Mavzu: Patologik materialni tekshirishga tayyorlash, virus saqlovchi materialni ajratib olish.
Olingan patmaterial laboratoriyada konservantlardan ozod qilinadi, eritiladi, glitserindan yuvib tozalanadi tarozida tortib ko‘riladi yoki o‘lchanadi. Materialning bir qismi virusologik tekshirish uchun,qolgan qismini esa qo‘shimcha tekshirish uchun zarur bo‘lib qolishi mumkin bo‘lganligi sababli sovutgichga qo‘yib saqlanadi. So‘ngra yuborilgan materialni tekshirish rejasi tuziladi.
Organ va to‘qimani tayyorlash
Virusni organ hujayralaridan va to‘qimalaridan ajratib olgach fosfat buferli eritmaga yoki Xenks eritmasiga solinadi. Buning uchun material hujayralardan qaychi bilan qirqib olib maydalangach, steril kvars qumi solingan havochada eziladi. Maydalangan shisha solish mumkin emas,chunki u ishqoriy hususiyatga ega bo‘lib virus bo‘lakchalarini aktivligini yo‘qotishi mumkin.
Maydalangan qum yoki shisha bo‘lakchalarida katta yuza mavjud bo‘lib ushbu adsorbsiyalanish natijasida virus to‘kib tashlanadigan cho‘kma tarkibiga o‘tib ketadi.
Fosfat bufer yoki Xenks eritmasida ezib tayyorlangan materialdan suspenziya tayyorlanadi. Olingan suspenziyani 1500-3000 aylG‘daqiqada 15-daqiqa sentrifugalanadi, cho‘kma yuzasidagi suyuqlik so‘rib olinib steril flakonchalarga quyilgach, bakterial filtrdan yoki keng spektrda ta'sir qiluvchi antibiotiklardan penitsillin, streptomitsin, nistatin, tetratsiklin, kristallomitsin, qo‘shib mikrofloradan ozod qilinadi.
Ushbu maqsadda foydalanilayotgan antibiotiklarning miqdori 1 ml tekshirilayotgan materialning xususiyatiga binoan 100 dan to 1-2 ming birlikkacha yoki undan ham yuqori bo‘ishi mumkin.
Antibiotiklarni yuqori miqdorda ishlatishdan saqlanish kerak, chunki o‘stirilgan hujayralarda yuqori miqdordagi antibiotiklarning to‘planishi hujayrada spetsifik bo‘lmagan degeneratsiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
Qaysi antibiotiklardan qanday miqdorda ishlatish kerakligi, optimal sentrifugalash rejimi ma'lum bir virus kasalligiga diagnos qo‘yish uchun chiqarilgan qo‘llanmada ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Suspenziyani antibiotiklar bilan 30-60 daqiqa hona haroratidagi ekspozitsiyasidan so‘ng materialni bakteryalar, zambrug‘lar, borligiga bakteriologik nazorat qilish uchun GPA, GPSH, GPJB va Saburo muhitiga ekib ko‘riladi, Bakteriologik nazorat natijalariga qarab, manfiy javob olgach virus saqlovchi materialni laboratoriya hayvonlariga, tovuq homilalariga yoki o‘stirilgan hujayralarga yuqtirib ko‘riladi.
Suspenziya bakteriologik nazorat qilishda musbat natija ko‘rsatsa u holda antibiotiklar bilan qo‘shimcha ishlov berilib, qaytadan nazorat qilinadi. Suspenziya minus 20-70oC saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |