Bog'liq Mavzu O\'zbekistonning o\'ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo\'li.
Prezidentlik institutining shakllanishi.O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi – Prezidentlik boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi.Bugungi kunda BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 143 tasida Prezident lavozimi ta’sis etilgan.
1990 yil 24 martda O‘zbekiston Respublikasida Prezidentlik institutining vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi.1990 yil 1 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni) ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborildi.O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining apparati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi.
Totalitar tuzumdan huquqiy davlatga o’tish. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab huquqiy davlatchilik asoslarini yaratish muhim vazifalardan biriga aylandi. Milliy davlatchilik rivojlanishining minglab yillik an‘analari chorizm mustamlakasi davrida batamom inkor etilgan edi. Mustaqil O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov tarixiy an‘analarga, dunyo tajribalariga, o’lkaning milliy-tarixiy rivojlanishiga hamda o’lkaning o‘ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni tubdan isloh qilish yo‘llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita vazifa:
1. Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish;
2. Yangi davlatchilikning huquqiy-siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari hal qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurilishining kafolati O‘zbekiston Konstitutsiyasidir. Davlat hokimiyati tashkil etishning muhim demokratik tamoyillari Konstitutsiyada qayd qilingan bo‘lib, unda hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlaridan iborat deb ko‘rsatilgan. Bu organlar faoliyati erkin, bir-biridan mustaqil bo‘lib, ayni vaqtda bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. 1994 yil 24 dekabrda ko’p partiyaviylik va muqobillik asosida saylangan Respublika Oliy Majlisi qonun chiqaruvchi hokimiyat vazifasini bajaradi. Oliy Majlisga saylovlar demokratik rivojlanishning yangi bosqichga o‘tganligidan dalolat berdi. Oliy Majlisga 250 deputat saylanib, ularning 120 nafari viloyatlar deputatlari kengashidan saylangan bo‘lib, qolganlari har xil partiyalardan vakillar edi. Davlatni boshqarishning prezidentlik shakli mamlakat boshqaruv tizimini isloh qilishning boshlanishi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat hokimiyatining boshlig’i bo‘lib, bir vaqtning o‘zida Vazirlar Mahkamasining Raisi vazifasini ham bajaradi. Prezident fuqarolar erkinligi va huquqlarini himoya qilish, Konstitutsiya va O‘zbekiston qonunlariga rioya qilinishini kafolatlaydi. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyat organi bo‘lib, u ijtimoiy, iqtisodiy va ma‘naviy jabhalardagi vazifalarning bajarilishini, qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, mamlakat Prezidenti farmonlarining ijro etilishini ta‘minlaydi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi. Fuqarolik jamiyati, bu insonning rivojlanishiga imkon yaratadigan, uning huquq va erkinliklarini to‘la darajada ta‘minlaydigan qonun ustuvor bo‘lgan ijtimoiy jamiyatdir. Bunday jamiyat qurish davlat qonunlari va inson huquqlarini poymol etmaslikni, insondan qonunlarga qat’iyan rioya qilishni talab etadi. Har bir fuqaroning davlat boshqaruviga keng jalb etilishi, inson huquqlarini himoya qilishda faol qatnashishini ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratilishi zarur. Huquqiy davlatda sud hokimiyati O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov va tarbiyalash vazifalarini bajarish bilan alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati tizimiga besh yil muddatga saylanadigan Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo’jalik sudi, Harbiy sudlar tizimi, Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik sudi, viloyat, rayon va shahar sudlari kiradi. Sud hokimiyatining faoliyati to‘g‘risidagi qonun-qoidalar O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrida qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunda bayon etilgan. Jamiyat tizimini qayta tashkil etar ekan, respublika rahbariyati sud hokimiyati doirasida islohotlar o‘tkazib, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, ularning erkinligi va majburiyatlarini kafolatlovchi huquqiy mexanizmni shakllantirdilar. Bu jarayonda, respublikamizda demokratik jamiyat talablariga mos tushadigan saylov tizimining tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga egadir. Bu o‘zgarishlarning barchasi shaxsning davlat va jamiyat bilan munosabatlarini belgilashga qaratilgan. Davlat va shaxs o‘tasidagi munosabat fuqarolikni namoyon etadi va ularning o‘zaro huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999 yil (dekabr) sessiyasi sud-huquqiy ishlaridagi islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida advokatura tizimini kuchaytirish, sudyalarning chinakam mustaqilligini ta‘minlash vazifalarini qo‘ydi.
.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrdagi, 1995 yil 5 maydagi Qonunlari negizida demokratik saylov tizimi asoslab berilgan. «Saylov tizimi» to‘g‘risidagi Qonunga asoslanib 1994 yilning 25 dekabrida vakillik organlariga birinchi marta hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatga deputatlar saylandi. I. A. Karimov davlat va jamiyat hayotini erkinlashtirish yuzasidan muhim vazifani belgilab: «..hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borish, ularning haq-huquqlari va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat» degan g‘oyani ilgari surdi. Oliy Majlisning XIV sessiyasi «kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyat sari» degan siyosiy qurilish dasturini belgiladi.