Mavzu: O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish imkoniyatlari



Download 69,69 Kb.
bet1/16
Sana08.07.2022
Hajmi69,69 Kb.
#756026
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
turizm kurs ishiiii


Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Agrobiznes va logistika fakulteti 2-bosqich Turizm (agroturizm) 20106-guruh talabasi Saydullayev Sayidakbarning Turizm Iqtisodiyoti fanidan tayyorlagan
KURS ISHI

Mavzu:O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish imkoniyatlari







Mundarija









Kirish




I Bob

Turizmni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari




1.1

O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning amaliy asoslari




1.2

Iqtisodiyotni rivojlantirishda turizmning ta’sir doirasi




II Bob

Turizm sohasini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o‘rni




2.1

Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mohiyati va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi oʻrni.




2.2

Oʻzbekiston turizm sohasini rivojlantirish va unda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish holati tahlili.




2.3.

Turizm sohasini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari.




III Bob.

O‘zbekistonning turizm salohiyati




3.1

O‘zbekistonda sayyohlik uchun yangi yo`nalishlar




3.2

Mamlakatimizning turistik maskanlari




3.3

Turizmni rivojlantirish imkoniyatlari







Xulosa







Annotatsiya







Adabiyotlar ro‘yhati




Kirish
XX asr insoniyat hayoti va faoliyati tarzi tarovatining barcha sohalariga ulkan o‘zgarishlarni olib keldi. Bu o‘zgarishlar fan va ilmiy tadqiqotlar, texnikani rivojlantirish, yangi materiallar, texnologiyalar yaratish va ishlab chiqarishni boshqarish sohalarida yorqin namoyon bo‘ldi. Insonning o‘zi, ya’ni moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi va shu bilan birga ularni iste’mol qiluvchi shaxsning o‘zi ham sifat jihatidan o‘zgarib bormoqda. Insonlarning falsafasi, dunyoqarashi, fikri - tafakkuri ham tubdan o‘zgarib bormoqda. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng bozor munosabatlariga o‘ziga xos model orqali kirib bormoqda. Bozor munosabatlariga o‘tish obyektiv zaruriyat bo‘lishi bilan birga zamon talabi hamdir. Bozor iqtisodiyoti barcha imkoniyatga daxldor hodisa bo‘lib, jahon sivilizatsiyasining rivojlanish yo‘lida muqarrar bosib o‘tiladigan bosqichdir. Bozor iqtisodiyotining chinakkam oxirgi maqsadi, avvalo, insonga munosib yashash sharoitlarini yaratish va respublikani madaniyat va taraqqiyot cho‘qqilariga olib chiqishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish qaror topib kelayotgan yangi davlatchilik uchun jamiki resurslardan foydalanishni, xalq xo‘jaligining farovon turmush kechirayotgan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chishni ta’minlab beradigan qudratli iqtisodiy asos yaratib berishi kerak.
Hozirgi vaqtda butun dunyoda, shuningdek O‘zbekistonda ham iqtisodiyotning noishlabchiqarish, xususan turizm sohasiga e’tibor tobora kuchayib bormoqda. Insonlar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazib, dam olishga, sog‘ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf - odatlari, qadriyatlarini bilishga intilmoqdalar. Bunday xizmatlarni turizm sohasi ko‘rsatadi. Insoniyat har doim o‘zining harakat doirasini o‘zgartirib, yangi yerlarni kashf qilishga intilgan. XX asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi juda ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o‘sish sur’ati 8%-10% gacha boradi. Bu esa turizm sohasining qanchalik darajada mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shunisi qiziqki, turizm rivojlanishi natijasida transport, bozor infratuzilmasi, savdo-sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ham rivojlanib boradi.
O‘zbekiston yangi XXI asrga shaxdam qadamlar bilan kirib keldi. XXI asr turizm va sayyohlik asri bo‘ladi deb bashorat qilinmoqda. XXI asrda turizm o‘zining salmoqli hissasi bilan respublika budjetida valyuta tushumini ta’minlaydi. Bunga respublikamizda har tomonlama imkoniyatlar va asoslar yetarli. Faqat zamonaviy turizmni rivojlantirish strategiyasini hayotga tatbiq etib, turizm sohasini yuqori pog‘onalarga ko‘tarish imkoniyatini yaratishimiz kerak. O‘zbekistonda turizm yangi soha hisoblanmaydi, bu soha qadimdan mavjud bo‘lgan, faqat bizning oldimizda turgan vazifa turizmni yangicha strategiya asosida rivojlantirish va istiqbolini belgilashdir.
Turizm turistlarga xizmat ko‘rsatishga aloqador bo‘lgan tarmoqlarni qamrab oluvchi o‘ziga xos dam olish sanoati hisoblanadi. Turizm sohasidagi hamkorlik xo‘jalik jamoat ishlab chiqarishga aholining band bo‘lmagan yoki qisman band bo‘lgan qatlamlarini jalb qilib, mehnat resurslaridan to‘liq va oqilona foydalanish muammosini hal qilishga yordam beradi. Bu ayniqsa sanoati yaxshi rivojlanmagan mintaqalar uchun muhimdir. Turizm sohasidagi hamkorlik iqtisodiy imkoniyatlari nisbatan yuqori emasligi bilan farqlanuvchi ayrim mintaqalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Turizm, bu mintaqalarda ishga oid faollikka yordam beradi, jamoat ishlab chiqarishida band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholini jalb qiladi, mehnatni tatbiq qilish sohasini kengaytiradi. Turizm sohasida hamkorlik qilish iqtisodiyotning rivojlanishini faollashtiradi, mintaqaviy resurslardan samarali foydalanishga hamda xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarining malakasini oshirishga yordam beradi. Turistik tarmoq qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni rivojlantirishni jadallashtirish va uni yaxshilashga yordam beradi. Kelajakda aholiga xizmat ko‘rsatish sohasining kengayishi bilan xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlar soni ortib boradi. Turizm sohasida hamkorlik qilish orqali tarmoqning jadal rivojlanishi, uning iqtisodiy ahamiyatining o‘sishi turistik xizmat sohasining katta foyda keltira olishi, bu sohaga sarmoyalarni ko‘plab sarflanishiga olib keldi. Mablag‘ni ko‘p talab qilishiga qaramay, turistik sohaga sarflangan sarmoya juda foydalidir, chunki u o‘zini nisbatan tez qoplaydi. Xorijiy turistlardan olinadigan pul tushumlari daromadga aylanadi va milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muomalada bo‘ladi.
Turizm jahon iqtisodiyotning barqaror rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanib, nafaqat rivojlangan, balki, rivojlanayotgan mamlakatlar va mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining qudratli katalizatoriga aylandi. Turizm, ayniqsa, XXI asrga kelib keng taraqqiy etmoqda. Turizm – zamonaviy iqtisodiyotning muhim faoliyat sohalaridan biri bo‘lib, insonlarning ehtiyojlarini qondirishga va aholi turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan. O‘z tabiatiga ko‘ra turizm ma’lum bir resurslar, jo‘g‘rofiy omillar va mintaqaviy o‘ziga xosliklar bilan bog‘liqdir. Mamlakatning jahon turistik bozoridagi raqobatbardoshligini va turistik jozibadorligini oshirish maqsadida turizmning shakllanishi va rivojlanishini mintaqaviy yondashuv asosida tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Shu munosabat bilan O‘zbekistonda mintaqaviy turizm rivojlanishiga qaratilgan yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj nazariy qarashlarni o‘rganib chiqishni talab etmoqda. Ushbu muammoga oid ilmiy ishlarda mintaqaviy turizm tushunchasiga turli xil nazariy qarashlar mavjud. Bu borada to‘plangan nazariy va amaliy tajribalaraning tahlilidan kelib chiqib mintaqalarda turizm rivojlanishining iqtisodiy siyosati, reja va dasturlarini ishlab chiqish talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni bilan tasdiqlangan . 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasida iqtisodiyotni yanada modernizastiyalash va liberallashtirishga alohida e`tibor qaratilgan. Ushbu ustuvor yo‘nalishda turizm industriyasini jadal rivojlantirish mamlakatimizni barqaror yuqori suratlar bilan rivojlantirishda asosiy omil va turtki bo‘lishi nazarda tutilgan. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev farmonidagi quyidagilarni ta`kidlab o‘tish zarur: “Turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, ushbu sohani barcha hududlarni va o‘zaro bog‘liq tarmoqlarni kompleks ravishda jadal rivojlantirishni yetakchi kuchga aylanishi lozim”.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida turizmning milliy modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda ta’kidlanishicha mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi mamlakatning ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy vaziyatiga ta’sir ko‘rsatadi. U mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya va kapital oqimini ta’minlash darajalarini aniqlashda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, asosan, xususiy va tijorat kompaniyalari turistlarga xizmat ko‘rsatadi. Biroq, har qanday sharoitda ham davlat optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina turizm rivojlanishi mumkin. Agarda davlat kasbiy tayyorgarlik masalalari, tabiiy va madaniy muhitni muhofaza etish, axborot - reklama ishlari va rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar bilan shug‘ullanmasa, u holda turizm kutilganidek rivojlanish darajasiga erisha olmaydi. Bunda davlat tomonidan turizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar bozorini shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va richaglarini qayta isloh etish, turizmni tashkiliy boshqaruv tizimlarini takomillashtirish, uning eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabilarga tegishli uslubiy va amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
"Экономика и социум" №5(84) 2021 www.iupr.ru
Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida
keng ko‘lamli islohatlar amalga oshirilmoqda va ushbu islohotlarning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va o‘zbek xalqining turmush farovonligini oshirish ko‘rsatkichidir. Turizm O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi va o‘sishida muhim o‘rin tutadi va keyingi yillarda Turizmning boshqa sohalari qatori mamlakatda ziyorat turizmini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunga kelib, dunyoda ibodat va ziyoratgohlarni o‘rganishga qiziqish kuchaygan, chunki muqaddas joylar insonlar kundalik hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda.
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli
tarmoqlardan biri bu milliy Turizmdir, dedi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev. O‘zbekiston turizm sohasida katta salohiyatga ega davlatdir.
Mamlakatimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros ob’ektlari mavjud va ularning aksariyati YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga, mamlakatimizning o‘ziga xos tabiati, go‘zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ochish mumkin. Jahon brendlarining faol ishtiroki bilan ushbu sektorda biz turizm, ekologik ma’rifiy, etnografik, gastronomik, turizm va boshqa sohalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. Shu munosabat bilan biz davlat va xususiy sheriklik munosabatlarini qo‘llash sohani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz kerak. Samarqand, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va Toshkentdagi muqaddas qadamjolarni v yodgorliklarni ziyora qilishdan iborat bo‘lgan turistik dasturlarni ishlab chiqish zarur. Shuningdek, ichki turizm sohasida keng ko‘lamli imkoniyatlarni to‘liq ishga tushirish zarur . Shuningdek. Turizmning iqtisoditimizdagi o`rni ham katta, ta`siri kuchli.
YalM ga bevosita hissasi 2015-yilda 1 810,7 mlrd. So'mni (YaIM ning 1,1%) tashkil etdi. 2016-yilda ushbu ko'rsatkich 3,2% ga o'sishi taxmin qilinmoqda. 2016-2026-yillar oralig'ida esa 6,2% oshishi rejalashtirilmoqda hamda 2026-yilga kelib bu ko'rsatkich 3 404,2 mlrd. so'mni tashkil etadi.
YaIM: Umumiy hissa. Turizmning YaIM ga umumiy hissasi 2015-yilda 5 490,1 mlrd, so'mni (YalM ning 3,2%) tashkil etgan. 2016-yilda ushbu ko'rsatkich 3,9% ga o'sidi. 2016-2026-yillar orallida esa 6,1% oshishi rejalashtirilmoqda hamda 2026-yillar oralida esa 6.1% oshishi 2026-yilga kelib bu ko'rsatkich 10 330,4 mlrd. so'mni (YaIM ning 3%) tashkil etadi deb taxmin qilishmoqda.

Download 69,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish