BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li
Mavzu: O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati va uning mazmun
mohiyati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev BMTning 72-
sessiyasida so‘zlagan nutqida “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi
farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy
vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar
yaratishdan iborat”, deb ta’kidlagan edi. Ta’kidlash joizki, Shavkat
Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan
qonun hujjati ham aynan yoshlar masalasi bilan bog‘liq bo‘lgan, 2016 yil 14
sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun edi.
Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish; yuksak
ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va
chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli
mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish; yoshlarni ijtimoiy
himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib
sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish; iqtidorli
yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intelektual salohiyatini ro‘yobga
chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish; yoshlarni jismoniy tarbiya va
sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog‘lom
turmush tarzini targ‘ib qilish; voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida
huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish; barkamol avlodni
tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan samarali foydalanish yoshlar siyosatining asosiy yo‘nalishlari
hisoblanadi. Iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularni tarbiyalash masalasining davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilganligi yurtimizda o‘rnak olsa arzigulik tajriba
to‘planishiga imkon berdi. Shu o‘rinda ta’idlash joizki, iste’dodli yoshlarni izlash
va ularni qo‘llabquvvatlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirishda davlat
tashkilotlari bilan bir qatorda yurtimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat
tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Masalan, yoshlarga oid davlat
BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li
siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri yoshlarning iste’dod va qobiliyatlarini
qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi ayniqsa, ahamiyatga molikdir. Ta’kidlash
joizki, ta’lim, fan, texnika, axborot texnologiyalari, madaniyat, san’at, sport,
tadbirkorli sohalaridagi iste’dodli va iqtidorli yoshlarni rahbatlantirib borish,
ularning turli sog‘lom tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifalari bu
tashkilotning mazkur yo‘nalishdagi dolzarb vazifalaridan biri qilib belgilangan.
Yoshlarning bilim darajasi, kasbiy malakasi, ma’naviy va ruhiy barkamollik kabi
fazilatlari va ijtimoiy sifatlari butun jamiyatning rivojlanish darajasiga salmoqli
ta’sir ko‘rsatmoqda. Aholining turmush sharoitini yaxshilash, hayotdan rozi bo‘lib
yashashga erishish bugungi zamonaviy davlatchilik taraqqiyotidagi muhim
ko‘rsatkich hisoblanadi. Alloma Abdulla Avloniy “Tarbiyani kimlar qilur? Qayda
qilur? degan savolga “Birinchi - uy tarbiyasi. Bu vazifa ona zimmasidadir. Ikkinchi
– maktab va madrasa tarbiyasi. Ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur”
deb javob berganlar. Bu so‘zlar zamirida barchaning farzand tarbiyasiga mas’ulligi
ko‘rinib turibdi. Yoshlar masalasini o‘rganish kishilik jamiyati, ijtimoiy
munosabatlar, millatlar va davlatlar, madaniyat va sivilizatsiyalar bilan
chambarchas bog‘liqdir. Chunki yoshlar masalasi, birinchidan, sivilizatsiya
vujudga kelgandan beri mavjud va barcha tarixiy rivojlanish bosqichlarida ular
bilan yonmayon keladi. Ikkinchidan, tafakkur tarixida barcha faylasuflar,
mutafakkirlar, davlat arboblari, shoiru adiblar farzand, yoshlar masalasiga oid o‘z
qarashlarini bayon qilganlar. Qadimgi Arabiston yarim orolida VII asrgacha –
«johiliya davri»da, hatto qiz bolaning tug‘ilishi ota uchun baxtsizlik alomati bo‘lsa,
o‘g‘il bolaning tug‘ilishi esa, alohida baxtning belgisi qilib ko‘rsatilgan. Hikoya
qilishlaricha,
Umar
ibn
alXattob
(r.a.) quyidagilarni e’tirof etgan:
«Musulmonlikdan avvalgi ikki narsani eslaymanki, birini eslab yig‘layman, birini
eslab kulaman. Ushbu narsaga yig‘layman. Bir kun qizimni, jajji qizchamni,
jigarpora qizchamni shu o‘z qo‘llarim bilan qabr qazib ko‘mdim. Men qizim uchun
o‘z qo‘llarim bilan chuqur qazir ekanman, u mening soqolimga sachragan
tuproqlarni jajji qo‘llari ila silab olardi. Qachon buni eslasam doimo yig‘layman.
Insoniyatning qanday qorong‘u davrlarida yashaganini tushunib, tinmay ko‘z yosh
BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li
to‘kishdan o‘zimni tiyaman» . Islom ayollarga rahmshafqat, mehr ko‘rsatish bilan
uning maqomini ko‘tardi va uning baxtli hayoti uchun muqaddas qonunlarni joriy
etdi. Ushbu qonunlarning bajarilishi Qur’on oyatlari va Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
Hadislari orqali mustahkamlandi. Tadqiqotchi N.J.Yusupova o‘zining “Islomda
ayol huquqlari” asarida ta’kidlaganidek, ayol masalasiga oid Qur’oni karimda 309
oyat mavjud bo‘lib, shundan 161 oyat Makkada va 148 oyat Madinada nozil
bo‘lgan. Insondagi komillik, eng avvalo, uning fikr, tafakkur va amaliy faoliyat
erkinligini anglashidadir. Shu ma’noda, ulug‘ yunon faylasufi Suqrotning
“O‘zligingni angla” degan da’vati ham insonning o‘z nasl-nasabini, hayot
mazmunini, kishining kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyat va majburiyatini
anglashga qaratilgan chaqiriqdir. Har qanday jamiyatda komillikning eng asosiy
ko‘rsatkichi insonning ezgulikka, ijtimoiy baxt-saodatga, insonparvarlik
g‘oyalariga munosabatida hamda ularga asoslangan amaliy faoliyatida namoyon
bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, keyingi yillarda ayrim yoshlarda millatga, Vatanga
foyda keltirishni o‘ylash, mustaqillikni mustahkamlashda foydali inson bo‘lib
yetishish hissi maxsus, ilmiy asosda shakllantirilmaganligi tufayli shaxsiy
manfaatni o‘ylash, yengil yo‘llar bilan to‘la-to‘kis hayotga intilish hissi namoyon
bo‘lmoqda. Shu bilan birga, ayrim fuqarolar orasida ma’naviy cheklanganlik,
dunyoqarashning torligi, milliy odob me’yorlariga rioya qilmaslik, so‘z va ish
orasidagi tafovut, milliy g‘ururning sustligi, shu kabi “ommaviy madaniyat”ning
boshqa noxush ko‘rinishlari uchrab turadiki, ularni birgalashib bartaraf qilish
lozim. Bugungi kunda aksariyat rivojlangan davlatlarning mafkurasi umuminsoniy
qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot,
inson haq-huquqlari va erkinligi, milliy va diniy totuvlik g‘oyalari ustivordir. Bu
tamoyillarga asoslangan ezgu g‘oyalar umuminsoniy manfaatlar, bashariyatning
asriy orzusi bo‘lgan yorug‘ kelajak uchun xizmat qiladi. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumida ta’kidlab o‘tganidek, “Biz yurtimizda
qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-
g‘ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z
oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans
BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li
poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy
ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo‘lg‘usi Renessansning eng muhim
bo‘g‘inlari deb hisoblaymiz. Shu sababli ayni ushbu sohalarda tub islohotlarni
amalga oshirmoqdamiz. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi
poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol
ishtirok etib, munosib hissa qo‘shadilar” . Ma’lumki, “milliy o‘z-o‘zini anglash –
har bir millat (elat)ning o‘z-o‘zini real sub’ekt, muayyan moddiy va ma’naviy
boyliklarning egasi, yagona til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar va davlatga
mansubligini, manfaatlar hamda ehtiyojlar umumiyligini tushunib yetishga milliy
o‘z-o‘zini anglash deyiladi”. Mafkuraviy immunitet – bu, sodda qilib aytganda,
insonning o‘z istak-orzu, maqsad-intilishlariga mutlaqo zid, yot, zararli, begona
mafkuraviy tahdidlarga qarshilik ko‘rsata olish salohiyati. “Mafkuraviy immunitet
– falsafa: qomusiy lug‘atida –ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun
shaxsni tarbiyalashda, har qanday reaksion, buzg‘unchi xarakterdagi g‘oyaviy
tashabbuslarga bardosh bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda qo‘l keladi” deyiladi.
Bolaga ilk yoshidan boshlab nima yaxshi, nima yomon, ularga qanday munosabat
bildirish kerak, degan savollarga asoslangan bog‘cha, maktab tarbiyasi, undan
keyin ijtimoiy tarbiya yo‘lga qo‘yilsagina har bir millat sog‘lom, ishonchli,
mustahkam immunitetga ega bo‘ladi. Immunitet esa, o‘z navbatida, odamni to‘g‘ri
yo‘ldan “ozish”dan, turli yo‘llarga adashib, keyin pushaymon bo‘lishlardan,
baxtsizlikdan,
millatni
esa–parokandaliklardan,
parchalanishlardan,
sinfiy,
mahalliy yoki boshqa bo‘linishlardan asrab turadi. Demak, mafkuraviy immunitet
–davlat va millatning ma’naviy birligi, ma’naviy sog‘lomligini himoya qiluvchi
g‘oyaviy qalqon vazifasini bajaradi.
Mafkuraviy immunitet o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lmaydi. Uning namoyon
bo‘lishi uchun ichki yoki tashqi g‘oyaviy, fikriy ta’sir bo‘lishi kerak [9-16]. Al
Forobiyning fikricha, “...fozil jamiyatning har bir fuqarosi mansabi, tutgan o‘rni,
ya’ni kim bo‘lishidan qat’iy nazar «fozil kishi», «fozil inson» o‘z davlatining
barcha qonun- qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o‘z kasbining
ustasi, lozim bo‘lganda Vatan uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir
BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li
biriga hurmatda bo‘ladi. Ota-ona va farzand, ustozu- shogird o‘rtasida Sharqona
nazokat, mehr va ehtirom bo‘ladi. Avvalo bunday fikr yuritishning o‘zi
bobolarning ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo‘lganligini va albatta bunday fikr
aytish bu borada ko‘p asrlik me’roslarni o‘rganish natijasida vujudga kelishini
ta’kidlash joiz.
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunning asosiy maqsadi
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, uni
rivojlantirishga qaratilgandir. Mamlakatimiz aholisining katta qismini yoshlar
tashkil qiladi. Vatanimizning ertangi taraqqiyoti yoshlarga bo‘lgan bugungi e’tibor,
olib borilayotgan siyosatning samarasiga bog‘liq.
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, “Yoshlarga oid davlat siyosati” va boshqa qonunlar bilan tartibga
solinadi.
Yoshlarga oid davlat siyosati deganda davlat tomonidan amalga
oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning
intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun
shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va
huquqiy chora-tadbirlar tizimi tushuniladi. Siyosiy fanlar nuqtai nazaridan yoshlar
deganda o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar nazarda
tutiladi. Yosh oilani er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud
farzand tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan
yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila tashkil etadi.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
ochiqlik va shaffoflik; yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda
yoshlarning ishtirok etishi; yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va
rag‘batlantirish; ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi. Yoshlarga oid davlat siyosati
to‘g‘risidagi qonunning 5- moddasiga asosan yoshlarga oid davlat siyosatining
asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
-
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li
-
yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash;
-
yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol
topishiga ko‘maklashish;
-
yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash;
-
yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar
yaratish;
-
yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga,
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga
qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib
tarbiyalash;
-
yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan,
terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va
shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;
-
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
-
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish;
-
yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
-
yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek
yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
-
yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular
uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks
chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;
-
yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida
faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash, yosh fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga
chiqarishni ta’minlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida
ularning o‘rni va faolligini oshirish, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash
maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga
oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi- yoshlarga oid davlat
siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi; sohaga doir davlat dasturlarining
ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi va sh.k.
2.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari - tegishli hududda yoshlarga oid
davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi; hududiy dasturlarni ishlab
chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi va sh.k.
3. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi
organlar va muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi: ta’limni davlat tomonidan
boshqarish organlari va ta’lim muassasalari; davlat sog‘liqni saqlash tizimini
boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari; madaniyat va sport ishlari
bo‘yicha organlar; mehnat organlari; prokuratura organlari; ichki ishlar organlari;
adliya organlari; mudofaa ishlari bo‘yicha organlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda qonunga muvofiq
har bir yosh fuqaroning huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi. Yosh fuqarolarning
huquqlari va erkinliklari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar
bundan mustasno.
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va
ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, yoshlarning huquqlari va erkinliklarini biror bir
tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday cheklash
qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Yosh fuqarolar va yosh oilalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish
maqsadida davlat tomonidan quyidagilar vositasida yoshlarni qo‘llab-
quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari nazarda tutilgan:
-
oilaviy hayotga oid muammolar, psixologik-pedagogik, huquqiy va
boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar berish tizimini rivojlantirish;
-
yoshlarga ijtimoiy xizmat, ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat
tashkilotlari tizimini rivojlantirish;
-
yoshlarning dam olishi va ularni sog‘lomlashtirishni tashkil etish tizimini
BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li
rivojlantirish.
Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
borasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
-
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mukofotlar, stipendiyalar belgilash,
ta’lim grantlari taqdim etish;
-
fan, madaniyat va san’at sohasida ijodiy ustaxonalar va maktablarni tashkil
etishga ko‘maklashish;
-
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida
sport seksiyalari, fan, texnika to‘garaklari va ijodiy to‘garaklar faoliyatini tashkil
etish;
-
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida
tanlovlar, olimpiadalar, ko‘rgazmalar, festivallar, ko‘riklar, kontsertlar,
simpoziumlar, o‘qishlar, konferentsiyalar, seminarlar tashkil etish hamda
o‘tkazish;
-
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida,
shu jumladan xorijiy mamlakatlarda o‘qitish, qayta tayyorlash va amaliyotni o‘tash
dasturlaridan tanlov asosida foydalanishini ta’minlash;
-
ilmiy-tadqiqot,
madaniy-ma’rifiy
ishlarni o‘tkazish uchun yosh
mutaxassislar
va
olimlarga
shart-sharoitlar
yaratish,
yosh
olimlarning
ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish, shuningdek yoshlarning
kadrlar salohiyatini saqlab qolish hamda rivojlantirish;
-
sport-ta’lim muassasalari, klublari tarmoqlarini rivojlantirish, iqtidorli va
iste’dodli yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida sport
musobaqalarini o‘tkazish;
-
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlayotgan jismoniy va
yuridik shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rag‘batlantirish yo‘li
bilan amalga oshiriladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi
avvalambor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va
istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini
BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li
kengaytirishga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda yana bir muhim hujjat
Do'stlaringiz bilan baham: |