Mavzu: O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish imkoniyatlari



Download 69,69 Kb.
bet11/16
Sana08.07.2022
Hajmi69,69 Kb.
#756026
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
turizm kurs ishiiii

Samarqand
Asrlar mobaynida O‘zbekiston shaharlari Buyuk ipak yo‘li va qadimiy transkontinental magistral hayotida muhim rol o‘ynadi. Birgina Samarqand esa “Buyuk Ipak yo‘lining yuragi” deb nom oldi. Samarqand nomi so‘g‘d tilidagi Smr’kand so‘zidan kelib chiqib, "tosh qal’a" yoki "tosh shahar" degan ma’noni anglatadi. Qadimgi davrlarda Samarqand eng qadimiy So‘g‘diyona davlatining poytaxti bo‘lgan va Afrosiyob deb nomlangan. Qadimgi yunonlar orasida va Rimda shahar Marakanda nomi bilan tanilgan. Iskandar Maqduniy davrida ham Samarqand obodonlashtirilib, ancha rivojlangan shahar bo‘lgan. Ilk o‘rta asrlarda Samarqand Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. 712-yilda shahar Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arablar tomonidan bosib olinib, Movarounnahr va Katta Xurosonning markaziga aylangan. IX asrda Samarqand Somoniylar davlatining tarkibiga, X asr oxirida esa Qoraxoniylar davlatining tarkibiga kirgan. Bu davrda Samarqandda ulkan me’moriy inshootlar qurilgan bo‘lib, ularning ko‘p qismi, afsuski, Chingizxon tomonidan vayron qilingan. Keyin Samarqand mo‘g‘ullar istilosi natijasida vayron bo‘lgan Xorazmshohlar davlatining tarkibiga kirdi. Amir Temur hokimiyat tepasiga kelganida Samarqandda juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shahar yana poytaxtga aylandi, vayron bo‘lgan binolarni tiklash ishlari boshlandi va Samarqand yana o‘zining avvalgi ulug‘vor holatiga qaytdi. Temuriylar davrida Samarqand faol rivojlanib bordi, dunyoning turli mamlakatlaridan olimlar va san’atkorlar bu yerga kelishga harakat qilishdi. Shaharda ilm-fan, ta’lim va madaniyatni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
XVI asrda Temuriylardan keyin Shayboniylar sulolasi keldi va shahar Buxoro xonligiga kirdi. XVIII asrdan boshlab Samarqandni Ashtarxoniylar boshqargan, Buxoro xonligi esa Buxoro amirligiga aylantirilgan. Uzoq davom etgan o‘zaro ichki nizolar tufayli Samarqand iqtisodiy inqirozga yuz tutgan. Shaharni tiklashga birinchi urinishlar 18-asrning o‘rtalarida Mang‘itlar sulolasi tomonidan amalga oshirilgan. 1868-yilda shahar rus qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Bir yil o‘tgach, Samarqand shahri tashkil etilgan Samarqand viloyatining ma’muriy markaziga aylandi. Qizig‘i shundaki, 1925-1930-yillarda Samarqand qisqa vaqt yana poytaxt bo‘ldi.
Bugungi kunda Samarqand eng go‘zal va madaniyatga boy shahar bo‘lib qolmoqda. Boy tarixiga qaramay, shahar o‘ziga xosligi va betakror qiyofasini yo‘qotmagan. Samarqandliklar mohir hunarmandlardir. Ular butun hayoti davomida qo‘shni xalqlarni o‘zlarining hunarlari, mahoratlari va ijodlari bilan hayratda qoldirganlar. Samarqandni Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining bebaho xazinasi deb atashadi. Bu yerda O‘rta asr me’morchiligining eng buyuk yodgorliklari – g‘oyat go‘zal me’moriy shakllar va rasmlar saqlanib qolgan bo‘lib, ularning har biri alohida e’tiborga loyiqdir. Biroq, Fred Barnard aytganidek: "Yuz marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan afzaldir."
Qadim davrlarda Samarqand “Islom me’morchiligi marvaridi”, “Dunyo ko‘zgusi” kabi nomlar bilan ta’riflangan. Qadimiyligi bilan Rim, Afina va Vavilonga teng bo‘lgan Samarqand o‘zining 2750 yilligini nishonladi. Samarqand buyuk qo‘mondon va Chingizxondan keyingi markaziy Osiyoning hukmdori Amir Temur davrida Buyuk Movarounnahr davlati poytaxti etib tanlanganda o‘zining eng yuqori gullab-yashnash nuqtasiga yetdi. Bu vaqtda keng qamrovdagi shaharsozlik ishlari amalga oshirildi. Buyuk hukmdor Samarqandda o‘z davrining eng mohir hunarmand va ustalarini to‘pladi va ular yaratgan ishlar asrlar mobaynida yashab kelmoqda. Amir Temurning nevarasi Ulug‘bek bu an’analarni davom ettirdi. Bugunda Samarqandagi yodgorliklar go‘zal va ulkan. Bu shaharda qadim xarobalar, madrasa, maqbara va minoralarda saqlanib qolgan qadim tarixning nafasini his etish mumkin.
Afsonaviy Registon maydoni Markaziy Osiyoning takrorlanmas me’moriy yodgorligidir. Qadimda bu maydon Samarqandning savdo va ijtimoiy markazi bo‘lgan. Bu yerda bir necha asrlik uch ulkan binolari Ulug‘bek, Sherdor va Tillaqori madrasalari qad ko‘targan.
Go‘ri-Amir maqbarasi qadim Samarqandning yana bir marvarididir. Buyuk davlat hukmdori Amir Temur va uning ikki nevarasi jumladan sharqning buyuk olim va mutaffakiri Mirzo Ulug‘bek qabrlari joylashgan. Havorang lolalarning yaproqlari tig‘iz qilib joylashtirib chiqilgan g‘unchaga o‘xshash Go‘ri-Amir maqbarasi sayyohlar uchun juda taniqli joy.
Registon maydoni, Go‘ri-Amir, Bibi-Honim, Shoxi-Zinda maqbaralari, Ulug‘bek rasadxonasi va shuningdek bir qancha yodgorliklar shaharga tashrif buyuruvchilarni o‘ziga maftun qilib kelmoqda.
Buxoro
Buxoro – vohadagi shahar, cho‘lning qoq o‘rtasida joylashgan eng yirik aholi punktidir. Bir vaqtlar Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan shahar eng qadimgilardan biri bo‘lib, uning tarixi 2500 yildan oshadi.Buxoro o‘zida qadimiy urf-odatlarning ko‘p asrlik tarixini Islom dini bilan mujassamlashtirdi. Hayratlanarli darajada donolik, muqaddaslik va ta’lim berish muhitiga ega bo‘lgan shahar. Bir marta ushbu shaharda bo‘lganingizda, o‘zingizni go‘yo boshqa dunyoda va boshqa sayyorada bo‘lgandek his etasiz. Madaniy, diniy, etnik sivilizatsiyalarning betakror aralashuvi Buxoroni unutilmas taassurotlar shahriga aylantirdi. Buxoro viloyati hududida zardushtiylar, xristianlar, yahudiylar, buddistlar yashagan. 9-asr oxirida Buxoro O‘rta Osiyodagi eng muhim Islom va madaniyat markazlaridan biriga aylandi. Bir necha asrlar davomida bu yerga sayohatchilar, ziyoratchilar, va’zxonlar, tadqiqotchilar kelishgan. Buxoro – ilmiy, diniy va falsafiy bilimlar makonidir. Amir Temur va Temuriylar hukmronligi davrida Buxoro gullab-yashnadi. Bu davrda shahar jannat bog‘iga aylandi. Endi bu muqaddas Buxoro yoki Buxoroi sharifdir.
XVI asrdan XX asrning boshlariga qadar Buxoro xonlikning poytaxti bo‘lgan. Bu yerda Shayboniylar va Ashtarxoniylar singari mashhur sulolalar hukmronlik qilgan. Bu vaqtda shahar o‘zining maksimal rivojlanishiga erishdi. Bu yerda ilmiy bilimlar va madaniy hayot rivojlandi. Shahar zamonaviy ko'rinishga ega bo‘ldi. Hozirgacha bizni hayratga soladigan yirik me'moriy ansambllar va majmualar qurildi. Qadimdan Buxoro vohaning zich aholiga ega markazi bo‘lib kelmoqda. Uning yoshi 2500 da. Qulay muhut va 140 dan ortiq qadimiy me’moriy yodgorliklarni saqlab qolgan Buxoro sayyohlarning eng sevimli joylaridan biri bo‘lib qolaveradi.
Huddi to‘r bilan qoplangan Ismoil Samoniy maqbarasi, ulkan qo‘rg‘on va Buxoro hukmdorining mustahkam qarorgohi Ark, Minorai Kalon, jonli labirint kabi ko‘plab masjid va madrasalar, karvon-saroylar, hammom kabi yodgorliklar muqaddas Buxoroning tengi yo‘q marvaridlaridan bo‘lib qoladi.
Xiva
Xiva shahri, avvaldan me’morlar tomonidan o‘ylanganidek, o‘ziga xoslikni saqlab qolgan oz sonli shaharlardan biridir. Xiva – bu "tirik" yodgorlik, muzey shahardir. Afsonalardan biriga ko‘ra, qadimiy shaharga muqaddas kitoblardagi Nuhning o‘g‘li Som tomonidan asos solingan. U sahro o‘rtasida quduq qazishni boshlaydi. Yo‘ldan o‘tgan karvonlar va savdogarlar hayratlanarli darajada mazali suvni tatib ko‘rishadi va "hevah", ya’ni "qanday yaxshi" deb qo‘yishadi. Mana shunday qilib bu ajoyib shahar paydo bo‘ladi. Ulug‘vor inshootlar, o‘yma eshiklar va ustunlar, nihoyatda go‘zal binolar – bular qadimgi yashirilgan mazmunga ega kitoblardir. Xiva o‘z tarixida gullab yashnashni ham, qulashni ham boshdan kechirdi. Shahar Ahamoniylar davlati tomonidan bosib olingan. 305-yildan 995-yilgacha Xiva Xorazm davlatining tarkibiga kirgan. Buyuk ipak yo‘li davridan buyon butunlay saqlanib qolgan shahar Xivadir. U “ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlanadi. Shahar markazidagi ko‘plab me’moriy yodgorliklar joylashgan Ichan-Qala majmuasi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmiga tegishli. Buyuk Ipak Yo‘lining chorrahasida joylashganligi va bu yerdan karvon yo‘li o‘tganligi sababli Ichan-Qalaga dunyoning to‘rt tomoniga qaragan to‘rtta darvozalar qurilgan. Qal’a devorining balandligi huddi haqiqiy sharq ertaklaridagi kabi shaharga maftunkor ko‘rinish beradi.
Minoralar osmonga yetay deydi, va ularning orasida O‘zbekistondagi eng uzun minora Islom-Xo‘jadir. Uylarning tekis tomlari uzra maqbara va masjidlarning charaqlagan ko‘k gumbazlari viqor bilan turadi. Xivada xon saroylaridan bir qanchasi saqlanib qolgan bo‘lib ulardan eng mashxuri marosimlar o‘tkaziladigan, xon dam oladigan va xon xaramlari yashaydigan zal joylashgan ulkan Tosh-xovli saroyidir. Tashqi tomon va devor mozayka bezakli toshlar bilan qoplangan. Shaharning ajoyibligini bilish, tor ko‘chalarini o‘rganish va ”ochiq osmon ostidagi muzey” ning asl taftini his qilish uchun bir kun ham kamlik qiladi.
Termiz
Ko‘p qirrali O‘zbekiston tarixi shubhasiz uning geografik joylashishini ham aks ettiradi.
Termiz mamlakatning eng janubiy shahridir. Termiz Amudaryo sohilining o‘ng tomonida karvon yo‘lida asos solingan bo‘lib asosiy port sifatida 2500 yildan buyon shu vazifani bajaradi.
Eramizning boshlarida Termiz Markaziy Osiyoning asosiy buddizm markazi bo‘lgan. Qora-Tepadagi toshga o‘yilgan budda monastiri, Fayoz-tepadagi Budda ibodatxonasi, ko‘plab ohakli loydan qilingan budda haykallar qoldiqlari sayyoh va budda sig‘inuvchilar uchun mashxur joy. Termiz faqatgina o‘zining budda dini yodgorliklari bilangina mashxur emas. Bu yerda o‘rta asrlar boshiga tegishli bo‘lgan bir qancha qiziqarli tarixiy yodgorliklar ham bor. Ularning orasida Hakim at-Termiziyning qabri, Sulton Saodat ansambli (X-XVII asrlar) va afsonaviy Qirq-Qiz qal’asi (IX asr) mavjud.

Download 69,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish