Mavzu: O'zbekistonning o'ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo'li. O'zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar


“Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishdir”



Download 16,87 Kb.
bet4/4
Sana13.07.2022
Hajmi16,87 Kb.
#787907
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu O\'zbekistonning o\'ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo\'li.

“Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishdir”, degan mavzuda ma’ruza qildi va O‘zbekistonning bundan buyon mustaqil, o‘ziga mos va xos taraqqiyot yo’lidan borishi bilan bog’liq ham nazariy, ham amaliy yo‘l-yo‘riqlarni ko’rsatib berdi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz rahbari ushbu ma’ruzasida 2004 yil dekabr oyida o‘tkazilgan saylovlar yakuni bo’yicha o‘z xulosalarini bildirar ekan, jamiyat hayotini isloh qilish tizimining bugungi holatiga alohida e’tibor qaratib, “mamlakatimizning demokratik yangilanish va erkin ijtimoiy tuzumga xos bo‘lgan barcha asosiy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi bosqichma-bosqich, izchil harakati hozirgi kunda hech qanday kuch to‘xtata olmaydigan muqarrar, qonuniy jarayonga aylandi”, — deya baho berdi.
2005 yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi.Bu 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum va shu asosda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunlar asosida amalga oshirildi. Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin.
Birinchi davr – 1991–1994 yillar, ikkinchi davr – 1995–2004 yillar, uchinchi davr – 2005 yildan hozirgi paytgacha mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan iborat edi.1995–2004 yillarda Oliy Majlis nomi bilan atalgan 250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi. Bir mandatli hududiy saylov okruglaridan saylangan deputatlar tarkibida Xalq demokratik partiyasidan, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan, “Vatan taraqqiyoti” partiyasidan, “Milliy tiklanish” partiyasidan deputatlar bo‘lib, ilk bor parlament fraksiyalari tashkil etildi.
2005-yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi.Bu 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum va shu asosda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunlar asosida amalga oshirildi.

Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, xususiylashtirish bu iqtisodiy islohotlaming tamal toshidir. Boshqa yosh mustaqil davlatlardan farqli o'laroq O‘zbekistonda o‘tish davrida xususiylashtirishni amalga oshirishga qaror qilindi. Xususiylashtirish jarayonini tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun 1992-yil fevralida Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda uning vazifalari o‘zgartirilib, u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash Davlat Qo‘mitasi deb atala boshlandi. Ushbu Davlat Qo‘mitasi maqomining o‘zgarishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi, zero u xususiylashtirishning ikkita g‘oyat muhim vazifasini bajarar edi. "O‘zbekiston vaucher tizimidan voz kechgani uchungina emas, balki xususiylashtirishdan tushgan barcha mablag'lar tadbirkorlikni qoilab-quvvatlash uchun berilishi jihatidan ham o‘ziga xos, o‘z yo‘liga ega bo‘lgan davlat sifatida ko‘zga tashlandi.
Yana shuni aytish lozimki, tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asosini vujudga keltirish, qonunlar majmuini yaratishni tashkil qilishni uyushtirish uchun Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo‘mitasi tuzildi.O‘zbekistonda ko’p ukladli, davlat mulkini xususiylashtirish 1990-yildayoq hukumat tavsiyasi asosida mahalliy sanoatda 3 ta xususiy korxona tashkil qilinishi bilan belgilangan edi. Samarqanddagi uy mehnatiga asoslangan xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga aylandi. Sirdaryo shoyi to‘qish fabrikasi va boshqa qator korxonalar ijaraga o‘tib ishlay boshladi. Bu yerda to‘plangan dastlabki tajribalar keyinchalik davlat mulkini xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali foydalanildi.
Davlat mulkini xususiylashtirishning Prezident I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillari eng awalo mahalliy xususiyatlar va talablami hisobga olganligi, tag-zaminli va asosliligi, ayni paytda hozirgi zamon ilg‘or tajribalariga mos kelishi bilan alohida ajralib turadi. Buni nimalarda ko‘rish mumkin?
Birinchidan, xususiylashtirish qandaydir kishilar yoki ma’lum mafkura manfaati uchun xizmat qilmasligi lozim. Chunki xususiylashtirish eng awalo, mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar mantig‘iga mos bo‘lmog‘i kerak edi. O‘zbekistonda davlat «bosh islohotchi» vazifasini amalga oshirar ekan, uning xusu- siylashtirishni o‘zi boshqarib borishi ko‘zda tutildi. Shuning uchun O‘zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g‘oyasidan voz kechildi. Bu boradagi muhim xulosa shundan iborat bo‘ldiki, davlat mol-mulki faqat yangi mulkdorga sotish yo‘li bilangina mulkchilikning boshqa shakliga aylantirila boshlandi.
Ikkinchi tamoyil shundan iborat boidiki, xususiylashtirishga dasturiy yondashuvni ta‘minlash va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim edi.
Shuning uchun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Unga ko’ra mulkchilik shakllarini o‘zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yildi.
Albatta, bu qoida har bir yangi bosqich uchun ustuvor yo‘nalishlami belgilash imkonini beradi.Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalai ini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas «kichik xususiylashtirish» jarayonini qamrab oldi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilaylik. 1992-1993-yillarda 28 ining 846 yuridik shaxs 53 ming 902 ta xususiy obyekt egasi bo‘ldi. Bu jarayon vaqt o‘tgani sayin ko’paya bordi. 1994-yilda 9744, 1995- yilda 8584 ta, 1996-yilning birinchi yarmida 933 ta yuridik shaxs xususiy obyektlar egasi bo‘ldi.
Yuqorida aytilganidek birinchi bosqichda (1992-1993) bir million kvartira xususiylashtirildi yoki O‘zbekiston shaharlaridagi har bir oilada o‘rtacha 4,7 kishi bo‘lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga mulkdorga aylandi.
1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor y‘nalishlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog‘onaga ko‘tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imko- nini berdi.
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq yangi bosqichda korxonalarni ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayonga aholini va chet ellik investorlami kengroq jalb qilish jarayonini avj oldirish vazifasi qo‘yildi.
Qimmatli qog'ozlar va ko‘chmas mulk bozorini tashkil etish uchun asos yaratildi. Davlat mulkini sotish bo‘yicha kimoshdi savdolari va tanlovlari o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borila boshlandi. Hozirgacha mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi.
Aniqrog‘i, bu dasturlarga muvofiq xalq xo‘jaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun imkon yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 29-martda tasdiqlagan Davlat Dasturiga muvofiq o‘sha yilning o‘zida 5 ming 127 obyekt xususiylashtirildi. Bundan tashqari qo‘shimcha tarzda dasturga kirmagan 4 ming 617 obyekt ham haqiqiy egasini topdi. Xususiy tadbirkorlar 57 ta konserva sexini, 120 ta g‘isht zavodini, 92 ta to'qlîvchilik sexini sotib olishdi. Qishloq xo‘jaligida esa butun bog‘laming yarmidan ortig‘i, uzumzorlaming 40 foizi xususiy foydalanish uchun berildi.Dehqon xo‘jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon xo‘jaligi paydo bo‘ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi.
1995-yili xalq xo‘jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. Endi yirik korxonalar ham davlat ixtiyoridan chiqarila boshlandi. 0‘sha yili mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 81 ta yoqilg’i-energetika, 55 ta qurilish industriyasiga qarashli, 114 ta taransport, 68 ta uy-joy kommunal xo'jaligi, 229 ta qayta ishlash korxonasi va 291 ta qurilish bilan bog‘liq obyektlar xususiylashtirildi.
Iqtisodiyotning davlat sektori negizida mingdan ortiq ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, 6000 ta xususiy va oilaviy korxonalar vujudga keldi. Xususiylashtirish borasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlaming yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolat choralari ko‘rildi.
Bular nimalardan iborat? Aholining ijtimoiy himoyasi awalo shunda ko‘rinadiki, xususiylashtirish chog‘ida bir butun imtiyozli tizim yaratildi. Masalan, xususiylashtirilayotgan korxona xodimlariga imtiyozli aksiyalar berildi. Shuningdek, davlat xo‘jaliklarining molmulki, fermalar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlarda xususiylashtirila boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25- iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida xususiylashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirishga e‘tibor berilar ekan «Xususiylashtirish jarayoni chuqurlashdi va kengaydi. U sifat jihatidan yangicha ahamiyat kasb etganini ham qayd etish lozim», - deb ta’kidlandi. Dar- haqiqat, mustaqillikning dastlabki yillarida asosiy e‘tibor masalaning miqdor ko‘rsatkichlariga, ya‘ni qancha korxona mulk shaklini o‘zgartirganiga qaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda xususiylashtirishning sifat ko‘rsatkichlari asosiy mezon boiib qoldi.
Download 16,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish