Mavzu: O'zbekistonning davlat mustaqqilligiga erishishi davlatchilik masalalari Reja: Kirish



Download 90,5 Kb.
bet3/4
Sana10.06.2022
Hajmi90,5 Kb.
#651985
1   2   3   4
Bog'liq
Behbudiy

Mustaqillik deklaratsiyasi. Ushbu deklaratsiya O'zbekiston SSR Oliy Sovetining 1990 yil 20 iyunda bo'lib o'tgan ikkinchi sessiyasida qabul qilindi. Undan sal oldinroq, ya'ni, 16 iyun kuni O'zb. KP MKda iqtisodiy mustaqillik xususida maxsus kengash bo'lib, unda I.A Karimov mustaqillikni qisqa va lunda qilib asoslab bergan edi. Mamlakatda yuzaga kelgan murakkab vaziyatda, degan edi I.Karimov, real hayotga tayanish, umumiy, mavhum hamda balandparvoz so'zlarga asoslanib emas, konkret sharoit, real imkoniyatlarga amal qilish eng muhim ishdir. Asosiysi esa oyoqda mahkam turishimiz, xalq bilan doimiy ravishda maslahatlashishimiz, uning hayotini yaxshilash uchun aniq-ravshan yo'llarni izlashimiz va topishimiz kerak. Biz uchun asosiy yo'nalish, barcha vazifalarni hal etish kaliti – O'zbekistonning real siyosiy suvereniteti va iqtisodiy mustaqilligini ta'minlashdir.
Mustaqillik Respublikaga o'z xalqining faravonligini yaxshilashdek hayotiy muhim masalalarni hal etish, vujudga keltirilgan imkoniyatlar va resurslarni to'laligicha mustaqil ravishda rejalashtirish va ulardan foydalanish hamda o'z xalqining farovonligi yo'lida va o'zaro foydali negizda markaz bilan, boshqa Respublikalar va xorijiy mamlakatlar bilan o'z munosabatlarini mustaqil o'rnatish imkoni beradi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi.
O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti: o'zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an'analari, har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini ta'minlashdan iborat oliy maqsad haqi, har bir kishining farovon hayot kechirishini ta'minlashni oliy maqsad deb bilgan holda, O'zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas'uliyatni chuqur his etgan holda, xalkaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e'lon qiladi.
1. O'zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi Respublikaning o'z hududidagi barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir.
2.O'zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo'yilmay turib, o'zgartirilishi mumkin emas.
3. O'zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo'linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqdidir.
4. SSSR Oliy Sovetida qabul qiladigan qarorlar O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofik, O'zbekiston SSR Oliy Soveta tomonidan tasdiqlanganidan keyingina O'zbekiston SSR hududida kuchga ega bo'ladi.
5.O'zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O'zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
6.O'zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi.
7.O'zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o'zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi.
8.O'zbekiston SSR o'zining taraqqiyot yo'lini, o'z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayrok, madhiya) o'zi ta'sis etadi.
9.Qoraqalpog'iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini, Muxtor Respublika Konstitutsiyasi ta'min etadi. O'zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog'iston LSSR manfaatlarini himoya qiladi.
10.O'zbekiston SSRning qonun chikaruvchi hokimiyati O'zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan qonunlarni ishlab chiqadi, O'zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi.
11.O'zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, O'zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi.
12. Ushbu Deklaratsiya O'zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir.
Mustaqil O'zbekistonda hokimiyatlar bo'linishi. Jahon davlatchilik va demokratik taraqqiyoti tajribasidan ma'lumki, huquqiy davlat qurishni maqsad qilib qo'ygan har bir jamiyatda davlat hokimiyatini tashkil etish hokimiyatlar bo'linishi nazariyasiga asoslanishi kerak. Chunki bunday prinsip yuz berishi mumkin bo'lgan suiste'mollikni oldini olishning ishonchli vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurayotgan O'zbekiston ham o'z davlat organlari idoralari tizimini hokimiyatlar bo'linishi asosida tashkil etgan.
Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan bo'lgan hokimiyatlar bo'linishi nazariyasi O'zbekiston Konstitutsiyasining 11 moddasida “O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish prinsiplariga asoslanadi”, deb mustahkamlab qo'yilgan. Hokimiyatlarga bo'linish prinsipining amalga oshirilishida “bir-birini tiyib turish va o'zaro muvozanatda ushlash” tizimining samarali ishlashi juda muhim bo'lib, bu tizimning xuquqiy asoslari Asosiy Qonunda mustahkamlangan. Unda hokimiyatning har bir tarmog'i vakolatiga kiruvchi masalalar doirasi aniq chegaralanib, ko'rsatib berilgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni – Oliy majlis, ijro etuvchi hokimiyatni – Vazirlar mahkamasi, sud hokimiyatini – sudlar amalga oshiradi.
Ta'kidlash lozimki, ilmiy doiralar va kundalik hayotda ommaviy axborot vositalari haqida ba'zan mustaqil to'rtinchi hokimiyat tarmog'I sifatida fikr yuritiladi. Ammo, ommaviy axborot vositalarini bunday ifoda etish qandaydir rasmiy hokimiyatni bildirmaydi. Shunga qaramasdan, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirishda o'ta muhim rol o'ynaydi va ulkan ahamiyat kasb etadi.
O'zbekiston Respublikasidagi davlat idoralari davlat hokimiyatini amalga oshirishning yagona tizimini tashkil etadi. O'zbekiston fuqarolari davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshirar ekan, saylovlar va o'z vakillari orqali davlat organlarini shakllantirishga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Konstitutsiyaga muvofiq (99 modda), “Viloyatlar, tumanlar va shaharlar(tumanga bo'ysunuvchi shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo'lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko'zlab o'z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar”.

Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish