Mavzu: O'zbekistonning iqtisodiy resurslari va ulardan samarali foydalanish Reja



Download 62,64 Kb.
bet6/8
Sana02.06.2023
Hajmi62,64 Kb.
#948083
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu O\'zbekistonning iqtisodiy resurslari va ulardan samarali

O`zbekistonnig ko`mir zahiralari.
Oʻzbekistonda aniqlangan koʻmir zahiralari hajmi qariyb 2 mlrd. t. ni tashkil qiladi. Kumir 3 kondan: Angren koʻmir koni, Shargʻun koʻmir koni va Boysun toshkoʻmir konidan qazib olinmoqda. Bularning eng kattasi Angren koʻmir koni. Angrenda koʻmirning sanoat zahirasi 100 yildan koʻproq vaqtga yetadi. Kumir bilan birga kaolin ham olinadi. Oʻzbekiston bilan Germaniya "Kaolin" qoʻshma korxonasi yiliga 200 ming t sifatli kaolin chiqarmoqda. Shargʻun va Boysun Koʻmir konlarida yiliga 80 va 100 ming tonna toshkoʻmir qazib olinmoqda. Bu koʻmir metallurgiyada koks urniga qullanilishi mumkin. Konlarning zahiralari koʻp yillar mobaynida foydalanishni taʼminlaydi. Angren va Boysun Koʻmir konlarida olingan koʻmirdan aktiv koʻmir ishlab chiqarish mo`ljallangan. Oʻzbekistonda foydalanishga topshirilmagan, lekin hisobga olingan va sanoat ahamiyatga ega Koʻmir konlari mavjud. Masalan, Oltinsoy tumani hududida (Boysundan 50 km) bir qatlamli kon aniqdangan, qatlamning qalinligi 6,5 m gacha boʻlib, 500 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralari 20 mln t miqdorida baholangan. Shargʻundan 30 km masofada 6 qatlamdan iborat kon topilgan. Qatlamlarning qalinligi 1,0—10,3 m, 600 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralari 62 mln. t miqdorida baholangan. Fargʻona viloyatida qalinligi 2–6 m boʻlgan 2 katlamdan iborat kon aniqlangan, 500 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralar hajmi — 84 mln. tonna. Oʻzbekistondagi konlarning koʻmiri tarkibida oʻrtacha 0,5—2,5% oltingugurt, 8,5—20,0% kul boʻlib, 1 kg koʻmir 6500—7200 kkal issiqlik beradi.
O`zbekistonning uran zahirasi.
O‘zbekistonda tabiiy uran olinishi bo‘yicha statistik ma'lumotlar taqdim qilindi. Ushbu ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekiston uran olish hajmi bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni, uran zaxiralari bo‘yicha esa 10-o‘rinni egallamoqda. Bunday ma'lumotlar bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) bosh direktori o‘rinbosari Nurmat Julibekov “Ekonomicheskoye obozreniye” jurnali bilan bo‘lishdi. 2019 yil avgustiga ko‘ra, dunyoda tabiiy uran zaxiralari hajmi 6,14 mln tonnaga baholanadi. Bundan 29,6 foizi Avstraliyaga, 13,7 foizi Qozog‘istonga, 8,4 foizi Kanadaga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarni Rossiya, Namibiya, JAR, Xitoy, Nigeriya, Braziliya egallamoqda. O‘zbekiston esa 139,2 ming tonna uran zaxirasi bilan 10-o‘rinni egallab kelmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston uran olish bo‘yicha yiliga 3,5 ming tonnaga yaqin uran bilan dunyoda 5-o‘rinni egallamoqda. Jumladan, O‘zbekistonda 2014 yilda 3128 tonna, 2015 yilda 3228 tonna, 2016 yilda 3325 tonna, 2017 yilda 3400 tonna, 2018 yilda 3445 tonna uran olingan. O‘zbekistonda olinuvchi uran respublikada qo‘llanmaydi va to‘liq hajmda xorijga eksport qilinadi. Uran olish bo‘yicha kompaniyalar orasida “Kazatomprom” dunyoda 1-o‘rinni egallamoqda. Qozog‘iston kompaniyasi yiliga 11 tonnadan ko‘proq uran oladi. Bu esa dunyoda bir yilda jami olinadigan uranning 20,5 foizini tashkil qiladi. NKMK bu borada dunyo bo‘yicha 5-o‘rinni egallamoqda. Uning hissasiga dunyoda olinadigan jami uranning 6,4 foizi to‘g‘ri keladi. Kompaniya O‘zbekistonda tabiiy uran oluvchi yagona korxona va dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Uran ulushi kompaniya eksportida 99,5 foizni tashkil qiladi. Korxona Jahon yadro assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanib, bugungi kunda uranni dunyoning yetakchi kompaniyalari, jumladan, AREVA NC (Fransiya), Converdyn (AQSh), Cameco (Kanada), CNEIC (KNR) va boshqalarga eksport qiladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilda dunyo bo‘yicha uranga bo‘lgan ehtiyoj 63400 tonnani tashkil qilgan. Uranning asosiy iste'molchilari AQSh (18161 tonna), Fransiya (9211 tonna), Rossiya (6264 tonna), Xitoy (5338 tonna), Janubiy Koreya (5013 tonna) hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha uranning yillik ishlab chiqarish hajmi 60 ming tonnadan ko‘proqni tashkil qiladi. Bu esa dunyoda uranga bo‘lgan talabning 80-90 foiziga teng. 

Download 62,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish