Monreal protokoli.
OYEMlardan qaysilarini eng zararli va qaysilarini
kelgusida ishlatish uchun yaroqli deb hisoblash mumkin? Xalq xo’jaligida juda
ko’p sohalarda foydalanilishi sababli OYEMning barcha turidan birdaniga vos
kechib bo’lmaydi. Ushbu masala jahon jamiyati mamlakatlari tomonidan maxsus
o’rganib chiqilgan va nihoyat, 1987- yilning 16- sentyabrida ozon qatlamini
muhofaza qilish global muammosini hal qilishning muhim xujjati ko’rinishida
e’lon qilingan. Monreal Protokoli deb nomlangan ushbu xujjat rivojlangan
bo’lgani kabi rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan ham erishilgan huquqiy
kelishuvdir. Unda tarkibida galogenlar mavjud bo’lgan ozonni yemiruvchi
moddalar (OYEM) belgilangan, shu moddalarni qisqartirish, pirovardida ishlab
chiqish va undan foydalanishni to’la to’xtatish jadvali belgilangan.
Monreal Protokolini tuzishda 24 hujjatni 189 davlat ratifikatsiyalangan.
O’zbekiston Monreal Protokolini 1993- yil may oyida ratifikatsiyalagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |