbikiy jabxalarini mukammallashtirish:
a) amaliyot, praktikum, laboratoriya mashgulotlari sifat darajasini kutarish.
b) diagnostik, prognostik metodikalar xamda testlardan foydalanish.
v) individual va ijtimoiy treninglarni ommaviylashtirish.
5. o`qitishning maxsuldor, faol va innovatsion metodlarini ta'lim tizimiga yoyish.
6. Psixologiya o’qitishda gumanizatsiya – assotsianizm, psixoanaliz, kognitivizm, geshtaltpsixologiya, empirizm, gumanistik psixologiya va boshqa yo’nalishlarni ilmiy metodologik, ilmiy nazariy va amaliy jixatlardan nuqson qidirmasdan, balki ularning eng oqilona, taraqqiyparvar tomonlarini amaliyotga tadbiq etish tavsiyanomasini ishlab chiqish zarur.
Jahon psixologiyasida yaratilgan metodlar, metodikalar, testlar, anketalar, zamonaviy apparatlar, laboraoriya mashgulotlari o’tkazish instruktsiyasi, trening, kompyuter dasturlari, praktikum, psixologik kabinetlardan foydalanish uslubi va qo’llanmalarni maxalliy sharoitga moslashtirish va uni sinab ko’rishni keng yo’lga qo’yish orqali.
Insonning muayyan xususiyatlarini to’la ochish imkoniyatiga erishish. Psixologiyaning predmeti va ob'ekti mavxum shaxs, xodisa, xulk-atvor, faoliyat va muammoga qaratilmasligi balki real inson, ma'lum yosh, anik jins xususiyatlari yo’zasidan ma'lumot berishga yunaltirilganligi ayni muddaodir. Ana shu jarayondagina tabiatga va jamiyatga munosabat shaxs bilan favkulotdagi vaziyat bilan o’zviy boglab urganish imkoniyatini yaratadi. Nazariy muammoni amaliy turmush bilan alokasini okilona tushuntirish va yaqqol namuna keltirish orkali ularga sharx berish talqinini jonlantiradi, talabani insoniy fazilat sifat va xislatlardan andoza olishga etaklaydi.
Psixologiya printsiplari mavzuni o`qitishda va uning determinatorlari ong va faoliyat birligida uzviylik, uyg`unlashuv o’zaro aloqa etuvchanlik xususiyatlari to`g`risida taraqqiyotning psixologik tabiati, unda ob'ektiv va sub'ektiv shart-sharoitlar xamda omillar ularning boshqichlari usishi (biologik) rivojlanish (psixik), kamolot, tarqqiyot yo’zasidan dolzarb yaqqol muammolar moxiyati bilan boglab axborot berish fanning tadbikiyligini kuchaytirishga xizmat kiladi. Ong va uning psixologik tavsifi tugrisida ma'lumot berilayotganda inson ongi mavjudot deyish bilan cheklanmasdan, balki u ongsizlik ongostlilik va onglilik xolatlarini munosabatlari, funktsiyalari o’zgarishi ularning o’zaro o’zluksiz ravishda o`rin almashtirib turishini ta'minlashni ta'kidlab o`tish muammolaridan ayrim chigalliklarga yordam beradi.
Zamonaviy kadrlar oldiga quyiladigan eng muhim vazifalardan biri – malakali mutaxassislar sifatida o’zligini o’z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan tarzda atrofdagilar mexnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning boshka soxalarida iqtidorli kasb soxibi sifatida faoliya ko’rsatishdir. Bu o`rinda inson ruhiyati qonuniyatlarini o`rganuvchi psixologiya fanining o`rni va roli benihoya kattadir.
XXI asrda juda ko`plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib o`rin olgan mustaqil O’zbekistonda xam barcha soxalarda tub isloxotlar boshlandi. Bu isloxotlarning barchasi inson omilini har kachongidan ham yuqori saviyaga kutarib, uning kuchi, idroki saloxiyati, ruxiy xamda ma'naviy barkamolligini bevosita tarqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bogladi. Bunda inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida kaygurishi muammosi xar kachongidan xam dolzarb masalaga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |