Turli muhitlarda elektr toki.
Reja:
Turli muhitlarda elektr toki. Metallarda tok tashuvchilarning tabiati.
Yarim utkazgichlar.
Elektronning chiqish ishi.Termoelektron emissiya.Elektron lampalar.
Termoelektrik hodisalarning fan-texnikada qo‘llanilishi.
O‘ta o‘tkazuvchanlik to‘g‘risida tushuncha.
Xulosa
Tayanch iboralar: Muhitlarda elektr toki, yarim o’tkazgichlar, Elektron,. Termoelektron emissiya. Elektron lampalar, diod, triod.tranzistor,elektronning metalldan chiqich ishi, elektron emissiya, elektron-nur trubkasi, to’r, o’tao’tkazuvchanlik
Turli muhitlarda elektr toki. Metallarda tok tashuvchilar–elektronlar. Metallarda tok tashuvchanlik vazifasini erkin elektronlar bajaradi. Metallarning solishtirma elektr o`tkazuvchanligi metall tarkibidagi elektronlarning soniga va bu elektronlarning kristall panjara tugunlarida joylashgan ionlar bilan ikki ketma-ket to`qnaShuvi orasidagi bosib o`tgan masofasi l ga proportsional bo`ladi:
(9.1 )
Bu yerda - elektron zaryadi, n -elektron soni, - kristall tugunlarida joylashgan ionlar orasidagi borib kelish masofasi.
Videman-Frants qonuniga binoan issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsientining elektr o`tkazuvchanlik koeffitsientiga nisbati o`zgarishsiz qoladi. Demak metallarda issiqlik o`tkazuvchanlik erkin elektronlar hisobiga sodir bo`ladi.
Vakuumli diod, kuchlanish manbai va milli ampermetrdan iborat elektr zanjir tuzaylik. (3. 1-rasm) U holda katod sovuq paytida zanjirda tok kuzatilmaydi. Agar katodga biror nakal kuchlanishi berib uni qizdirilsa milliampermetr zanjirda tok paydo bo`lganini ko`rsatadi. Qachonki, anodni batareyaning musbat qutbiga katodni esa batareyaning manfiy qutbiga ulansa zanjirda tok paydo bo`ladi, aks holda qutblar o`zgartirilsa katod qanchalik qizdirilmasin zanjirda tok paydo bo`lmaydi. Bundan Shunday xulosa chiqadiki, katod. O`zidan faqatgina manfiy ishorali zaryadlar chiqarar ekan. Manfiy ishorali zaryadlangan zarralar elektronlar ekanligini biz bilamiz.
Dioddagi termoelektron tok anod kuchlanishiga bog`liq. Bu
I = f(U) bog`lanish diodning volt-amper xarakteristikasi deyiladi. (9. 10-rasm)
9.10-rasm 9. 11-rasm
Kuchlanish ortishi bilan anod toki ortib boradi va kuchlanishning ma‘lum qiymatida To`yinish toki hosil bo`ladi va kuchlanishning keyingi qiymatlarida anod toki bir xil qolaveradi. To`yinish toki va unga mos kelgan anod kuchlanishining qiymati katodning temperaturasiga bog`liq orta boradi. Ko`rinib turibdiki, diodlarning volt-amper xarakteristikasi to`g`ri chiziqli bo`lmas ekan, ya‘ni u Om qonuniga bo`ysunmaydigan o`tkazgich ekan. Demak termoelektron emissiya paytida anod va katod orasida anodga qarab harakatlanayotgan elektron bulut (fazoviy zaryad) paydo bo`lar ekan. To`yinish tokida fazoviy zaryad batamom surilib ketar ekan Shuning uchun ham anod tokining qiymati It o`zgarmas bo`lib qoladi.
Anod tokining kuchlanishga bog`lanishi Lengmyur-Bog`uslavskiy formulasi orqali xarakterlanadi. Buni 3/2 qonun deb ham yuritiladi.
(9.2)
B -elektrodning o`lchami, shakli va qanday joylashuviga bog`liq koeffitsient.
To`yinish toki zichligining katod temperaturasiga bog`liqligi Richardson formulasi orqali xarakterlanadi.
( 9.3)
Bu yerda C = 6,02*105 A/m *grad - emissiya doimiysi barcha metallar uchun bir xil. S-katodning yuzasi, T-katodning absalyut temperaturasi, e -natural logarifm asosi, k -Boltsman doimiysi.
Termoelektron emissiya hodisasiga asoslanib ishlab chiqarilan elektron lampalar to`g`rilagich va kuchaytirgichlar sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |