O‘zbekiston respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi ishtiroki.Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) 1991-yil 8-dekabrdagi MDH tuzish to‘g‘risida bitim va 1991-yil 21-dekabrdagi mazkur Bitim Protokoli asosida tashkil qilingan. Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi va Ukraina MDH ishtirokchi davlatlari hisoblanadi.10
MDH Ijroiya Qo‘mitasi Hamdo‘stlikning ijro etuvchi, ma’muriy va muvofiqlashtiruvchi idorasidir. Uning shtab-kvartirasi Minskda va bo‘linmasi Moskvada joylashgan.O‘tgan yillar mobaynida MDH doirasida ishtirokchi davlatlar uchun savdo-iqtisodiy munosabatlar, kommunikatsiya va transport tarmoqlarini yanada rivojlantirish, xavfsizlikni ta’minlash hamda gumanitar aloqalarni mustahkamlash kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga oluvchi qator hayotiy muhim yo‘nalishlar bo‘yicha keng ko‘lamli huquqiy asos yaratildi va hamkorlikning vosita va mexanizmlari ishlab chiqildi.Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlarning barqaror ruvojlanishi va xavfsizligiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday tahdid va xavf-xatarlarga o‘z vaqtida munosib javob qaytarish borasida o‘zaro maqbul yondoshuvlar va kelishilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, muammo va kelishmovchiliklarni hal qilish, MDH hududidagi fuqarolarning o‘zaro muloqot yuritishlari uchun keng imkoniyat yaratdi.
O‘zbekistonda MDHga ko‘p rejali munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi mexanizm va bevosita muloqotlar olib borish, davlatlararo muzokaralarni tashkil qilish, jumladan MDH formatida davlat rahbarlari va tegishli idoralar boshliqlari darajasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish maydoni, shuningdek, ko‘p tomonlama hamkorlik shart-sharoitlarini yaratishda manfaatdor bo‘lgan suveren davlatlarning birlashmasi sifatida qarashadi.
O‘zbekiston Respublikasi MDHning asosiy nizomiy va tarmoq organlari faoliyatida ishtirok etadi. O‘zbekiston Hamdo‘stlik tashkil etilgandan bоshlab uning dоirasida iqtisоdiy intеgratsiyani chuqurlashtirish va yangicha asоsda хo‘jalik alоqalarini jarayonlarga siyosiy tus bеrmagan hоlda amalga оshirish tarafdоri bo‘lgan davlatlar qatoriga kirgan.O‘zbekiston MDH doirasida amaldagi o‘zaro savdo tartibini yomonlashtirmaydigan tamoyillarga asoslangan, to‘laqonli erkin savdo hududini tashkil etish tarafdoridir. Bu MDH hududida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.
O‘zbekiston tomoni jahondagi jadal o‘zgarishlar sharoitida MDHni davlatlararo hamkorlik tizimi sifatida doimiy muzokaralar, oliy darajada siyosiy muloqotlar, vujudga kelayotgan yangi tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kelishilgan yondoshuvlar ishlab chiqish, xalqaro xavfsizlikka oid ko‘plab dolzarb masalalarni hal etishning muhim mexanizmi deb hisoblaydi.Hamdo‘stlik ko‘p rejali hamkorlikni muvofiqlashtiruvchisi bo‘lishi va barcha ishtirokchi davlatlarning maksimal ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarga erishishishlari maqsadida xo‘jalik jarayonlarini tartibga soluvchi rolini o‘ynaydi va uning faoliyati shunga yo‘naltirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |