O`qituvchi:
Tabiiy boyliklar qanday turlarga bo`linadi?
10-o`quvchi:
Tabiiy boyliklar ikki turga bolinadi: tugaydigan va tugamaydigan boyliklar, tugaydigan boyliklr yana ikki turga bolinadi - tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklar.
11-o`quvchi:
Tabiatdan foydalanish uni o`zgartirish va tabiatni muhofaza qilish o`zaro chambarchas boglangan jarayonlar hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilishning hozirgi asosiy vazifalari tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy qilish, atrof muhitni ifloslanishdan saqlash.
12-o`quvchi:
Tabiatni muhofaza qilish haqidagi birinchi qonun 1273-yil Angilya qiroli Eduart I tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu qonunda Londondagi turar joylarda toshko`mirdan foydalanish man etilgan edi. Eslab ko`ring-a, tabiatni muhofaza qilish haqida O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida nima deyilgan?
13-o`quvchi:
Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasida o`z aksini topgan.
14-o`quvchi:
Konstitutsiyamizning 50, 54, 55, va 100 - moddalarida fuqarolarning ushbu sohadagi huquq va majburiyatlari atrof -muhitga munosabati belgilangan.
15-o`quvchi:
Jumladan, 50 - moddada “Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar ”deyiladi.
16-o`quvchi:
100 - moddada atrof – muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga kirishi ta’kidlangan.
O`qituvchi:
Tabiatni muhofaza qilish to`grisidagi qonun 1998-yil 9 -dekabrda qabul qilingan. Siz yana qanday qonunlarni bilasiz?
17-o`quvchi:
O`zbekiston Respublikasida tabiat muhofazasiga taalluqli qonunlar qabul qilingan. “Suv va suvdan foydalanish to`grisida” 1993-yil, atmosfera havosini muhofaza qilish 1996-yil qabul qilingan.
18-o`quvchi:
Ekologik ekspertiza to`grisidagi qonun 2000-yil qabul qilingan, shunga o`xshash boshqa qonunlar shular jumlasidandir.
19-o `quvchi: Jinoyat kodeksida ekologiya sohasidagi turli jinoyatlar uchun jarima muayyan huquqdan mahrum qilish, mol-mulkini musodara qilish, ahloq tuzatish ishlari, qamash va ozodlikdan mahrum qilish choralari berilgan.
20-oquvchi:
O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilish jamiyati faoliyat ko`rsatmoqda. “Ekosan” xalqaro jamgarmasi atrof - muhitni sog`lomlashtirish, sanitariy` sharoitlarini yaxshilash, sog`liqni yaxshilash, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish sohalari faol ish olib bormoqda.
O`qituvchi:
Ekologik ta’lim - tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadryatlardan foydalanish imkoniyati katta. Siz bu haqdagi hikmatli so`zlar, hadislardan namunalar bilasizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |