Mavzu: Parrandachilikda naslchilik ishlarini bajarish uslubi. Darsning maqsadi



Download 228,8 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.04.2020
Hajmi228,8 Kb.
#43122
Bog'liq
3 k amaliy Parrandachilikda naslchilik ishlarini bajarish uslubi


Mavzu: Parrandachilikda naslchilik ishlarini bajarish uslubi. 

Darsning maqsadi: Naslchilik ishlarini amalga oshirishda zarur yozuvlar va 

parrandachilikda halqalash ishlarini hisobga olib borishni o’rganish 



Darsning  mazmuni:  Naslchilik  ishlari  parrandalarning  mahsuldorlik  va 

nasllik  sifatlarini  aniq  hisobga    olib  boorish  asosida  amalga  oshiriladi.  Seleksiya  

usullarini  qo’llashga  bog’liq  holda  parrandalar  mahsuldorligi  guruhlar  bo’yicha 

yoki alohida hisobga olib boriladi. 

Tuxumdorlik  va  bosh  soni  har  kuni  hisobga  olib  boriladi.  Ma’lumotlar 

tovuqxonalarda  osib  qo’yiladigan  maxsus  varaqlarga  yozib  qo’yiladi.  Ularda 

oyning boshida mavjud bo’lgan parrandaning miqdori ko’rsatilgan bo’ladi. Varaqa 

31  kunga  mo’ljallangan.  Parranda  chiqimi  to’g’risidagi  ma’lumotlar  varaqaning 

podadan  chiqariladi  va  nobud  bo;ldi  degan  xonasiga  oyning  tegishli  kunida 

yoziladi.  Qo’shimcha  kiritilgan  parranda  esa  varaqaning  kirim  xonasiga  yoziladi. 

Shu varaqaga har kuni olingan tuxumning umumiy miqdori ham yozib boriladi. 

Tuxumdorlikni  alohida  hisobga  olib  borishda  parrandaning  o’ng  oyog’iga 

halqa taqiladi. Halqa halqa parranda oyog’I suyaginining o’sishiga halal bermasligi 

uchun  erkin  holda  taqiladi.  Tuxumdorlikni  alohida  hisoblash  uchun  nazorat 

o’tkazish kataklari ishlatiladi. Bu kataklarga parrandalar erkin kiradi, ammo tuxum 

qilgandan    keyin  mustaqil  chiqib  keta  olmatdi.  Bu  holda  hisobchi-operator 

tovuqning  oyoq  nomerini  aniqlab,  uni  katakdan  chiqarib  yuboradi.Nazorat 

kataklarining 

kattaligi: 

tovuqlar 

uchun 

0,3x0,4x0,3m; 



kurkalar 

uchun 


0,5x0,7x0,6m;  o’rdaklar  uchun  0,3x0,5x0,2  mvag’ozlar  uchun  0,4x0,5x0,5  m 

bo’lib  tuxum  yo’nalishidagi  tovuqlar  uchun  ikki  qavatli,  go’sht  yo’nalisidagi 

tovuqlar  uchun  bir  va  ikki  qavatli,  kurka,  g’oz,  o’dak,  itlar  uchun  bir  qavatli 

kataklar ishlatiladi. Har qaysi 3 bosh tovuq, ikki bosh kurka, bir bosh o’rdak yoki 

g’ozga  mo;jallanadi. Alohida kataklardan parranda  bilan  yetarlicha  ta’minlangan, 

seleksiya ishari olib borayotgan xo’jaliklarda foydalaniladi. 

              Birinchi  va  ikkinchi  navbatli  reproduktor  xo’jaliklari  oldida  eshikchasi 

bo’lmaydigan  guruhli  kataklar  ishlatiladi,  bu  kataklardan  parranda  tuxum 



qilgandan  keyin  erkin  chiqib  keta  oladi.  Bunday  kataklarning  har  biri  4-5  bosh 

tovuq, 4-7 bosh kurka, 3-4 bosh o’rdak, 2-3 g’oz uchun mo’ljallangan bo’ladi. 

                  Parranda  qilgan  tuxumlar  tuxumdorlikning  kundalik  hisobga  olish 

varag’iga  yozib  boriladi.  Bu  varaqalar  50-100  boshdan  iborat  parranda  guruhlari 

uchun  mo’jallangan.  Bir  necha  varaqalarni  birlashtirish    250-300  bosh 

parrandaning  tuxumdorligini  hisobga  olish  imkonini  beradi.  Varaqaning  yuqori 

chizig’ida oy kunlari ko’rsatilgan. Tovuq yoki boshqa tur parrandalarning  raqami 

vraqa o’tasidagi tik ustunga yoziladi. 



 

              Yotiq  ustunlarda  tovuqlarning  tegishli  raqami  va  tuxum  qilgan  kuniga 

tegishli  tuxumlar  miqdori  yozib  boriladi.  Qilgan  tuxumlar  varaqada  oshib 

boradigan  son  bilan  qayd  qilinadi.  Shunga  ko’ra  oyning  oxirida  har  bir  tovuq 

qancha tuxum qilgani ma’lum bo’ladi.

 

               Tovuqlarni  katta  guruhlarda  saqlab  ularning  tuxumdorligini  aniqlashda 



tuxumdorlikni hisobga olishning kundalik varag’idan foydalaniladi.  

             Oylik  tuxumdorligi  to’g’risidagi  ma’lumotlar  kechiktirilmagan  holda 

tovuqlar mahsuldorligini nazorat qilish varag’iga ko’chiriladi. Bu varaqaga  har bir 

tovuqning  tirik  vazni,  tuxumning  massasi,  jinsi,  yetilish  muhlati,  tullash,  kurk 

bo’lishi  to’g’risidagi  ma’lumotlar  ham  yoziladi.Tuxumdorligining  oldin  olib 

borilgan  hisobi  asosida  kelgusidagi  seleksiya  ishlari  uchun  sermahsul  parrandalar 

tanlab  olinadi  va  juftlash  rejalari  tuziladi.  Bu  rejalarda  tanlangan  tovuq  va 

xo’rozlaning  tirik  vazni,  ko’kragining  kengligi,  jinsiy  yetilishi  muhlati, 

tuxumdorligi, tuxumning vazni va sifati, kelib chiqishi ko’rsatiladi. Juftlash rejalari 

asosida seleksion kataklar va guruhlar to’ldiriladi. 

             Seleksion  kataklar  unchalik  katta  bo’lmagan  seksiyalardan  iborat 

bo’lib,ularda 10-15 bosh tovuq va bitta xo’roz, 5 bosh o’rdak va bitta erkak o’rdak, 

13-15 kurka va bitta erkak kurka, 3-4 g’oz va bitta erkak g’oz joylashtirladi. 

              Seleksion  kataklarga  joylashtirilgan  hamma  parrandalar  halqalanadi. 

Erkak  parrandalar  oyog’iga  seleksion  katakning  raqami  yozilgan  halqa  taqiladi. 

Tovuqlarning  oyog’iga  taqilgan  halqalarning  birinchi  va  ikkinchi  soni  seleksion 



katakning  raqamiga,  keying  ikkitasi  esa  ushbu  katakdagi  tovuqlarning  raqamiga,  

mos keladi 



Nazorat savollari 

1.  Birinchi  va  ikkinchi  tartibli  parrandachilik  reproduktor  xo‘jaliklarda 

parrandalarning qaysi galasi bilan naslchilik ishlari olib boradi ?   

(tayanch so‘zlar:seleksiya, reproduktor, gala, muddati, ahamiyati) 

2. Qishloq 

xo‘jalik parrandalarini (mahsuldorlik yo‘nalishi bo‘yicha) zotlar 

va    liniyalar    chatishtirilganda,  qaysi  mahsuldorlik  yo‘nalishidagi  parrandalarda 

geterozis hodisasi kuchli bo‘ladi?   

(tayanch so‘zlar:   seleksiyalash,   geterozis tushunchasi, foizi, ahamiyati) 

3.  Nasldor  ota-onalik  tovuqlar  galasidan  olingan  tuxumlar  necha  haftaligida 

eng yaxshi inkubasiyabop nasldor tuxumlar hisoblanadi ?  

(tayanch  so‘zlar:      tovuqlar,  ota-onalik  galasi,  tuxumdorligi, 



inkubatsiyalanishi, sifati)

 

Download 228,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish