Mavzu: O’zbekistonning foydali o’simliklari Mundarija Kirish Reja; I bob. O’zbekistondagi foydali o’simliklarning qisqacha o`rganilish tarixi va tadqiqot metodlari


Yuqori haroratning ta’sirida o’simliklardagi moddalar almashinuvi



Download 55,01 Kb.
bet4/15
Sana14.12.2022
Hajmi55,01 Kb.
#885906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu O’zbekistonning foydali o’simliklari Mundarija Kirish Rej

Yuqori haroratning ta’sirida o’simliklardagi moddalar almashinuvi,
o’sishi va rivojlanishi. Yuqori haroratga chidamlik ko‘p xollarda uning ta‘sir
etish davriga, absolyut qimmatiga bog‘liq bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarning
ko‘pchiligi muhit havo haroratning 35-400C ga yetguncha qiynala boshlaydi. Bu va undan yuqori haroratda o‘simlikda ro‘y berayotgan bir qator fiziologiya jarayonlari so‘na boradi, 500C ga yaqinlashganda hujayra tsitoplazmasini qo‘yiqlashib uning halokati sodir bo‘ladi.
Foydali o‘simlik uchun optimal bo‘lgan haroratni ko‘tarilishi qisman yoki ommaviy ravishda hujayradagi oqsilllarning denaturatsiyasiga olib keladi. Bu esa
plazmolemmaning oqsil-lipid majmuini buzilishiga va hujayradagi boshqa
membranalarning faoliyatiga salbiy ta‘sir qiladi. Provard natija hujayraning
osmotik xususiyatini buzilishiga olib keladi. Hujayraning ko‘plab bajaradigan
vazifalari izdan chiqadi, turli fiziologiya jarayonlarining ro‘y berishidagi tezlik
sekinlashadi. Misol olganimizda, 200C haroratda o‘simlikning barcha hujayralarida mitoz bo‘linish me‘yorida sodir bo‘lsa, havoning harorati 380C ga ko‘tarilganda mitoz yettita hujayradan bittasida ro‘y beradi, harorat 420C ga borganda bo‘linayotgan 513 hujayradan bittasidagina bo‘linadi xolos [Yu.T.Dayakov, 1993].
O‘simlikka ta‘sir etadigan yuqori harorat avvalo unda sodir bo‘ladigan nafas
jarayonlaridan ko‘ra ko‘proq fotosintezga kuchliroq salbiy ta‘sir qiladi.
Fotosintezni amalga oshiradigan bir qator reaktsiyalar havoning yuqori haroratiga
nafas jarayonlaridagiga nisbatan bir muncha sezgir. Optimal haroratdan pastroqda
o‘simlik o‘sishi va fotosintez jarayoni-fotoassimilyatsiyani deyarli to‘xtatadi. Bu
jarayon fermentlar faoliyatidagi buzilish-o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu vaqtda
nafas jarayonidagi gazlar almashinuvi kuchayadi, uning energetik samaradorligi
pasayadi, parchalanish mahsulotlari (ammiak) ta‘sirida protoplazmani zaharlanishi
ro‘y beradi. Bu jarayonlarning hammasi o‘simlikni ―holdan toyishiga‖ uni
zo‘riqishiga olib keladi. Yaproqning ayrim joylarida ―kuyish‖ alomatlari hosil
bo‘ladi. Yuqori haroratning ta‘siriga irsiy jihatdan moslashgan o‘simliklarda
bunday holatlarda zaharlanishga sabab bo‘ladigan ortiqcha ammiak kabi
moddalarni bog‘lovchi birikmalar hosil bo‘ladi.
O‘simlikda barglar orqali ro‘y beradigan transpiratsiya natijasida ba‘zan 10-
150C gacha harorati pasayadi. Yaproqlardagi ustitsalari yopiq, tez so‘liydigan
o‘simliklar suv bilan yetarli ta‘minlanadiganlarga nisbatan tez quriydi. O‘simlik
quruq issiq havoga nam issiqqa nisbatan osonroq chidaydi. Havoning namligi
yuqori bo‘lib, harorat ham ancha baland bo‘lganda transpiratsiya bilan barg
haroratini nazorati cheklanadi.
O‘simlik dala sharoitida suvsizlanib chanqaganida yuqori harorat unga
halokatli ta‘sir qiladi. O‘simlikni barglari yoki uning tanasini hammasi ancha
so‘liganda fotosintez va nafas jarayonlarida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘lganidan
boshqa bir qator fiziologik jarayonlari ham buziladi. O‘simlikni atmosfera
havosining yuqori haroratga chidamligi uning ontogeneziga-o‘sish va
rivojlanishning davrlariga bog‘liq bo‘ladi. Yuqori haroratning eng katta halokatli
ta‘siri o‘sish va rivojlanishning dastlabki davrlariga to‘g‘ri keladi. Faol tarzda
rivojlanayotgan yosh to‘qimalar eski, qari, ―tinimga‖ o‘tayotganlariga nisbatan
yuqori haroratga chidamsiz. O‘simlikning turli qismlari ham yuqori haroratga
chidamligi turlicha: yer osti qismi kam chidaydi, poya, novda, kurtaklarning
chidamligi, bardoshligi bir muncha yuqori bo‘ladi [Yu.T.Dayakov, 1993].
O‘simliklarda ro‘y beradigan issiqlikka nisbatan zo‘riqishga u tezda
moslanishni boshlaydi. Yuqori haroratning ta‘siriga o‘simlik bir necha soat oldin
tayyorgarlikni boshlaydi. Kunlar issiq bo‘lganida uning yuqori haroratiga
o‘simliklarning chidamligi choshgoxdan keyin kuchliroq, choshgoxgacha
kuchsizroq bo‘ladi. Odatda bu chidamlik barqaror emas, mustahkamlanib
qolmaydi, havoning harorati pasayishi bilan u yo‘qoladi.
Tuproqda namlikni kamayishi bilan unda qurg‘oqchilikni sodir bo‘lishi
havoning yuqori harorati donli o‘simliklarda boshoq shakllanayotganida undagi
gul tugunchalarini shikastlanishiga, boshoqlanish tugashiga uni qurib qolishiga
olib keladi. Natijada donsiz boshoq soni ko‘payadi. O‘simliklarning ko‘pchiligi
uchun atmosfera havosining yuqori harorati ayniqsa ular gullayotgan davrida xavfli
bo‘lib, gulni to‘kilishiga, tugunchani rivojlanmasligiga, sterillikka olib keladi
[L.V.Metlitskiy.,1991 ].
Endi biz ayrim foydali o’simliklarning hususiyatlarini o’rganamiz

Download 55,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish