bilan elektr yoy yordamida dastaki payvandlashning yuqori unumli usullarining ba’zilari haqida ma’lumot
Metall buyumlarni chuqurroq eritib payvandlash. Bu usulda elektrod qoplamasi odatdagidan qalinrog’i olinib payvandlash toki esa odatdagidan kattaroq (I=(60–70)D) olinadi. Payvandlashda eriyotgan elektrod uchida konussimon qalpoqcha hosil bo’lib, u tokni qisqa tutashuvidan saqlab, kichik uchastkada issiqlik konsentratsiyasini oshirib metallni chflqurroq eritadi. Natijada ish unumi odatdagi dastaki payvandlashga qaraganda 1,2–2 marta ortadi (6.10–rasm, a).
Metall buyumlarni tutam qoplamali elektrodlar bilan payvandlash. Bu usulda bir necha elektrodlarni elektrod tutqichga birini ikkinchisidan 30–40 mm uzunlikda o’rnatib, avvaliga uzuni bilan payvandlanuvchi metallar aro yoy oldirib payvandlash boshlanadi. Payvandlash vaqtida elektrod ma’lum miqdorda sarflangach, ikkinchisi, keyin uchinchisi ishga tushadi va shu tartibda payvandlash olib boriladi. Bunda yoy issiqligidan to’laroq foydalaniladi, yoyni qayta-qayta oldirishga va elektrodni almashtirishga hojat qolmasligi natijasida ish unumi oddiy dastaki usulda payvandlashga qaraganda 1,5–2 marta ortadi (6.10–rasm, b).
1. Metall buyumlarni qoplamali metall elektrodlar bilan uch fazali tokli yoy yordamida payvandlash. Bu usulda payvandlashda o’zgaruvchan tok manbaining ikki fazasi qoplamali metall elektrodlar tutqichiga uchinchi fazasi payvandlovchi metallga ulanadi. Payvandlashda har ikkala elektrod va elektrodlar bilan payvandlanuvchi metall orasida yoy yonadi. Payvandlashda ajralayotgan issiqlikning ortishi natijasida ish unumini odatdagi dastaki payvandlashga qaraganda 2–3 marta ortishi bilan elektr energiyasi 25% gacha tejaladi (6.10–rasm, v).
Dastaki payvandlashda ish unumini oshiruvchi usullar sxemasi: a − metallni chuqurroq suyuqlantirib chok hosil qilish; b − elektrodlar tutarai bilan payvandlash; v − uch fazali tokda payvandlash
Foydalanilgan adabiyotlar:
Txorjyevskiy D.A. Mehnat ta’limi metodikasi. -Toshkyent «O’qituvchi», 1990.
Vorobyev A.I. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo’llash myetodikasi. –T.: «O’qituvchi», 1980.
Avazboyeva O.I., Isyanov R.G., Odilboyev X. Mehnat ta’limi uslubiyotidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari. Toshkent, TDPU. 1995.
Davlatov K. Mehnat va kasb ta’limi tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi va metodikasi. – T.: «O’qituvchi», 1992.
Davlatov K. Mehnat va kasb ta’limi, tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi va metodikasidan amaliy mashg’ulotlar: Pedagogika instituti o’quvchilari uchun qo’llanma. – T.: «O’qituvchi», 1995.
Boltaboyev S.A., Magdiyev O.Sh. Mehnat va kasb ta’limi metodikasidan amaliy mashg’ulotlar (Metodik qo’llanma). T.: TDPU, 2002.
Sharipov Sh.S. va b. Pedagogik amaliyot (metodik qo’llanma). T.: TDPU, 2006.
Sharipov Sh.S., Jalilov T. Xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari. Metodik yo’riqnoma. Toshkent-2002.
Boltaboyev S.A., Magdiyev O.Sh., Sattorov V.N., Avazboyev O.I. Mehnat va kasb ta’limi metodikasidan o’quv mashg’ulotlari. Uslubiy qo’llanma. 2002.
Iskandarov A.S. Materiallarni kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2004.
Referat.uz
Ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |