Mavzu: O’zbekistonning buyuk ajdodlari



Download 48,44 Kb.
bet4/7
Sana06.07.2022
Hajmi48,44 Kb.
#746142
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ajdodlar

QARO KO’ZUM
Qaro ko’zum, kelu mardumlug’ emdi fan qilg’il,
Ko’zum qarosida mardum kibi vatan qilg’il.
Yuzung guliga ko’ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig’a jon gulshanin chaman qilg’il.
Takovaringg’a bag’ir qonidin hino bog’la,
Itingg’a g’amzada jon rishtasin rasan qilg’il.
Firoq tog’ida topilsa tufrog’im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog’da ko’hkan qilg’il.
Yuzung visolig’a yetsun desang ko’ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog’ chin ila shikan qilg’il.
Xazon sipohiga, ey bog’bon, emas mone’
Bu bog’ tomida gar ignadin tikan qilg’il.
Yuzida terni ko’rub o’lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg’il.
Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog’lig’ o’qin sham’i anjuman qilg’il.
ORAZIN YOPQACH KO’ZIMDIN…
Orazin yopqach ko’zumdin sochilur har lahza yosh,
O’ylakim paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’ach quyosh.
Qut bir bodomu yerim go’shan mehrob edi,
G’orati din etti nogah bir baloliq ko’zu qosh.
Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andog’ki aylar mehr fosh.
Bo’sae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam og’zi ichra aytur la’l ham bor nav’ tosh.
Novaking ko’nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko’nglum bila jonim talosh.
Umri jovid istasang fard o’lki, bo’ston Xizridur,
Sarvkim da’b ayladi ozodaliq birla maosh.
Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo’ygusidir barcha bosh.
Jaxon otin Uvaysiy
Jahon otin Uvaysiy (1780—1845) Atoqli shoira, oʻzbek shoirlari murabbiysi Jahonotin Uvaysiy Margʻilonda tugʻilgan. Otasi Siddiq bobo ikki tilda sheʼrlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi boʻlib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiyni Hojixon ismli kosibga uzatishgan, biroq shaxsiy hayoti quvonchli kechmagan. U Nodira bilan hamdardlikda Qoʻqonda xon saroyida yashay boshlaydi. 65 yoshligida Margʻilonda vafot etadi.
Uvaysiy (taxallusi; ismi Jahon) (1779 — Margʻilon —1845) — shoira, maʼrifatparvar. U. oilada xatsavodini chiqarib, avval xalfa, soʻngra onasining yonida maktabdorlik qilgan. Akasi Oxunjon hofizdan sheʼriyat ilmini oʻrgangan, tez orada shoira, otin sifatida tanilgan. U, ayniqsa, aruzni, muammo (sheʼrda fikrni yashirib ifodalash) sanʼatini mukammal egallagan. Qoʻqon adabiy muhiti bilan yaqinlashib, mushoiralarda qatnashgan. Saroyda Nodira va boshqa xotinqizlarga sheʼriyat ilmidan dare berib, ustozlik qilgan. Dilshod otinning maʼlumot berishicha, U. Nodira bilan Konibodom, Xoʻjand, Oʻratepa, Toshkent, Andijon kabi shaharlarga borgan. 1842 yilda Buxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqonni egallagach, Margʻilonga qaytib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan.

  1. 4 devon tuzganligi maʼlum. Lekin bu devonlarning asl qoʻlyozmalari topilmagan. U. mumtoz oʻzbek sheʼriyatining barcha janrlarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy va boshqalarning asarlariga muxammaslar bogʻlagan. Shoiraning adabiy merosida 269 gazal, 29 muxammas, 55 musaddas, 1 murabba, chistoy, 3 doston, tugallanmagan bir manzuma bor. Ijodining gʻoyaviy mavzu doirasi teran va koʻp qirrali.

Shoira adabiyotda taraqqiyparvar namoyandalarning qarashlari asosida maydonga kelgan inson takdiri, shaxe erki va maʼrifatparvarlik gʻoyalarida latif va dilkash asarlar yaratgan, asarlarida insonni eʼzozlash, odamlarni tabiat va xayet nozneʼmatlaridan bahraMand boʻlishga undash, doʻstlik, vafo va sadoqat haqidagi ulugʻvor niyatlarini Qurʼon oyatlari, hadislar va tasavvufiy talqinlar bilan asoslagan holda ijodiy barkamollikka erishgan. Uning sheʼrlarida tariqatning talab va qoidalariga taallukli boʻlgan talqinlar koʻp uchraydi:Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yoʻq ogoh,Qabih guftor mardumdin koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.

  1. oʻz asarlarida yuksak odamiylikni, shu odamiylikni qalb toʻrida avaylovchi vafodor yorni ulugʻlaydi, uni Quyosh bilan qiyos qiladi. Quyosh xar tong ufqdan bosh koʻtarib, oʻzining otashin nuri bilan olamga, odamlarga oʻz mehr va shafqatini sochadi. Shoira yor va oftob tashbihlaridan qarshilantirish sanʼati orqali eng goʻzal tuygʻular silsilasini yaratadi. Uning lirik qaxramoni mushohadakor donishmand, vafoli oshiq.

Uning anor haqidagi mashhur chistoni oʻzining muhim mazmuni va yuksak badiiyligi bilan shoira ijodining yorqin bir sahifasi sifatida koʻzga tashlanadi:Bu na gumbazdur, eshigi, tuynugidin yoʻq nishon,Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon?Tuynugin ochib, alarning holidan olsam xabar,Yuparida parda tortugʻliq tururlar, bagʻri qon.

  1. xayotlik davridayoq nafis lirikasi bilan mashhur boʻlgan va zamondoshlarining eʼtiborini qozongan. Lirik sheʼrlaridan tashqari, uning «Shahzoda Hasan», «Shahzoda Husan» kabi liroepik asarlari va «Voqeoti Muhammad Alixon» kabi tarixiy dostonlari mavjud. Shoiraning liroepik dostonlari islom tarixi bilan bogʻliq voqealar asosida yaratilgan.

  2. asarlari oʻzining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan xalq ommasi orasida keng yoyilgan, hofizlar, xonandalar tomonidan maqom va xalq ohanglari yoʻlida kuylanib kelinadi. Uning xattotlar tomonidan koʻchirilgan 3 nusxa qoʻlyozma devoni Oʻzbekiston FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Andijon universiteti kutubxonasida saklanadi.

Uvaysiyning 15.000 misraga yaqin sheʼriy asarlari mavjud. Uning bir devoni OʻR FA ShIda saqlanadi (inv.№ 1837). Unga shoiraning gʻazal, muxammas, musaddas, murabbaʼlari va«Shahzoda Hasan» hamda «Voqeoti Muhammadalixon» dostonlari kiritilgan. Shoira devonining 3 nusxasi topilgan.»Shahzoda Hasan», «Shahzoda Husayn» kabi dostonlari mavjud,«Voqeoti Muhammadalixon» nomli tarixiy asari tugallanmagan.
Uvaysiy hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar uning asarida, ayrim tazkiralarda yetib kelgan. «Majmuai shoiron» tazkirasida (1821) ham shoira ijodiga munosabat bildiriladi.
Uvaysiyman
Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli boʻlsa, oshno Uvaysiyman,
Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumub koʻzni muddao Uvaysiyman.
Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,
To degil kecha-kunduz: «Mosivo Uvaysiyman!»
Kechalar figʻonimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.
To koʻrib xarobotin taʼna etma, ey zohid,
Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.
Faqr borgohiga qoʻysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak boʻlsa, jonfido Uvaysiyman.
Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048)
Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni ona shahrida olgan, mashhur olim
Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni ona shahrida olgan, mashhur olim Abu Nasr ibn Ali Iroqdan ilmi nujum, riyozat kabi fanlardan dars oladi. U 17 yoshida ilk astronomik kuzatishlarni o‘tkazadi. U 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozadi. Buyuk bobokalonimiz 1048 yil 13 dekabrda G’aznada vafot etgan. «Berun» yoki «Birun» so‘zi «tashqari» degan ma’noni anglatadi. Ma’lumotlarda yozilishicha uning 152 ta kitobining nomi na’lum. Bizgacha ulardan 27 tasigina yetib kelgan. Uning bir qancha kitobi tabiiyot ilmiga bag’ishlangan. Bu sohaning rivojlanishida Beruniyning tabiiyot va tabiat hodisalarini o’rganish usullari , harakat, tovush, issiqlik,yorug’lik, elektr, magnetizm, atmosferadagi hodisalar, modda tuzilishi haqidagi ijodiy ishlari katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Beruniyning o’sha davrda yaratgan kashfiyotlaridan biri — globus ixtiro etganligidir.
U Quyosh atrofida sayyoralar aylanishini, Yer esa ana shu sayyoralardan biri ekanligini aytadi.

Download 48,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish