3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
O’tgan asrimiz o’rtalariga
kelib tabiat va jamiyat
o’rtasidagi munosabatlar keskinlashib ketdi. Buning asosiy sabablari insoniyatning
tabiiy tesurslardan foydalanishda tabiat qonunlarini yaxshi o’zlashtirmasligi va
ulardan ko’r-ko’rona foydalanishdir. Hozirgi kunda butun yer shariga
tarqalayotgan juda ko’p ekologik muammolar global xususiyatga ega bo’lib
bormoqda. Global muammolardan biri bu atmosferada mavjud bo’lgan ozon
qatlamining yemirilishidir. 1939-yilda nems olimi Sheynbeyn tomonidan ozon
moddalari aniqlangan. 20-asrning 70-yillarida
ozon qatlamini yemirilishi
to’g’risida olimlar bir necha bor ta`kidlab o’tishgan edi. Ozon qatlamini yemirilishi
yer shari tabiati va tirik organizmlariga salbiy ta`sir o’tkazadi.
Hozirda sodir bo’lib turgan iqlimiy o’zgarishlar, odamlarda immunitet
pasayishi, ko’plab kasalliklarning paydo bo’lishida sezilib turibdi va bu hali oxiri
emas. Ozon qatlamini yemirilishi shu tarzda davom etishi natijasida butun
sayyoramizning iqlimi, tabiati o’zgarib tirik organizmlar yashashi uchun sharoitlar
o’zgarib ketishi mumkin.
Prezidentimiz I.A.Karimovning ―O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖ asarida quyidagi
fikrlar keltiriladi: ―Asrlar tutash
kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz
aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo`l
qovushtirib o`tirish, o`z-o`zini o`limga mahkum etish bilan barobardir‖.
Darhaqiqat, mintaqamizda ro`y berayotgan ekologik
holat shu erda yashaydigan
aholi uchun mislsiz darajada zarar keltiruvchi yashirin tahdid sanaladi. Bunga
e`tiborsizlik bilan qarab turish o`z boshimizga katta tashvishlar keltirishi
shubhasizdir‖
1
deb ta`kidlab o’tgan. Darhaqiqat
muhtaram yurtboshimiz
tomonidan mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq ekologik muammolar va
ularni oldini olish masalalariga alohida e`tibor qaratib kelinmoqda. Shu ma’noda
O’zbekiston Respublikasining Konistitutsiyasi va ―O’zbekiston Respublikasining
1
Karimov I.A. O`zbekiston XXI – asr bo`sag’asida xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot
kafolatlari. Toshkent, «O`zbekiston», 1997. 16-bet
4
xalqaro shartnomalari to’g’risida‖gi Qonunga muvofiq, Qonunchilik palatasi
tomonidan qabul qilingan hamda O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati
tomonidan ma’qullangan quyidagi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari Prezident
I.A.Karimov tomonidan 2006-yil 7-sentabrda imzolandi ―Ozon qatlamini
yemiruvchi moddalar bo’yicha Monreal Protokolga Tuzatmani (Monreal, 1997- yil
17- sentabr) ratifikasiya qilish to’g’risida‖gi va ―Ozon
qatlamini yemiruvchi
moddalar bo’yicha Monreal Protokoliga Tuzatmani (Pekin, 1999- yil 3- dekabr)
ratifikasiya qilish to’g’risida‖gi Qonunlarni qabul qilinishi shular jumlasidandir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib ozon qatlamida sodir bo’layotgan geoekologik
o’zgarishlarni o’rganish dolzarb masala sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: